Matematika va informatika fakulteti 116-20 guruh talabasi Qo’shboqova Gulzira Reja: - 1. Shaxs haqida tushuncha.
- 2. Shaxsning tuzilishi.
- 3. Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar. 4. Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.
Shaxs - Shaxs – ong egasi bo‘lgan konkret odam. Faoliyat – u yoki bu yumushni bajarishga qaratilgan harakatlar majmui. Malaka – odamda harakatlarning tezlashuvi, avtomatlashuvi. Ko‘nikma – avtomatlashgan harakatlarning doimiyligi.
- «Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruxiy olami qonuniyatlari bilan kizikkan xar qanday olim yoki tadqiqotchi xam shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab utolmagan. Sh a x s — ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning maxsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo‘lgan eng muxim tasnif xam uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan xam ob’ekt, xam sub’ekt bo‘lishlikdir.
- Odam insonshunoslik fanlari tomonidan har tomonlama o‘rganilib kelinmoqda. Psixologiyada odam biologik evolyutsiya maxsuli sifatida, jamiyat ishlab chiqarishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida, ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti sifatida o‘rganiladi. Odamning boshqa shaxslar bilan, tashqi olam bilan bo‘lgan munosabatlari xilma-xil bo‘lganligi uchunga unga xos bo‘lgan psixologik sifatlar va fazilatlar ham nihoyatda xilma-xildir.
- Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi.
- Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
- A. G. Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub’ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
- Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo‘lmagan tushunchalar qo‘llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
- 1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham egadir
- 2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
- 3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi.
- A. G. Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
- 1. Yo‘nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi.
- Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
- 2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. O‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.
- 3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi.
- Shaxs strukturasi, ya’ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda tayanch va jabha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil qismidan, tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli-tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur.
- Shaxsning tuzilishi to‘g‘risidagi muammo o‘zining dolzarbligi bilan fanning tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyandalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bo‘layotganligi tufayli unga qiziqishning kjsakligidan dalolat bermoqda.
- Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari ontogenetik, evolyutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi va takomillashuv jarayonida o‘z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mutlaqo mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitutsion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya’ni yakkahollik) holatlar, simmetriya va asimmetriya juft retseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |