Urug'kurtakning urug'langan hujayralari ko'p marta bo'lina boshlaydi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak, urug'langan - Urug'kurtakning urug'langan hujayralari ko'p marta bo'lina boshlaydi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak, urug'langan
- markaziy hujayradan esa endosperma rivojlanadi. Murtak bilan endosperma birgalikda urug' hosil qiladi. Shunday qilib, qo'sh urug'lanishdan so'ng urug'kurtak urug'ga aylanadi. Uning po'stidan shu urug'ni o'rab turadigan po'st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo'ladi.
- Agar tugunchada faqat bitta urug'kurtak bo'lsa, u urug'langandan keyin bir urug'li meva rivojlanadi (masalan, o'rik, olcha, gilos, shaftoli). Bordi-yu, tugunchada ko'p urug'kurtak bo'lsa, u holda chang naychalari ularga ko'plab o'sib kiradi. Buning natijasida bir nechta urug'li meva hosil bo'ladi (masalan, lola va g'o'za).
- Tayanch iboralar
- Gul, gulqo`rg`n, gulkosacha, gul formulasi, oddiy va murakkab gulqorg`on, bir jinsli gul, changchili gul, shingul, changlanish, sun`iy changlatish,urug'kurtak
Do'stlaringiz bilan baham: |