Guloyim G'aybullayeva, [
Download 21.04 Kb.
|
Guloyim
Guloyim G'aybullayeva, [11.02.2023 9:56] Savollar ! ! ! 1) Jurnalistika nima? 2) Jurnalistika qanday vazifalarni bajaradi? 3) Jurnalist qanday sifatlarga ega bòlishi kerak? 4) Uni qanday òrganish mumkin? Javoblar ! ! ! 1) Jurnalistika - yangiliklarni, qiziqarli ma'lumotlarni jamiyatga taqdim etuvchi, mavjud muammolarga yechim topishga kòmaklashuvchi, xalq manfaatlari yòlida xizmat qiluvchi soha. 2) Jurnalistika - yangiliklalarni, axborotlarni yiģib, uni aniq fakt va dalillar bilan ommaga taqdim etadi. Va mavjud muammolarning yechimlariga mas'ul shaxslarning e'tiborini qaratadi. Xalq va hukumat rahbarlari orasida kòprik vazifasini òtaydi va xalq uchun manfaatli ishlaydi. 3) Jurnalist òz fikri va òz qalamiga ega bòlishi kerak. Jurnalist qat'iyatli, bilimli, hozirjavob, topqir, òrni kelganda sabrli, chidamli, izlanuvchan, xolis, adolatli, òz sòzlariga sodiq, òz fikriga vafodor bòla olishi kerak. Eng muhimi qalami òtkir, sòzlari qat'iy, fikrlash doirasi keng bòlishi kerak. 4) Jurnalistikani òrganmoqchi bòlsangiz, izlanuvchan bòling, kòp kitob mutolaa qiling, eshitishni òrganing, òrinli, jòyali gapirishni òrganing, òz ustingizda tinimsiz ishlang, tillarni òrganing, atrofdagi bòlayotgan voqealarga e'tiborli bòling, tanqidiy fikrlashni òrganing, adolatli bòlishga harakat qiling, hech narsa va hech kimdan qòrqmang, òz uslubingizga ega bòling, hech kim sizni takrorlay olmasin. Yuqorida aytib òtgan fikrlarimni inobatga olib, hayotingizda qòllashni boshlasangiz " Uni qanday egallash mumkin? " degan savolga qisman bòlsa-da javob topasiz. Guloyim G'aybullayeva. Guloyim G'aybullayeva, [11.02.2023 9:56]
Jurnalistika sohasiga bòlgan qiziqish menda 5 - sinfdan boshlangan. Televizorga qarab chiroyli kiyingan, chiroyli nutq sòzlagan bu soha vakillariga havas qilardim. 5 - sinfdagi orzu, 9 - sinfga kelib aniq maqsadga aylandi. 9 - sinfda, men endi bu sohaga chindan qiziqib qolgandim. Kòp gazeta òqiydigan, televizorda informatsion dasturlarni kòradigan, nimalardir yozib, yozganlarimni òqishlarini, sòzlaganimda tinglashlarini istaydigan bòldim va bugungi kunga qadar jurnalistika sohasida òz òrnimni topish uchun tinimsiz harakat qilib kelmoqdaman. Agar jurnalist bòlsam, ishni radiodan boshlayman. Sababi radio ancha qulay, yangi ish boshlagan xodimlar uchun. Radioda tongi dasturlarni olib borishni, kunning muhim yangiliklaridan tinglovchilarni xabardor qilishni, har sohada òz kasbining ustalari bilan ajoyib suhbatlar òtkazishni, keyinchalik faoliyatimni televideniyeda olib borishni maqsad qildim. Xali amalga oshmagan ishlarim haqida kòp gapirishni unchalik yoqtirmayman. Ammo bir narsani aniq bilamanki, òzgacha ģoyalar egasi, òz kasbining ustasi, ajoyib ijodkor bòlishimga ishonaman va bu uchun doimiy harakatdaman. Ota - onam kòzida faxr tuyģusini kòrsam, xalq ishonchini qozongan jurnalist bòlsam, hech shubhasiz maqsadimga erishgan bòlaman ! 149 ta sòz. Guloyim G‘aybullayeva. Download 21.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling