O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti san`atshunoslik fakulteti


Download 40.9 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi40.9 Kb.
#1044645
  1   2   3
Bog'liq
Tasviriy san’atning tur va janrlari kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


SAN`ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI”
2-kurs sirtqi ta’lim yo‘nalishi
talabasi
USMONOV DILSHODNING


Tasviriy san’atni o`qitish metodikasi
fanidan

Tasviriy san’atning tur va janrlari mavzusidagi bajargan



KURS ISHI

Ilmiy rahbar: S.A.Bobomurodova




Navoiy-2022


Tasviriy san’atning tur va janrlari.

Mundarija:



  • Kirish: Qalb go’zalligining tasviriy aksi.

  • Insoniyat tarixida tasviriy san’at.

  • Zamonaviy tasviriy san’at.

  • O’zbekistonda tasviriy san’at.

  • Haykaltaroshlik.

  • Rang tasvir.

  • Grafika san’ati.

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.



  • Kirish: Qalb go’zalligining tasviriy aksi.

Tasviriy sanʼat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borlikni obʼyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang , fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga. oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy kiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning gʻoyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik gʻoyalari ham Tasviriy sanʼatning mazmuniga aylanadi. Tasviriy sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga oʻz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muxim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzu umidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgoyaviy kurashlarning bir boʻlagi sifatida namoyon boʻladi.
Insoniyatning mehnat faoliyati, eʼtiqodlari, diniy qarashlari zaminida Tasviriy sanʼat paydo boʻlgan va rivojlangan. Qad. tosh asrining ilk bosqichidayoq inson oʻz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marxumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marxumlar qabriga turli buyumlar koʻyish odatlarida Tasviriy sanʼatning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi oʻyxayollari, oʻzga dunyo toʻgʻrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan.



  • Insoniyat tarixida tasviriy san’at.

Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi Tasviriy sanʼat rivojida muhim oʻrinni egallaydi. Tasviriy sanʼat inson faoliyatining maʼlum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, maʼnaviy va nihoyat estetik qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qad. Sharq mamlakatlarida, jumladan Qad. Misrda Tasviriy sanʼat insonning dunyo, borliq toʻgʻrisidagi tushuncha va tasavvurlarini, xudolar darajasiga koʻtarilgan firʼavnlarni ulugʻlash quroliga aylandi. Yunonistonda Tasviriy sanʼat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik mifologiyaning gʻoyalarini plastik moddiylashtirilgan koʻrinishida kamol topdi, Qad. Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon boʻddi.
Insoniyat sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan hisoblangan Oʻrta Osiyo, uning ajralmas qismi Oʻzbekiston hududida ham Tasviriy sanʼat ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallab, davr hamda inson tafakkuridagi nozik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari, Xorazm, Sugʻd, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir.
Oʻrta asrlar Tasviriy sanʼati uslub jihatidan rangbarang , turlari keng va xilmaxil, bu davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. Hindiston, Indoneziya, HindiXitoy oʻlkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari yaratildi. Oʻrta Sharq mamlakatlarida miniatyuraning oʻziga xos turi yaratilgan boʻlsa, Oʻrta asr Yevropa madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy eʼtiqod va dunyoqarashlar zaminida oʻziga xos yoʻnalish va, mazmun kashf etdi, ikona sanʼati ravnaq topdi. Roman uslubi va gotikaaa barpo etilgan meʼmoriy obidalarda sanʼatlar sintezining ajoyib namunalari yaratildi.
13—16-asrlar Tasviriy sanʼatida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borlikda mavjud shakl va koʻrinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda Tasviriy sanʼatning qonunqoidalarini ilmiy asosda oʻrganishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nursoya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moyboʻyoq texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik sanʼat anʼanalariga tayangan holda Uygʻonish davri insonparvarlik gʻoyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar.
17—19-asrlarda Tasviriy sanʼat uslub jihatidan rangbarang , milliy mahalliy maktablar rivoji bilan sanʼat olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental sanʼat oʻzining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, meʼmorlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar sanʼatlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuklarda rassom va haykaltaroshlarning oʻrni aloxdda. Tasviriy sanʼat tur va janrlari koʻpaydi, realistik yoʻnalishdagi janrlar (portret, manzara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi oʻringa chiqa boshladi. Uygʻonish davri Tasviriy sanʼatiga xos boʻlgan vazminlik, chiziq, rang , faktura mutanosibligi oʻrnini joʻshqin shakl va ranglar oʻyini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. 17-asrdan Tasviriy sanʼatda klassitsizm yoʻnalishi hukm surgani holda borliqni oʻziga oʻxshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik taʼlim tizimining yoʻlga qoʻyilishi prof. sanʼat maktablarining taraqqiyotini taʼminladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) sanʼat uslublaridan chekinish, noanʼanaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi va rivojlanishida oʻz ifodasini topdi.
20-asr Tasviriy sanʼati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik sanʼatning talab va uslublari saklangani holda uni ifodaviyligiga eʼtibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni chuqur majoziy mazmunlar bilan toʻldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noanʼanaviy Tasviriy sanʼat uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha sanʼat yaratishga intilish xarakati kuchliligi namoyon boʻlmoqda.


  • Zamonaviy tasviriy san’at.

2019 yil davomida butun dunyo san'at ustalari ta'sirli san'at installyatsiyalari (zamonaviy tasviriy san'atda turli xil shakldagi real predmetlarni yagona badiiy tushuncha bilan birlashtirgan, hajm-makonga ega kompozitsiya) yordamida turli xil mavzularda o‘z fikrlarini bildirib, pozitsiyalarini namoyish etdilar. Ularning aksariyati bomba effektini yaratdi — xoh jamoat joylarini o‘zgartiradigan illyuziya bo‘lsin, xoh yorug‘lik nurlaridan foydalanilgan san'at asari.
Ba'zi ijodkorlar asarlaridan ijtimoiy mavzularni yoritishda foydalangan bo‘lsa, boshqalari iqlim o‘zgarishi va qurolli zo‘ravonlikning dolzarb mavzulariga e'tibor qaratishgan. Yilning art-yakunlarni sarhisob qilamiz va so‘nggi o‘n ikki oy ichida tarixga kirgan eng yaxshi o‘nta zamonaviy san'at asarlarini taqdim etamiz. Mualliflar orasida katta nomga ega bo‘lgan rassomlar qatorida debyutantlarni ham ko‘rish mumkin.
London janubida eng mashhur yerosti strit-art rassomi Benksining ko‘rgazma zali ochildi. Benksi (Yalpi ichki mahsulot) deb nom olgan o‘z ijodiy salonini tashkil etgani haqida shaxsiy instagram sahifasida e'lon qilgan. Gross Domestic Product savdo markasi rassomning ijodi tasvirlangan postkartlarni (otkritka) uning ruxsatisiz sotilishiga javoban yaratilgan.
Yaponiyalik ijodkorlardan art-installyatsiyalar uchun anchagina oddiy g‘oya: ulkan xonani poldan shiftgacha yorqin chiroqlar to‘ldirish. Ammo zamonaviy texnologiyalar ushbu mazmunni to‘ldirishga imkon beradi: masalan, lampalar odam harakatiga reaksiya bildiradi. 
Albatta, o‘qish orqali g‘oyani to‘liq tushunib yetish qiyin. Xayolingizga elektr buyumlari do‘koni kelishi mumkin, ammo teamLab'ning «Rezonansli lampalar o‘rmoni» installyatsiyasi ulkan meduzalar orasida suzishga o‘xshaydi.
Lampalar odam yaqin masofaga kelganini sezib rangini o‘zgartiradi, bu zanjir reaksiyasini qo‘zg‘atadi va atrofdagi chiroqlar yanada yorqinroq porlay boshlaydi. Yorug‘lik to‘lqini shu tarzda butun xonaga tarqalib, haqiqiy chiroqlar shousini yuzaga keltiradi.
Ijtimoiy harakatlarga aloqador yana bir hodisa — Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazi zabt etilishi.
Jyenni Xolser o‘qotar qurollar qurboni bo‘lganlar uchun yodgorlik sifatida 4 kun davomida VIGIL'ni namoyish etdi.
Unda tirik qolganlar va qurbonlar qarindoshlarining matnlari, mavzuga aloqador she'rlar ko‘rsatilgan.
Britaniyalik mashhur ijodkor bu safargi g‘ayritabiiy installyatsiyasi uchun joy sifatida Avstraliya kengliklari markazini tanladi.
Kompozitsiya avvaliga quruq yerda mudroq tortgan urug‘larni yodga soladi. Ular issiqdan orom olish uchun qorong‘ulikni kutadi.
Olisdagi yulduzlarning miltillovchi nuri soya va yorug‘lik bilan o‘ynab tebranuvchi mitti gullarga hayot baxsh etgandek taassurot qoldiradi. Quvvat quyosh batareyalari orqali ta'minlanadi.
Loyiha mahalliy Anangu qabilasi hayotini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi xayriya doirasida yaratilgan. Poetik aborigenlar installyatsiyaga o‘z nomlarini berishgan va u tarjimada «juda ko‘p chiroyli chiroqlarga nigoh» ma'nosini beradi.
Italiyalik haykaltarosh va rassom Lorenzo Kuinn bir-biriga birikib turgan 6 juft qo‘ldan iborat o‘z san'at namunasini taqdim qildi. U Venetsiyaning Arsenal pristanida (kemalar to‘xtaydigan joy) qad ko‘targan. Installyatsiya 58-Venetsiya zamonaviy san'at biyennalisi ochilishi uchun maxsus yaratilgan. Kuinning ijod namunasi aloqa ko‘priklarini barpo qilish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish zarurligiga urg‘u beradi.
Tashqi Gebridlar qirg‘oq chizig‘i bo‘yidagi oq xira yog‘du nurlari dengiz sathi ko‘tarilishi ehtimoliy darajasini ko‘rsatadi, u nazoratsiz iqlim o‘zgarishlari natijasida haqiqatga aylanishi mumkin.
Ekologik san'at installyatsiyasi suv ko‘tarilishi vaqtida uchta sinxronlashtirilgan yorug‘lik liniyasini faollashtiradigan sensorlar bilan jihozlangan.
Ijodkorlar yuz berishi taxmin qilingan dengiz sathi ko‘tarilishini eng katta zarba ostida qoluvchi mintaqada ko‘rsatib berish orqali iqlim o‘zgarishlari mavzusiga e'tibor qaratishga umid qilishgan. Ular Shotlandiyaning g‘arbiy sohilida joylashgan, pasttekislikdan iborat Whist orol arxipelagini tanlashgan.
Fransuz rassomi, strit-art ustasi JR Luvr shisha piramidalari ochilgan kunning 30 yilligini bayram qildi. Uning optik illyuziyalari Parijning diqqatga sazovor joyini ulkan chuqurga «tashladi». Asar «Buyuk piramida siri» deb nomlangan.
Turk ijodkori Vaxit Tuna Istanbuldagi uylarning biri devoriga mamlakatda 2018 yil davomida o‘z eri tomonidan o‘ldirilgan ayollar xotirasiga 440 juft tuflini ilib chiqdi. Tuna poshnali tuflini ayollar irodasi va mustaqilligiga timsol qilib olgan
Britaniyalik haykaltarosh bino «zanjirlarini yechdi». Shunday effekt yaratish uchun Chinnek qo‘shimcha fasad qo‘shgan va uning ortiga nurli ekran o‘rnatgan. Shu tarzda tarixiy Milan devorlariga nazar solish imkoni yaratilgan.
Hindistonlik ijodkor Goa poytaxti Panajining asosiy ko‘chalaridan birini kitob varag‘iga o‘xshash holatga keltirdi. Harf va soyalardan tashkil topgan g‘aroyib installyatsiya Start Goa festivali uchun maxsus ijod qilingan.


  • O’zbekistonda tasviriy san’at.

X X asrda O‘zbekistonda kuchli rangtasvir maktabi shakllandi, ammo ustalarning ijodiy salohiyati uzoq yillar mobaynida qattiq mafkuraviy nazorat ostida bo‘lishiga qaramay, mustaqillik bergan ijod va ruh erkinligi rassomlarning o‘z-o‘zini badiiy ifoda etishlari uchun yangi kuch-quvvat berdi, ular endi mavzu va uslub tanlashda erkindirlar. Ayni paytda ularning ishlarida avvalgi davrda ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan o‘z falsafiy qarashlarini ifoda etish imkoniyati, davrlarning aloqadorligini ko‘rsatish, tarixiy xotirani parchalab bo‘lmasligini isbotlashga intilishlari ko‘zga yaqqol tashlana boshladi. Rangtasvirning zamonaviy falsafiy plastik tizimida saksoningchi yillarda tamal toshi qo‘yilgan qochirimliramzli uslub rivoji jadallashdi.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz madaniy hayotida biyennale, fotobiyennale singari yangi tushunchalar paydo bo‘ldi. Har ikki yilda o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi mustaqillik davri o‘zbek tasviriy san’ati erishayotgan yutuqlarni jahon san’atshunoslari, musavvirlari va muxlislarga havola etish, ularni yurtimizda kechayotgan ijodiy jarayon bilan tanishtirish, ijodkorlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishiga xizmat qilmoqda. Toshkent xalqaro fotobiyennalesi yurtimizda fotografiya san’ati jadal rivojlanib borayotganini, farovon hayotimiz, taraqqiyotimiz odimlari, umrboqiy qadriyatlarimizni bor jozibasi bilan namoyish etmoqda. “Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi dunyo ahlining O‘zbekiston bolalari haqidagi tasavvurini suratlar orqali boyitmoqda. Bunday xalqaro tadbirlar tufayli xorijlik hamkasblarimiz, san’at ixlosmandlari O‘zbekistonda san’at, madaniyat, ma’naviyat, yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida ekanini ko‘rib, havas qilmoqda. So‘nggi yillarda Tasviriy va amaliy san’at haftaligi xalqaro festival darajasiga ko‘tarildi.
Bu yil ushbu tadbirda Slovakiya, Yaponiya, Hindiston, Ozarbayjon, Iroq, Vetnam kabi o‘ndan ortiq davlatlardan musavvirlar ishtirok etdi. Ushbu festival yosh mo‘yqalam sohiblari orzularini ro‘yobga chiqarishga ham hissa qo‘shayotir. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan yoshlar xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan turli xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar, biyennalelarda ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi zali, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, Yoshlar ijod saroyi, Milliy san’at markazi singari o‘z ko‘rgazmalari mavzusi va yo‘nalishiga ega ko‘plab san’at dargohlari barpo etildi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va boshqa bir qator ijodiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston tasviriy san’ati”, “Yangi avlod”, “Navqiron O‘zbekiston” singari festivallar, “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovi, yosh musavvirlarning ijodiy-intellektual saviyasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘g‘il-qizlarning badiiy didi, tafakkurini yuksaltirib, ijodiy mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ijodkorlar uyushmasi tarkibida fotografiya sho‘basi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ham yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga o‘tgan davrda erishilgan yutuqlarni, bugungi saodatli, tinch va farovon kunlarimizni jahonga xolis va haqqoniy tanishtirish imkonini bermoqda. Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etilgan badiiy fotografiya maktabi yoshlarga mazkur san’atning sirlarini puxta egallashi, ularning bilim va mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda. Iqtidor sohiblarining xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishi uchun keng sharoit yaratilmoqda. Jumladan, Dilorom Mamedova, Bobur Ismoilov, Kamoljon Boboev, Temur Ahmedov, Farrux Ahmadaliev, G‘ayrat Ibrohimov singari o‘z uslubi va ijod yo‘liga ega ko‘plab iste’dodli yosh musavvirlarning asarlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ijodiy loyihalar bilan birga Evropa davlatlari, Xitoy, Janubiy Koreya singari mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda.
Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tasviriy san’atning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarga ta’lim berilmoqda.
Mazkur oliy ta’lim dargohida jahonning ko‘plab universitetlari, ijodiy markazlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari bilan ma’rifiy-ijodiy hamkorlikda talabalarning o‘zaro fikr almashishi, ijodiy muloqot o‘rnatishi, turli ko‘rgazmalar, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishi imkoniyati yaratilgan. Talabalarning san’atshunoslar va musavvirlar bilan doimiy uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyida tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlarning ijodiy ko‘rgazmasi muntazam tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston Tasviriy sanʼati jahon hamjamiyatida sodir boʻlayotgan jarayonlar bilan hamnafas boʻlib, gʻar bir ijodkor oʻz qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi barpo etilib 2004 yil avgust oyida ochilgan.
O'zbekiston Tasviriy san'at galereyasi 2004 yil Mustaqillik kuni arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ochildi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining rangtasvir, grafika, va numizmatika namunalaridan iborat to'plam Galereyaning qurilishiga asos bo'lib xizmat qildi.
Galereya XX asr O'zbekiston tasviriy san'atining barcha davrlari, maktablari, yo'nalishlari va etuk rassomlar ijodini o'zida aks ettirgan boy to'plamiga ega. Hozirgi vaqtda Galereyaning rangtasvir va grafika to'plamida 1000 dan ortiq eksponat mavjud. Galereyaning numizmatika to'plami O'rta Osiyo hududida qadimdan to hozirgi davrgacha muomlada bo'lgan ulkan tarixiy, madaniy va ilmiy qimmatini o'zida aks ettiradi. Mazkur to'plam esa 2 500 dona noyob tangalardan tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan tasviriy san'atga oid 8 ta katalog, numizmatikaga oid 4 ta katalog va bir qancha ilmiy nashrlarni chop etdi.
Galereyaning asosiy faoliyati keng jamoatchilikni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning boy badiiy madaniyati bilan tanishtirishdir.
Galereya binosi barcha zamonaviy dunyo muzeylari tajribasi talablariga javob beruvchi va Markaziy Osiyo xududida o'xshashi yo'q noyob ob'ektlardan hisoblanadi. Katta ekspozitsion-ko'rgazma maydonidan (3 500 .kv. m.) tashqari Galereyada 15 ta zal makoni, eksponatlarni saqlash fondi, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ma'ruzalar zali, ta'mirlash ustaxonasi, bolalar ijod studiyasi mavjud.
Galereya faoliyati davrida nafaqat respublika, balki xududiy va xalqaro ahamiyatga ega turli keng ko'lamli madaniy aktsiyalarni o'tkazdi. Hozirgi vaqtda Galereya - bu respublikamizda va xorijda mashhur bo'lgan o'ziga xos madaniyat markazidir.
Galereya mamlakatimiz va uning orti xududidagi turli tashkilotlar, vakolatxonalar bilan sermaxsul hamkorlik uchun xamisha tayyor.


  • Haykaltaroshlik.



Download 40.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling