O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti san`atshunoslik fakulteti


Download 40.9 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi40.9 Kb.
#1044645
1   2   3
Bog'liq
Tasviriy san’atning tur va janrlari kurs ishi

Rang-tasvir — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. Rang-tasvir voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. Rang-tasvir asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom Rang-tasvir ning ifoda vositalari (kompozitsiya, racm, rang , ritm va h.k.) orqali roʻyobga chiqaradi. Rang-tasvir asarlari asos (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. Rang-tasvirning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin. Rang-tasvirning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang , qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida kalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. R. asarlari ishlanishini shartli ikki — yassi va hajmli — fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan bogʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni koʻrish mumkin. Rang-tasvir asarlarida bu ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini toʻddiradi. Rang-tasvir asarlari oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va koʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati, bezash sanʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va boshqalarga boʻlinadi. Tasvir mavzui va mazmun yoʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: animalistika, tarixiy janr, maishiy janr, batalʼ janri, portret, manzara, natyurmort va boshqalar.



  • Grafika san’ati.

Grafika (yun. graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy sanʼat turi. Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega boʻlgan bosma badiiy asarlar. "Grafika" termini dastlab xat va xattotlik sanʼati maʼnosida qoʻllangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan yangi maʼno kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan Grafika tasviriy sanʼat turiga aylanadi. Asosiy turlari: dastgohli Grafika (amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, mustaqil rasm, estamp, lubok), kitob, gazeta-jurnal Grafikasi (illyustratsiya, bosma mahsulotlarni bezash, ularni shakllantirish), amaliy grafika (sanoat Grafikasi, pochta markalari, ekslibris), plakat. Ifoda vositalari: kontur chiziq, shtrix, dog (qora, rangdor), varaq zamini (koʻpincha oq qogʻoz). Grafikaning uslubiy vositalari turli-tuman: naturaga qarab tez chiziladigan xomaki chizgilar, etyud, eskizlardan tortib, to puxta oʻylab, mulohaza yuritib ishlanadigan kompozitsiyalar (biror xrlat, manzara tasvirlangan; bezak maqsadiga xizmat qiladigan; shrift kompozitsiyalari)gacha. Grafika asarlari, mahsulotlari tez tayyorlash imkoni, sikl va turkumlar yaratish mumkinligi, tashviqot va targʻibotga mosligi va boshqa Uni tasviriy sanʼatning eng ommaviy muhim sohasiga aylantirdi. Texnikasi jihatidan Grafika 2 turga ajratiladi: qoʻlda chiziladigan rasm va matbaada chop qilinadigan, koʻp nusxada nashr etiladigan bosma mahsulotlar (gravyura, litografiya, monotipiya va shahri k.). Rangtasvir bilan Grafika chegarasidagi akvarel, guash, pastel rang-tasvirga ham, Grafikaga ham mansub boʻlishi mumkin. Birinchisining tarixi juda qad. boʻlib ibtidoiy odamlar gʻor devorlariga, qoyatoshlarga chizib qoldirgan ibtidoiy sanʼat namunalaridan boshlanadi. Ikkinchisi, asosan, poligrafiya rivoji bilan bogʻliq, lekin poligrafiya sanoati vujudga kelishidan ancha oldin ham Xitoyda 6—7-asrlar (Yevropada 14—15-asrlar)da gravyura ishlangan. Litografiya esa 19-asrdagina vujudga keldi.
Grafika ishlatiladigan asosiy sohalardan biri kitob boʻlib, oʻrta asrlarda vujudga kelgan xattotlik va kitob yaratish ishining sanʼatga aylanishi, qoʻlyozma kitoblarni yozish va bezash sanʼat turi sifatida rivojlanishi oqibatida miniatyura sanʼati rivojlangan, uning turli-tuman maktablari vujudga kelgan. Jahonning eng yirik muzeylarida jozibador bezatilgan qoʻlyozma kitob namunalari saklanadi. Rassomning kitob yaratish jarayonidagi mehnati, ayniqsa, poligrafiya sanoati vujudga kelganidan keyin katta ahamiyat kasb etdi, kitob mazmunini kitobxon koʻz oʻngida gavdalantirishda xizmat qiladigan rasmlarni endi fotografiya imkoniyatlaridan foydalanib koʻplab nusxalarda nashr qilish imkoni tugʻildi. Shunday kilib, kitob Grafikasi va plakat kishilarga maʼnaviy taʼsir koʻrsatishning kuchli quroliga aylandi. Rassom rasmdan tashkari kitobning muqovasi, sarvaragʻini be-zaydi, turli bezak unsurlarini yaratadi, kitobning shriftini belgilab beradi. Sanoatning barcha tarmoqlarining rivoji mahsulotlar reklamasidan tortib yorliq, mahsulot joylanadigan bezakli qutichalar, oʻrov materiallari va shahri k.ni yaratishni taqozo etdi, grafik rassomlarning Grafika turlari boʻyicha ixtisoslashuvlarini talab qildi.



  • Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida ko‘plab sohalar rivoji kabi san’at sohasida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarning asosi omili albatta mustaqilligimiz sharofatidir. Chunki, katta imkoniyatlarga, yuksak e’tirof va e’tiborga, erkin ijodiy faoliyat qilishga faqatgina mustaqil yurt ijodkorlari ega bo‘ladi. Bunday islohotlar esa, avvalo inson manfaatlari, uning ma’naviy olami va tafakkurining yuksalishi uchun xizmat qiladi. Alida ham, har qanday davlatning bu kabi ma’naviy-marifiy, madaniy sohalardagi siyosati muhim ahamiyatga ega.


Dunyoning eng qadimiy xalqlaridan biri bo‘lgan o‘zbeklarning olam hodisalarini qabul qilishi va ifodalash tarzi XX arsda avvalgi minglab yillardagiga nisbatan keskin burilishlarga uchradi. Ming yillar mobaynida an’anaviy sharqona dunyoqarashga ega bo‘lib kelgan o‘zbek xalqi asr boshida g‘arb madaniyatiga xos bo‘lgan bir qator muhim omillarni o‘ziga singdirdi. Shu bilan birgalikda, butun millatga majburiy e’tiqod sifatida kiritilgan sho‘ro mafkurasi XX asr badiiy jarayonlariga ham o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi.
1991-yilda erishilgan Mustaqillik sharofati bilan fikrlar xilma-xilligi, qarashlar plyuralizmi vujudga kelib, millat hukmron mafkura tazyiqisiz yashash imkoniga ega bo‘ldi. Bu holat xalqimizning ijtimoiy ongida sog‘lomlashtirish jarayonini yuzaga chiqardi, ijodiy erkinlik ravnaq topdi.
Darhaqiqat, mustaqillik biz uchun avvalo o‘zligimizni anglash, insoniy qadrimizni, urf-odat va qadriyatlarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimiz, aziz-avliyo va allomalarimizning tabarruk nomlari va merosini, g‘urur va iftixorimizni tiklash, yosh avlodlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash shu bilan birgalikda mamlakatni ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at sohalari rivojini ta’minlash hamda bu borada davlatimizning mustaqil siyosat olib borishi, xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va eng asosiysi biz uchun istiqlolning erkinlik, ozodlik, farovonlik tinchlik kabi buyuk ne’matlarni inom etishi kabi beqiyos imkoniyatlar ochib berganini alohida ta’kidlash zarur.
Insonning ruhiyati, ma’naviyati, qalbi, ongiga xavf soluvchi, didi va saviyasini o‘tmaslashtirishga qaratilgan zararli g‘oyalardan doim ogoh bo‘lishimiz kerak. Biz ulkan tarixiy, bebaho adabiy, madaniy, ma’naviy merosning vorislarimiz. Bu qadimiy va boy xazina o‘z milliy san’atimizni yanada ravnaq toptirib, yangidan-yangi asarlar yaratishga undayveradi.
San’at milliylikka asoslanadi, ayni paytda ezgulik, olijanoblik, do‘stlik, hamjihatlik, ma’naviy etuklik kabi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi.
Yurtimizga kirib kelayotgan barcha asarni ham san’at deb qabul qilish noto‘g‘ri.
Bugungi globallashuv jarayonida, tezkor axborotlashuv davrida yoshlarni oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay olishga o‘rgatish ijodkorlar zimmasidagi asosiy vazifalardan.
Mustaqillik rassomlarimiz uchun bitmas-tuganmas ilhom manbaidir. Uning rangin jilolari bugungi tinch va osoyishta hayotimizda, barcha sohalardagi taraqqiyot odimlarida, asrlarga tatigulik yutuqlarda, Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi tobora yuksalib borayotgan nufuzi va obro‘sida, ongu shuurimiz, hayot tarzimiz, tafakkurimizda o‘z aksini topmoqda. Shunday ekan, eng ulug‘, eng aziz ne’mat – mustaqilligimizni mustahkamlash, ko‘z qorachig‘idek asrabavaylash, badiiy asarlarda tarannum etish bizning ham ijodkorlik, ham farzandlik burchimizdir.
Tasviriy san’at tur va janrlarida ishlangan rasmlar tamoshabinga juda kata badiiy estetik ta’sir etib u nafosat olamiga etaklaydi. Unda faqatgina narsa va voqealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi.
Shuningdek, jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o‘zlashtirishda, hatto uni idrok qila bilishda ham muayyan tayyorgarlikni talab qiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar oldida mashaqqatli, ammo sharafli bо‘lgan ishlar turibdiki, ular yetishib kelayotgan yosh yigit qizlarga milliy ruhda ta’lim tarbiya berishi, ertangi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mana shunday muammolarni bartaraf etishda tasviriy san’at tarixini puhta bilish, mustaqillik davrida erishilgan yutuqlarni mukammal bilish, o‘zlashtrish muhim ahamiyat kasb etadi.


  • Foydalanilgan adabiyotlar.

1. I. A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. Toshkent – 1999-yil.


2. I.A.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz.T. O‘zbekiston, 2000-yil.
3. Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent – «O‘zbekiston» 2017-yil.
4. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent – «O‘zbekiston» 2017-yil.
5. O‘zbekiston san’ati. Sharq nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent – 2001-yil.
6. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati ensiklopediyasi. Toshkent – 2014-yil.
7. N.Abdullayev. O‘zbekiston san’ati tarixi. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent – 2007-yil.
8. N. Oydinov. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. Toshkent - O‘qituvchi 1997-yil.
9. K.Akilova, I.Abdurahmonov. Tasviriy san’atda afsona va rivoyatlar. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2016-yil.
10. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi / Academy of arts of Uzbekistan. Toshkent – 2004-yil.
11. Q.Usmonov, M.Sodiqov. O‘zbekiton tarixi (talabalar uchun darslik). T. - Sharq – 2007-yil.
Rasmiy va ommabop internet saytlari: www.ziyonet.uz, www.natlib.uz, www.ilm.uz, uz.wikipedia.org
Download 40.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling