Gulli o`simliklar tasnifoti
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
GULLI O‘SIMLIKLARNING XILMA XILLIGI
MAVZU: GULLI O‘SIMLIKLARNING XILMA XILLIGI Reja 1. Gulli o`simliklarning sinflarga bo`linishi. 2. Ikki pallalilar sinfiga tavsif. 3. Sinfning sinfchalarga bo`linishi. 4. Magnoliyaqabilar sinfchasining asosiy qabila va oilalari. Tarqalishi. 5. Ahamiyati 1. Gulli o`simliklar bo`limi ikki va bir pallalilar sinfiga bo`linadi. Ikki pallalilar sinfiga mansub o`simliklar kelib chiqishi bo`yicha qadimgi bo`lib, ular orasida daraxt, buta va o`t o`simliklar uchraydi. Hozirgi paytda bu sinfga 190000 tur o`simlik kirib, ular 10000 turkum, 429 ta oilani tashkil etadi. (Taxtajiyan,1987). Ikki pallali o`simliklar sinfining o`ziga xos xarakterli belgilari quyidgilardan iborat: 1. Murtagi 2 ta palladan iborat. 2. Urug`i endospermli yoki endospermsiz. 3. Murtagida boshlang`ich ildiz o`simlik hayotining to oxirigacha saqlanib o`q ildiz hosil qiladi. 4. O`tqazuvchi nay tolalar to`plami ochiq tipdagi bo`lib, ular xalqa bo`lib joylashgan. Shu bilan birgalikda ularda poyaning ikkilamchi tartibda qalinlashishiga imkon beradigan kambiy katlami mavjud. 5. Bularning ko`pchiligida gulkurg`on 5 a`zoli. 6. Bu sinfda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga nisbatan ko`p uchraydi. Ikki pallalilar sinfi – Dycotelodonae yoki Magnoliyasimonlar sinfi- Magnoliopsida . Bu sinf quyidagi sinfchalarga bo`linadi: 1. Magnoliyakabilar sinfchasi - Magnoliidae 2. Ayiqtovonkabilar sinfchasi - Ranunculidae 3. Chinnigulkabilar sinfchasi – Caryophyllidae 4. Chinorkabilar sinfchasi – Hamamelididae 5. Dilleniyakabilar sinfchasi - Dilleniidae 6. Ra`nokabilar sinfchasi - Rosidae 7. Yalpizkabilar sinfchasi - Lamidae 8. Qoqio`tkabilar sinfchasi - Asteridae 1. Magnoliyakabilar sinfchasi sodda tuzilgan, tarkibida efir modda saqlovchi bezchalarning bo`lishi, gul qismining spiral joylanishi, apokarp ginitseyning bo`lishi, bilan farq qiladi. Bu sinfcha vakillarining ko`pchiligi daraxt, buta va o`t o`simliklardan tashkil topgan. Sinfcha bir nechta qabilalarni o`z ichiga oladi. 1. Magnoliyanomalar qabilasi –Magnoliales. Bu qabila tarkibida 3 ta oila mavjud bo`lib, ulardan magnoliyadoshlar oilasi haqida fikr yuritamiz. Magnoliyadoshlar oilasi- Magnoliaceae. Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yakin turi asosan Janubiy – Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik o`lkalarda tarqalgan. Ularning ko`pchiligi daraxt va buta o`simliklardir. Barglari oddiy, novdada ketma-ket joylashgan. Poyasining po`st qismida efir moy bilan to`lib turuvchi xujayralar mavjud. Gullari oddiy yoki murakkab yakka-yakka holda joylashgan ikki jinsli, gul qismlari spiral joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi. Gul tojbarglari oq, sariq, binafsha rangli, limon xidini tarqatadi. Changchi va urug`chisi cheksiz, mevasi ko`p urug`li bargak meva. Mevaning umumiy ko`rinishi, ochik urug`lilarning onalik qubbasini eslatadi. Oilaning tipik vakili–yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) hisoblanadi. Gul formulasi: Û P3+3+3A∾G∾ Oilaning yana bir vakili – Lola daraxti (Lirodendron tulipifera). Gul formulasi: Û Ca3Co3+3A∾G∾ Bu oila vakillari manzarali o`simlik sifatida mamlakatimiz va boshqa davlatlarda ekib o`stiriladi. 2.Lavranamolar qabilasi - Laurales Bu qabilaning 11 ta oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma`lum. Ular asosan daraxt va buta shaklidagi o`simliklar. Barglari ketma-ket, qarama-qarshi, ba`zan xalkasimon joylashgan. Lavrdoshlar oilasi – Lauraceae Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida tarkalgan. Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri asl lavr (Laurus nobilis). Bu o`simlik g`oyat xidli, gullari mayda, ayrim jinsli, 2 uyli, yoki bir uyli o`simlik. Gul formulasi : Û P3+3A3+3+3 G(3) Mevasi-danak yoki rezavor meva, urug`i endospermsiz. Lavr o`simligi qimmatbaha oziq - ovkat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali o`simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning navlari subtropik o`lkalarda – Kavkaz, Qrimda madaniylashtirilgan. Oilaning ikkinchi turi Avakado (Persea gratissima) hisoblandi. U doimiy yashildaraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining og`irligi 600 grammgacha etib boradi. Mevaning tarkibida 30 % gacha yog`, 4 % oqsil moddasi bor. Uning mevasi uchun Qora dengizning janubiy sohili va Kavkazda o`stiriladi. Avakado oshqozon va qand kasalligiga duchor bo`lgan kishilar uchun yaxshi dietik ovqat xisoblanadi. 3. Nulufarnamolar qabilasi – Nymphaeales. Bu qabilaga ko`p yillik suvda o`suvchi, ko`pincha ildiz poyali o`simliklar kiradi. Poyasi reduktsiyaga uchragan. Barglari butun ketma - ket yoki xalqa shaklida joylashgan. Gullari yirik ikki jinsli, to`g`ri, xashoratlar bilan changlanadi. Qabilaning muhim oilasidan biri Nilufardoshlar. Nilufardoshlar oilasi – Nyphaeaceae. Bu oila gulli o`simliklarning eng qadimgi oilalaridan biri bo`lib, ular 8 ta turkum va 100 ga yaqin turdan iborat. Aksariyat qismi issiq iqlimli va subtropik o`lkalarda tarqalgan. O`rta Osiyoda 2 ta turkumga oid 4 ta turi uchraydi. Ularning ko`pchiligi suv xavzalarida – ko`llarda, botqoqliklarda o`sadigan ko`p yillik ildiz poyali o`simliklar. Gullari yirik, aktinamorf, ikki jinsli. Gul formulasi: Û Ca3 -5Co∾A∾G∾- Mevasi: yong`oqcha yoki rezavor meva. Oilaning aksariyat vakillari suvda o`suvchi manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. Ildiz poyasi kraxmalga boy. Oilaning xarakterili vakili-oq Nilufar (Nymphaea alba). Uning bargi yuraksimon, qattiq, suvda suzishga moslashgan. Guli bandli, gul kosacha barglari 4 ta yashil rangli, tojbarglari va changchilari cheksiz, urug`chisi bir necha meva bargchalarining qushilishidan shakllangan. Tugunchasi o`rta, mevasi – rezavor ko`p urug`li. Urug`i endsperm va perispermli. Urug` po`stida suvda suzib yurishga yordam beruvchi xavo bo`shliqlari bo`ladi. Bu tur Sirdaryo va Amudaryo deltalarida uchraydi. Oilaning ikkinchi vakili – Sariq nilufar (Nuphar luteum). Bu o`simlikni ham belgilari yuqoridagilarga o`xshab ketadi. Faqat tarqalish jixatidan Irtish daryosi sohili va Balxash kullarida tarqalgan. Yana bir turkum . Viktoriya (Victoria regia) bo`lib, u Amerikadagi Amazonka daryosi xavzasining qirg`oqlarida uchraydi. Barglari 2 m. Guli 35 sm. gacha bo`lib, 50 kg. gacha yukni ko`tara oladi. Bu xam maxsus xavzalarda o`stiriladi. Gullari turlicha shakl va rangli gul- qo‘rg‘onga (gulkosa, gultoj) hamda uning ichida joylashgan changchi va urug‘chiga ega bo‘lgan, urug‘tangandan so‘ng meva hosil qiladigan o‘simliklar gulli o‘simliklar deyiladi (6-rasm). 6-rasm. Gulli o‘simlik – g‘o‘za: 1-umumiy ko‘rinishi; 2-guli; 3- ko‘sagi; ^-ochilgan ko‘sagi. Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 mingdan ortiq turni o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘- lardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu ularning o‘ziga xos belgilari hisoblanadi. O‘simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iq- lim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox- shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziq- lanishi, kelgusi naslni o‘z bag‘rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo‘llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asrlardan beri odamlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda (7-rasm). 7-rasm. Hasharotxo‘r o‘simliklar: 1- nepentes (kuvacha); 2- drosera. Har bir o‘simlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. O‘simliklarning xilma-xilt igini aks ettiruvchi misollar juda ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o‘n yillar mobaynida pishib yetiladigan, og‘irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasi yong‘oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo‘ladi. Bunday ajoyibotlar o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko‘plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko‘rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo‘lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilu- far, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko‘rki bo‘lgan qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o‘simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o‘simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir. Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha- barglar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ulardan so‘ng rangli gultoj- barglar joylashadi. Gulning o‘rta qismida changchilar , mar- kazida esa urug‘chi joylashadi. Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit- ning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular million yillar mobaynida o‘zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo‘lgan va bu belgilar vaqt o‘tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoit- larga moslashgan yangi o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo‘lgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan. Bundan 140 million yillar ilgari urug‘li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o‘simliklar paydo bo‘lgan. Gulli o'simliklar bo'limi turlarga eng boy bo'limlardan biridir. O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar muhim o'rin egallaydi. Hozirgi vaqtda gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250000 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. Demak barcha tuban va sporali yuksak o'simliklarni birga qo'shib xisoblaganda ham, gulli o'simliklar ustunlik qiladi. Gulli o'simliklar Yer sharining deyarli barcha zonalarida uchraydi va o'simliklar qoplamida muhim rol o'ynaydi. Gulli (yopik urug'li) o'simliklar boshqa o'simliklarga nisbatan tashqi sharoitga yaxshirok moslashgan, chunki ularda reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo'lib, urug' ko'rtaklari mevachi barglar bilan qoplangan. Yopik urug'li o'simliklar urug'i tashqi tomonidan meva bilan uralib turganligi uchun noqo'lay sharoitdan (kurib kolishdan, xarorat ta'siridan va xayvonlardan) ximoya qilinadi. Eng qadimgi gulli o'simliklar xasharotlar va shamol vositasi bilan changlangan. Gulli o'simliklar hayotida tuguncha ham katta rol o'ynaydi. Tuguncha bu mevachi barglarning qo'shilib o'sishi natijasida vujudga kelib, undan meva xosi bo'ladi. Gulli o'simliklar o'ziga kerakli ozukani vegetativ organlardan qabul qiladi. Yopik urug'li o'simliklarda gametofit juda qisqarib ketgan, anteridiylar yo'qolib ketib, spermalar vujudga kelgan. Yopik urug'li o'simliklar uchun xos yana bir muhim belgi shundan iboratki, ularda qo'sh urug'lanish mavjud. qo'sh urug'lanish natijasida deyarli bir vaqtda yani murtak (embrionO bilan endosperm vujudga keladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling