Gulshani davlat


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1274876
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1021 (2)




 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
 
Special issue
| 2022 "Modernization of education: problems and solutions"
 
Analytical Journal of 
Education and Development
69 
“GULSHANI DAVLAT” ASARI NODIR ADABIY MANBA SIFATIDA 
 
Ergasheva Feruza 
Toshkent davlat sharqshunislik unversiteti 2-bosqich talabasi 
 
Аннотация: Mazkur maqolada Ogahiyning “Gulshani davlat” asari ham badiiy, ham 
tarixiy manba sifatida hamda uning o’zbek adabiy tili tarixidagi o’rni masalasi ilmiy doiraga 
olib ko’rib chiqiladi. Mazkur asarda Ogahiy xalq hayotini batafsil biladigan muarrix sifatida 
gavdalanadi. Asar Sayyid Muhammad Bahodirxonning taklifiga binoan yozilganligi tufayli, asar 
Bahodirxonning tug‘ilishidan to uning vafotiga qadar bo‘lgan voqealarni qamrab oladi.
Kalit so’zlar: Muhammad Rizo Ogahiy, Sayid Muhammad Bahodirxon , Erniyozbek 
“Gulshaniy davlat” V.V Bortold, O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi, turkiy xalqlar. 
Xalqimiz ma’naviyatiga , tarixiga qadriyatlariga oid har bir narsa e’zozlanishi , asrab-
avaylanishi, chuqur ilmiy tadqiq etilmog’i lozim. O’zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov “Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar 
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. 
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida 
yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati 
darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”¹ degan edi. Shu nuqtai nazardan 
qaragandan XIX asr o’zbek adabiyotlarining yirik namoyondalaridan Muhammad Rizo 
Erniyozbek o’g’li Ogahiy tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar ham alohida ahamiyatga ega. 
Shoir ijodini keng targ’ib qilish, izdoshlarini kashf etish va ular iste’dodlarini namoyon 
qilishlariga shart-sharoit yaratib berish maqsadida 2019-yilning mart oyida O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasisining shoir tavalludining 210yilligini keng nishonlash 
to’g’risidagi №238-son qarori qabul qilindi.² Ushbu qaror asosida yurtimizda ko’pgina tadbirlar 
amalga oshirildi. “Mustaqilligimiz Ogahiy ijodiyotining butun bo’y-basti, barcha qirralari bilan 
o’rganishga keng va yangi imkoniyatlar yaratdi”³ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq 
etish markazini tashkil etish to’g’risida”gi va “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va 
targ’ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlari 
ogahiyshunoslik yo’nalishidagi ilmiy ishlarning ham sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarilishiga 
yordam berdi. 
Ogahiy Xorazm tarixiga oid 5 ta tarixiy asar yaratgan.Bular orasida “Gulshan Davlat “ o’z 
mundarijasiga ko’ra davr ma’naviy hayotini idrok etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Akademik V.V.Bartold XIXasr o’zbek tarixchilarining asarlariga katta baho berib yozadi: 
“Munis va Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy va taraixiy asarlarning qanchalik kamchiliklari 
bo’lmasin, tarixiy voqealarni bayon etishi va ularda keltirilgan faktik materiallarning ko’pligi 
jihatidan Qo’qon va Buxoro xonliklari tarixiga doir bizgacha yetib kelgan hamma asarlarni 
o’zidan ancha orqada qoldirad.”⁴ Ogahiy tarixiy asarlari ichida “Gulshani davlat” alohida 
ahamiyatga ega bo’lgan asarlardan biri hisoblanadi. Bu asarning 2nusxasi , ya’ni 7572, 12552 
tartib eaqamlari bilan O’zRFA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar xazinasida saqlanmoqda. 
Bu asar yana Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutida E1891 NOY 215, 6YIII 590 OB 
raqamlk 2nusxasi saqlanmoqda. Shu paytha qadar Ogahiyning birorta tarixiy asari to’laligicha va 
mukammal tarzda nashr etilgani yo’q. Demak uning asarlani o’rganish va tadqiq etish bugunning 




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling