Gulqog’oz haqida umumiy ma’lumot Gulqog’oz uning tavsifi va xususiyatlari Gulqog‘oz turlari va ularning xususiyatlari


Gulqog‘oz uning tavsifi va xususiyatlari


Download 30.71 Kb.
bet2/4
Sana18.10.2023
Hajmi30.71 Kb.
#1708744
1   2   3   4
Bog'liq
Dekorativ pardoz gulqog\'ozlar

Gulqog‘oz uning tavsifi va xususiyatlari


Gulqog‘oz – bino ichidagi devor va shift (potolok) qoplamasi uchun ishlatiladigan pardozbop qurilish materiali hisoblanadi. O‘ramga o‘ralgan holda kengligi 0,53, 0,70, 1,06 metr, uzunligi - 10 va 25 metr asosiy o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Yevropada gulqog‘oz qog‘ozdan emas, balki toshdan yasalgan. Devor va shiftlar ular bilan o‘ralgan va yopishtirilmagan, shuning uchun bu nom (oboy) qolib ketgan. Barokko davrida charmdan yasalgan gulqog‘oz keng qo‘llanilgan, bu an'ana Yevropaga arab dunyosidan kirib kelgan. Gulqog‘ozlar qadimdan Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (Xitoy, Yaponiya) ishlatilgan.

Yevropada qog‘ozdan bo‘lgan gulqog‘oz 18-asrda, birinchi qog‘oz mashinasi ixtiro qilingandan keyin keng tarqalgan va har hil uzunlikdagi devor gulqog‘ozini chop etishga imkon berdi.
Devorlar uchun mo‘ljallangan klassik gulqog‘ozning havo va namlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi yaxshiligi bilan ajratilib turadi. Ular yuqori namlik yoki kuchli xidli xonalarda, masalan, oshxonalarda foydalanishga tavsiya etilmaydi.

Gulqog‘ozlar asosan dekorativ funksiyalarni bajaradi hamda bir vaqtning ichida devorlardagi teshiklar va yoriqlarni yopadi. Gulqog‘oz rangi xonaning yoritilish darajasiga, shinamligiga sababchi bo‘lib, insonlarning emosional holatiga ham ta'sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari gulqog‘ozlar tovushni o‘tkazmaslik funksiyasini bajaradi, buning uchun tovushni ushlab qoladigan to‘qimachilik materialdan foydalaniladi.

Qog‘oz gulqog‘ozning sifati ularning umumiy og‘irligiga qarab belgilanadi:

  • devorlar uchun qog‘ozdan bo‘lgan yengil gulqog‘oz (vazni- 110 gr./ m² dan kam);

  • o‘rtacha og‘irlikdagi gulqog‘oz (vazni - 110-140 gr / m²);

  • og‘ir gulqog‘oz – (vazni - 140 gr / m² dan ortiq).

Barcha gulqog‘ozlarning umumiy xususiyati bo‘yicha simpleks va dupleks gulqog‘ozlarga bo‘linadi.
Simpleks – bu bitta qatlamli gulqog‘oz bo‘lsa, dupleks esa ikki yoki undan ortiq qatlamda qilinadi.
Dupleks – odatda tashki omillardan saqlovchi qo‘shimcha qoplamalarga ega gulqog‘oz hisoblanadi. Masalan, bunday devor qog‘ozi yuqori darajadagi yorug‘lik yoki namlikka chidamliligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, kabartmali (tisnyonniy) dupleks gulqog‘oz mavjud bo‘lib, ushbu turdagi gulqog‘oz nosimmetrik joylarni niqoblash hususiyatiga ega ekanligi sababli mashxurlikka erishgan. Material 2 ta qatlamdan iborat bo‘lib, yuqori qatlamda kabartma (tisnenniy) amalga oshiriladi. Shuningdek, gofrovka qilingan dupleks gulqog‘oz mavjud bo‘lib, fleksografik bosma usulda ishlab chiqariladi.

Download 30.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling