Gumanistik psixologiyada shaxs Amaliy psixologiya 1b guruh talabasi kenjayeva zarnigor


Download 67.64 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi67.64 Kb.
#1386934
Bog'liq
Umumiy psix.Atrabotka.Gumanistik psixologiyada shaxs.K.Z

Gumanistik psixologiyada shaxs

Amaliy psixologiya 1b guruh talabasi KENJAYEVA ZARNIGOR

Reja:

1. Gumanistik psixologiyaning asosiy tamoyillari

2. G. Olportning shaxs nazariyasi

3. A. Maslouning shaxs nazariyasi

4. K. Rodjers shaxs nazariyasi

Gumanistik psixologiyaning asosiy prinsiplar

  • Gumanistik psixologiya inson tabiatini tushuntirishda o‘zining yondashuvi bilan boshqa psixologiya fanidagi yo‘nalishlardan farq qiladi. Bu borada mazkur yo‘nalishning vakillari sifatida G.Olportning shaxs qirralari, A.Maslouning shaxsnining o‘zini o‘zi kamol toptirish, K.Rodjersning interaktiv psixoterapiyasi, R.Meyning shaxsning hayot yo‘li haqidagi g‘oyalarini e’tirof etish mumkinMazkur yo‘nalishning har bir nazariyasi o‘zining ilmiy tushunchasi, insonning ichki olamini tushunishga yo‘naltirilgan tadqiqot usullari va psixoterapevtik yondashuvlari mavjud

Gumanistik psixologiyaning umumiy prinsiplari :

Inson doimo yangi maqsadga intiluvchi, o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ifodalovchi taraqqiyot prinsipi. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra erkin va mehribonlikni ifodalovchi insonparpavarlik prinitspi. Maqsadli determinizm prinsipi. Shaxsning intilishlari kelajakka yo‘naltirilganligi bilan uning maqsad, qadriyatlari va kutilmalarini ifodalovchi sababiy determinizmni tasdiqlashi.

G.Olportning shaxs nazariyasi

Taniqli AQSH psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs “ichki tizim”, “dinamik qurilma”, “Men”, “qandaydir metapsixologik Men” o‘zida oldindan maqsad va dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir”. Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‘rnini psixologik talqin egallaydiOlport o‘zini nazariyasini ‘‘xarakter’’ ni yani ‘‘umumiy analizini’’ ko‘rsatadi.

Maslou shaxs nazariyasi

  • Maslou Abraxam Xarold (1908-1970) gumanistik psixologiya asoschilaridan biri bo‘lgan amerikalik psixolog bo‘lib, u psixologiyaga motivatsiyalarning ierarxik modelining muallifi sifatida kirib kelgan. Bu ierarxiya asosida uning tug‘ma va universalligi haqidagi postulat yotadi. Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga ko‘ra, extiyojlarni hech qachon “hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida qondirib bo‘lmaydi.

K. Rodjersning shaxs nazariyasi

  • K .Rodjersning shaxs nazariyasi boshqa psixologlardan keskin farq qiladi. Rodjers shaxs nazariyasini uchta prinsip bo‘yicha yoritdi:inson xulq-atvorini ob’yektiv kuzatishlar orqali tushunish mumkin, shaxs esa sub’yektiv idroki va voqelikni bilishi orqali baholaydi.2) inson o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi, tanlov va qaror qabul qilishda erkin; 3) inson o‘z tabiatiga ko‘ra mehribon va o‘zini o‘ziga kamol toptirishga intiluvchan. Men tuzilmasida har xil qadriyatlar kiradi: 1) bilvosita organizmda kechadi ("Men o‘z ota-onamni inson sifatida idrok etaman") va2) boshqalarda introetsirlovchilar xususiy, bilvosita idrok etishga sabab bo‘ladi (" Men o‘z xulq-atvorimni qoniqmagan holda idrok etaman”).

Download 67.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling