Gumanitar fani: falsafa Toshmurotov abrorjon juravoyevich


Download 29.41 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi29.41 Kb.
#117093
Bog'liq
falsafa imtixon(1)


gumanitar fani: falsafa

Toshmurotov abrorjon juravoyevich

1.Sharq uyg'onish davri Falsafasi(Forobiy, Ibn Sino).

Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi. Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar.



Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e'tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya'ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning ob'ektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037 Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn Yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan.). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir.. Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma'noda qomusiy bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot ob'ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan. Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab yetishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.

Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a'zosisiz idrok etadi, degan ta'limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hyech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu, masalan, ko‘rish uchun muhit bo‘lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko‘rish organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir, chunki hissiy idrok etish jonning o‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo‘lib chiqar, ulardan hyech qanday naf bo‘lmas edi», deb yozadi va so‘zining davomida neoplatoniklarning qarashlari asossiz ekanligini ta'kidlab, haqiqat sezgilar tana a'zolariga muhtojligidadir,  degan xulosaga keladi.

Alloma sezgilarni va tuyg‘ularning barcha shakllarini o‘rganib, ularning fiziologik asoslarini, ya'ni miya tuzilishida sezgi markazlarining joylashuvini tushuntirishga harakat qildi. Miyani aks ettirish faoliyatining bosh apparati deb talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog‘ladi va uni idrok etish va sezish asosi  deb e'tirof etdi.


  1. Etika fanining predmeti, moxiyati va tuzilmasi

Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. G`arbda esa “Axloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham yaqin-yaqingacha ushbu atamadan foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi yunoncha “ethos” so`zidan olingan bo`lib “odat”, “fe`l”, “fikrlash tarzi” singari ma`nolarni anglatadi. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasniflar ekan ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani, ikkinchi guruhga etika va siyosatni, uchinchi guruhga esa san`at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga ko`targanlar va “Etika” deb ataganlar.

Axloqshunoslik - bu axloq nazariyasi bo’lib, kishilarning axloqiy hayotini o’rganadigan, axloqiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir.

Axloq – barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko`rinishidan iborat bo`lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma`naviy hodisa. Axloq jamiyatda turli funksiyalarni bajaradi, ular orasida quyidagilar eng muhimi hisoblanadi. 



  • kishilar orasidagi turli munosabatlarni muvofiqlashtirish; 


  • kishilar faoliyatining insonparvar qadriyatlari va mo`ljallarini belgilab berish; 


  • shaxsni ijtimoiylashtirish. 

Ushbu vazifalarni bajarar ekan, axloq zaruriylk, aqlga muvofiqlik va umuminsoniylik namunalarini namoyish etadi.



Bugungi kunda axloqshunoslik falsafiy fan sifatida uch yo`nalishda ish olib boradi, ya`ni u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o`rgatadi. Shunga ko`ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me`yoriy tabiatga ega.Axloqshunoslikda inson xatti-harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa – illatlarda namoyon bo`ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo`lgan qadimgi faylasuflar ta`kidlaganlaridek, ikki illat oralig`ida ro`y beradi. Chunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg`anchilik bilan rujuning o`rtalig`i sifatida voqe bo`ladi.Fazilat va illatlar esa o`z navbatida axloqiy tushunchalarda namoyon bo`ladi.
Download 29.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling