Ma’ruza Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti. Fan bilishning maxsus shakli sifatida Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi»


Download 261.12 Kb.
bet1/7
Sana04.02.2023
Hajmi261.12 Kb.
#1165239
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза1


Ma’ruza 1.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti. Fan bilishning maxsus shakli sifatida


Reja:
1.«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining` maqsadi va vazifalari
2.Asosiy ta`rif va tushunchalar. Metod va metodologiya.
3. Fan - tadqiqot faoliyati sohasi


Asosiy tayanch so’z va iboralar:
Ilmiy tadqiqot, bilim, ilm, ilmiy tadqiqot predmeti, metod va metodologiya, fan, fanning maqsadi, fanning asosiy vazifalari, fanning funktsiyalari


1.«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari

Yurtimizning mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko`tarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. O`zbekiston hukumati ta`limga ustuvor soha deb qarab kelmoqda.


O’zbekiston Respublikasining` “Ta`lim to’g’risida” dagi Qonunida (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son) oliy ta`lim haqida qo`yidagilar yozilgan:
Oliy ta`lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta`minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi..
Oliy ta`lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega [СПиТ:


1.Таълим / Бакалавриат]
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi magistr talabalarga ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta`riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ushbu fanni o’zlashtirgan talaba o’z ilmiy sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlarni olib borish metodlarini, tajriba natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni, amaliyotga tadbiq etishni, o’rganilayotgan ob`ektning matematik modelini tuzishni o’zlashtirib oladi.
Zamonaviy jamiyat va har bir inson fan va texnikaning oshib borayotgan ta`siri ostida yashayapti. Hozirgi kunda fan va texnika shunday katta tezlik bilan rivojlanmoqdaki, kechagi fantastika bo`lib ko`ringan narsalar hozirgi kunning real mahsuloti bo`lyapti.
Ana shunday hozirgi ilmiy-texnikaviy jadal rivojlanish davrida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy axborotlarning intensiv ravishda ko`payib borishi, turli fanlardagi bilimlarning yangilanib borish sharoitida, zamonaviy texnologiyalarning barcha sohalarga kirib borish davrida oliy o`quv yurtlarida ta`lim yo`nalishi bo`yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ayniqsa ularning mustaqil ravishda har bir ishda ilmiy-ijodiy yondashish, olingan ilmiy yangiliklarni hayotga tadbiq eta bilishlari talab etiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida turli nostandart masalalarni ijobiy hal qila oladigan, o`z bilimini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qobiliyati bo`lgan, ishlab chiqarish sharoitlarini o`zgarishiga tez ko`nika oladigan, fan-texnika rivojidan foydalanib ixtiro va yangilik takliflarini yarata oladigan va ularni ishlab chiqarishga joriy etishda ijodiy faoliyat ko`rsata oladigan soha mutahassislariga talab katta. Shuning uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani barcha magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar o`rganishlari zarur. Bu fan talabalarni ilmiy ijod bilan shug’ullanishga, ilmiy tadqiqot ishini olib borishga va uning natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish va kelajakda ilmiy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir.



Download 261.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling