Gumanitar fanlar adabiyot va san'atning rivojlanishi mundarija: Kirish
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishishning bugungi kundagi ahamayati
Download 62.03 Kb.
|
GUMANITAR FANLAR ADABIYOT VA SAN\'ATNING RIVOJLANISHI
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishishning bugungi kundagi ahamayati
Global dunyoning global muammosi nimada? Bizning nazarimizda global muammoning eng keskin va o'tkir tig'lisi Inson qadrining qadrsizlanib ketayotganligidir. Ha, aynan inson qadrining qadrsizlanishi barcha globall muammolarning asosiy ildizi. Chunki inson borlig'ini qamrab olayotgan jamiki salbiy illatlar (giyohvandlik, boylikka hirs qo'yish, adolatsizlik, millatchilik, hayosizlik, andishasizlik, xiyonat, sotqinlik, vahshiylik, vijdonsizlik va h.k.) uning tabiat va jamiyatga shafqatsizlarcha munosabatda bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shuningdek, rang-barang o'zgarishlarni o'zida aks ettirayotgan dunyoning mavkuraviy manzarasi yer yuzida istiqomad qilayotgan barcha kishilarni ogoh bo'lishi va sergak tortishini taqqazo etmoqda. Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ehtiyojning ortishini Prezidegntimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikridan yaqqol anglashimiz mumkin: "Bizda uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlarga nisbatan birtomonlama texnokratik yondoshuv, bu boradagi masalalarga ajabtovur bir "o'gay" qarash shakllanib qolgan. Ayni paytda, afsus bilan qayd etish mumkinki, haligacha uzluksiz ta'lim bosqichlarida, ayniqsa oliy ta'limda ijtimoiy fanlarni qancha hajmda va qanday yo'nalishlarda, qay bir shaklda va qanday mazmunda o'qitish va o'rgatish bo'yicha yaxlit kontseptsiya yo'q" [1] . O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yilning "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili", deb nomlanishi ham bejiz emas, albatta. Aslida ham inson bu yorug' olamning eng oliy mavjudoti, eng oliy qadriyat ekanligi barcha dindarda ham, fanlarda ham bot-bot takrorlanib keladi. Biroq unga amal qilish masalasida bugun olimlar ham, odamlar ham ojizdek. Inson qadri nimada namoyon bo'ladi?, Inson qachon qadrli mavjudot sifatida e'tirof etiladi? Inson qadri avvalo uning ongli mavjudot ekanligi, ilm-tafakkuri, imon-e'tiqodi, go'allikni yarata olishi, ezgulik urug'ini sochishi, mehr-oqibatni namoyon eta olishi, qalblarni ka'ba deb bilishi kabilar bilan qadrlidir. Agar masalaga yanada jiddiyroq yondoshadigan bo'lsak, insonni qadrlaydigan sifat va fazilatlar qanday shakllantiriladi, ularni kim va qachon, qanday usullarda o'rgatadi? Bularning javobini biz bevosita ilm-fan, ta'lim tarbiyadan topamiz. Aynan insnnning ma'naviy kamolini, insoniy qadr-qimmatini shakllantiradigan fanlar bu - ijtimoiy-gumanitar fanlardir. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda yuzaga kelayotgan muammolar inson qadrini yo'qolishiga, jamiyatdagi beqarorliklarni yuzaga kelishiga, insonlardagi loqaydlik, sovuqqonlik, mas'uliyatsizlik kayfiyatini yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Ma'lumki, "O'zbekiston - ulkan tabiiy zahiralar, iqtisodiy va insoniy salohiyatga boy mamlakat. Ammo yaratganni o'zi ato etgan yana bir beboho boyligimiz borki, u ham bo'lsa, xalqimizning beqiyos intellektual va ma'naviy salohiyotidir. Ilm-fan namoyondalarining, ta'bir joiz bo'lsa, igna bilan quduq qaziydigan zahmatkash olimlarimizning mashaqqatli ilmiy izlanishlari mamlakatimiz uning bugungi va kelgusi ravnaqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu fidoiy insonlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish maqsadida biz bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etamiz." [2] deb ta'kidlagan O'zbebekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. Chindan ham so'nggi yillarda mamlakatmizda tub burilish davrini boshlab berib, amalga oshirilayotgan islohatlar orqaga qaytmas va to'xtatib bo'lmas suratlarda rivojlanayotganligini ko'rishimiz mumkin. Bugun yurtimizdagi o'zgarishlarga xalqaro keng jamoatchilik diqqat-e'tibor qaratib, katta qiziqish bildirmoqda. Bu esa shu jamiyatning a'zosi bo'lgan har bir fuqaroning zimmasiga mas'uliyat yuklaydi. Mazkur tushunchaning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish aholi ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar soha mutaxassislarining o'rni va ro'li nihoyatda ahamiyatlidir. Jamiyatda millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, insonparvarlik va hamjihatlik kabi tamoyillarni mustahkamlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ta'siri yuqori sanaladi. Biroq hozirgi vaqtda ayrim muammolarning ko'lami va miqiyosi kengayib borib, bir qator tizimli muommolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, keskin kurash va raqobat avj olayotgan globallashuv sharoitida milliy o'zlikni anglash jarayonlariga turli yot g'oyalarni salbiy ta'siri ortib, odamlarning qalbi va ongini egallash uchun bo'layotgan murosasizlik ijtimoiy-gumanitar sohadagi fundamental, amaliy va innovatsion ishlarni jonlashtirishni talab etmoqda. Shuningdek jahon sahnasida sodir bo'layotgan turli jarayonlarning mazmun-mohiyatini anglash darajasi pastligi, bu boradagi yaxlit tushuncha va tasavvurlarning yetarlicha shakllanmagani terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, ommaviy madaniyat, narkobiznes va turli transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashishda samarali tizim va doimiy ishlaydigan mehanizm yaratish lozim. Mamlakatimiz tinchligi, jamiyatimiz barqarorligi umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlarimizga qarshi qaratilgan xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayot tarzini barbod qilishga yo'naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qashi kurashishning samarali usul va vositalarini ishlab chiqish, qo'llash ishlari zamon talablaridan ortda qolmoqda. Mamlakatimizdagi ta'lim tizimida boshlangan islohotlar o'quvchi va o'qituvchilarning ham o'z ustida ishlashga, izlanishga, ilmiy-ijodiy faoliyatga undayotgani barchamizni quvontiradi. Biroq hali bajarishimiz kerak bo'lgan vazifalar talaygina ekanligini mavjud muammolar va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 yanvar 2022 yildagi PF-60 son «2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi[3] farmonida ko'rsatilgan bir qator quyidagi ustuvor vazifalar mazmunidan ham bilishimiz mumkin: 1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish. 2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish. 3. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash. 4. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish. 5. Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish. 6. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish. 7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.[3] Manashu beligilangan vazifalarning birortasi yo'qki, uni ijtimoiy-gumanitar fanlarning yordamisiz bajarish mumkin bo'lsa. Demak, Inson qadri, inson qadrini ko'tarishga qaratilgan chora-tadbirlar avvalo ijtimoiy-gumanitar fanlarning qanday o'qitilishi bilan chambarchas bog'liqdir. Bunda eng avvalo uzluksiz ta'limni gumanitarlashtirish, ijtimoiy gumanitar sohada olib borilayotgan tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish zarur. Nazariy jihatdan ilmiy asoslangan g'oyalarni realizatsiya qilish ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyani ta'minlashga xizmat qiladi. Sir emaski, uzoq vaqt davomida nazariyani amaliyotdan uzilib qolganligi bois qabul qilingan turli konsepsiyalar, unda ilgari surilgan g'oya va tamoyillar asosida yagona g'oya atrofida barchani birdek birlashtirish birmuncha murakkab jarayonga aylandi. Bu esa ijtimoiy-gumanitar fanlarning bugungi kundagi ahamiyatini oshirib, hali qilinishi kerak bo'lgan ishlarning ko'pligini ko'rsatadi. Bu borada quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda avvalo o'quv dasturlarini jiddiy tahlil qilishi kerak. Takroriy mavzulardan qochish, ularni shunga yaqin bo'lgan mavzular mazmuniga singdirish kerak; - davlatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni har bir ijtimoiy-gumanitar fan o'qituvchisi o'z sohasidan kelib chiqqan holda, muayyan yo'nalishini chuqurroq tahlil qilib, bu vazifalarni bajarish uchun bo'lajak kadrlar nimalarga e'tibor qaratishi zarur ekanligini anglab yetishlari kerak; - ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid yangi sifatli adabiyotlar yaratish soha mutaxassislari oldidagi muhim vazifadir; - ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishning samarali texnolagiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish; - jamiyatda ijtimoiy-gumanitar sohada yig'ilib qolgan muammolarni yechimini topish, ilg'or ilmiy nazariyalarni ommalashtirish maqsadida tadqiqot va aql markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish; - ijtimoiy-gumanitar sohadagi materiallarni turkumlashtirib, mazmun-mohiyatini yoritadigan tahliliy ruhdagi platforma yaratish zarur. Mazkur bildirilgan takliflar sohani yangi sifat bosqich chiqishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. G'arbda gumanitar fanlarning tarixi qadimgi Yunonistonda kuzatilishi mumkin, bu fuqarolar uchun keng ta'limning asosi sifatida. Rim davrida ettita tushunchasi liberal san'at o'z ichiga olgan holda rivojlandi grammatika, ritorika va mantiq (the trivium ), bilan birga arifmetik, geometriya, astronomiya va musiqa (the kvadrivium ). Ushbu mavzular asosiy qismini tashkil etdi o'rta asrlar mahorat yoki "bajarish usullari" sifatida gumanitar fanlarga e'tibor berib, ta'lim. Bilan katta o'zgarish yuz berdi Uyg'onish davri gumanizmi o'n beshinchi asrda, gumanitar fanlar amaliyotdan ko'ra ko'proq o'qish kerak bo'lgan mavzular sifatida ko'rib chiqila boshlandi va shunga mos ravishda an'anaviy sohalardan adabiyot va tarix kabi sohalarga o'tdi. 20-asrda bu qarash o'z navbatida postmodernist gumanitar fanlarni ko'proq aniqlashga harakat qilgan harakat teng huquqli uchun mos shartlar demokratik gumanitar fanlar paydo bo'lgan yunon va rim jamiyatlaridan beri jamiyat umuman demokratik bo'lmagan. Ta'lim va ish bilan ta'minlash Ko'plab o'nlab yillar davomida jamoatchilikning gumanitar bilimlar bitiruvchilarini ishga joylashish uchun etarli darajada tayyorlamasligi haqidagi fikrlari kuchayib bormoqda.[45] Umumiy e'tiqod shuki, bunday dasturlarni bitirganlar ishsizlik va daromadlari gumanitar fanlar ta'limi sarmoyaga loyiq bo'lishi uchun juda past darajada duch kelmoqdalar. Darhaqiqat, gumanitar fanlar bo'yicha bitiruvchilar turli xil boshqaruv va kasbiy kasblarda ish topadilar. Masalan, Britaniyada 11000 dan ortiq gumanitar yo'nalishlar quyidagi kasblar bo'yicha ish topdilar: Ta'lim (25,8%) Boshqaruv (19,8%) Media / Adabiyot / San'at (11,4%) Qonun (11,3%) Moliya (10,4%) Davlat xizmati (5,8%) Notijorat (5,2%) Marketing (2,3%) Tibbiyot (1,7%) Boshqalar (6,4%) Ko'plab gumanitar fanlarni tugatganlar, hech qanday martaba maqsadi bo'lmagan holda universitetni tugatadilar.[48][49] Binobarin, ko'pchilik bitiruvdan keyingi bir necha yilni keyin nima qilish kerakligini hal qilish bilan o'tkazadi, natijada ularning martaba boshida daromadlar kamayadi; shu bilan birga, kasb-hunarga yo'naltirilgan dasturlarning bitiruvchilari mehnat bozoriga tezroq kirib borishadi. Ammo, odatda, bitiruvdan keyin besh yil ichida gumanitar fanlarni tugatganlar o'zlariga yoqadigan kasb yoki martaba yo'lini topadilar. Gumanitar yo'nalishlar bo'yicha bitiruvchilarning boshqa universitet dasturlari bitiruvchilariga qaraganda kam daromad olishiga oid empirik dalillar mavjud.[52][53][54] Biroq, empirik dalillar shuni ko'rsatadiki, gumanitar fanlarni bitirganlar hali ham o'rta maktabdan keyingi ma'lumotga ega bo'lmagan ishchilarga qaraganda ancha yuqori daromad olishadi va boshqa sohalardagi tengdoshlari bilan taqqoslaganda ishdan qoniqish darajalariga ega.[55] Gumanitar fanlarni tugatganlar, shuningdek, martaba o'sishi bilan ko'proq pul ishlashadi; bitiruvdan o'n yil o'tgach, gumanitar fanlar bitiruvchilari va boshqa universitet dasturlari bitiruvchilari o'rtasidagi daromad farqi endi statistik jihatdan ahamiyatli emas.[48] Gumanitar fanlarni tugatganlar, agar ilg'or yoki professional darajalarga ega bo'lsalar, bundan ham ko'proq daromad olishlari mumkin. Qo'shma Shtatlarda Advertisement Asosiy maqola: Qo'shma Shtatlardagi gumanitar fanlar Gumanitar ko'rsatkichlar The Gumanitar ko'rsatkichlar, tomonidan 2009 yilda ochilgan Amerika San'at va Fanlar Akademiyasi, Qo'shma Shtatlardagi gumanitar fanlar to'g'risidagi ma'lumotlarning birinchi to'liq to'plamidir, olimlarga, siyosatchilarga va jamoatchilikka boshlang'ich ta'limdan gumanitar ta'lim, gumanitar kadrlar, gumanitar fanlarni moliyalashtirish va tadqiqotlar va jamoat gumanitar faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot beradi. Milliy Ilmiy Kengashning Ilmiy va muhandislik ko'rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan Gumanitar Ko'rsatkichlar Qo'shma Shtatlardagi gumanitar fanlarning holatini tahlil qilish uchun ishonchli ko'rsatkichlar manbai hisoblanadi. Agar "STEM inqirozi afsona" bo'lsa, gumanitar fanlardagi "inqiroz" haqidagi bayonotlar ham chalg'ituvchi va Gumanitar Ko'rsatkichlar tomonidan to'plangan ma'lumotlarga e'tibor bermaydi. Amerika hayotidagi gumanitar fanlar 1980 yilgi Amerika Qo'shma Shtatlarining gumanitar fanlar bo'yicha komissiyasi gumanitar fanlarni o'z ma'ruzasida bayon qildi, Amerika hayotidagi gumanitar fanlar: Gumanitar fanlar orqali biz asosiy savol haqida mulohaza yuritamiz: inson bo'lish nimani anglatadi? Gumanitar fanlar maslahatlar beradi, ammo hech qachon to'liq javob bermaydi. Ular qanday qilib odamlar mantiqsizlik, umidsizlik, yolg'izlik va o'lim tug'ilish, do'stlik, umid va aql kabi ko'zga tashlanadigan dunyoni axloqiy, ma'naviy va intellektual his qilish uchun harakat qilganliklarini ochib beradi. Mutaxassis sifatida 1950 yilda Qo'shma Shtatlardagi 22 yoshli yigitlarning 1 foizdan sal ko'proq qismi gumanitar ilmiy darajalarga ega bo'lishdi (ingliz tili, tarixi, falsafasi darajasi sifatida aniqlanadi); 2010 yilda bu ikki baravarga ko'payib, taxminan 2 yarim foizni tashkil etdi.[63] Qisman buning sababi shundaki, har qanday kollej darajasiga ega bo'lgan amerikaliklar sonining ko'payishi kuzatildi. (1940 yilda 4,6 foiz to'rt yillik darajaga ega bo'lgan; 2016 yilda 33,4 foiz).[64] Ammo berilgan darajalar foiziga ko'ra, gumanitar fanlar kamayib borayotganga o'xshaydi. Garvard universiteti bitta misol keltiradi. 1954 yilda Garvard magistrantlarining 36 foizi gumanitar fanlar bo'yicha tahsil olgan bo'lsa, 2012 yilda ularning atigi 20 foizi ushbu o'quv kursini olgan. Shimoli-sharqiy universiteti professori Benjamin Shmidt 1990-2008 yillarda ingliz tili, tarix, xorijiy tillar va falsafa bo'yicha darajalar 8 foizdan AQShdagi barcha kollej darajalarining 5 foizigacha pasayganligini hujjatlashtirdi. Liberal san'at ta'limida Gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha komissiya 2013 yil hisoboti Materiya yuragi keng tushunchasini qo'llab-quvvatlaydi "liberal san'at ta'limi Tabiatshunoslikdan san'at va gumanitar fanlarga oid fanlarni o'rganishni o'z ichiga oladi. Ko'pchilik kollejlar bunday ta'limni berish; ba'zilari buni talab qiladi. The Chikago universiteti va Kolumbiya universiteti keng maktab talab qiladigan birinchi maktablardan biri edi asosiy o'quv dasturi barcha talabalar uchun falsafa, adabiyot va san'atda.[69] Liberal san'at sohasida milliy tan olingan, majburiy dasturlarga ega bo'lgan boshqa kollejlar Fordxem universiteti, Sent-Jon kolleji, Sankt-Anselm kolleji va Providence kolleji. Qo'shma Shtatlardagi liberal san'atning taniqli namoyandalari kiritilgan Mortimer J. Adler va E. D. Xirsh, kichik. Raqamli asrda Advertisement Gumanitar fanlar tadqiqotchilari raqamli vositalar va ularni tahlil qilish usullari bilan bir qatorda tarixiy matnlarning raqamlashtirilgan to'plamlari kabi ko'plab yirik va kichik hajmdagi raqamli korporatsiyalarni ishlab chiqdilar. Ularning maqsadi korporatsiyalar haqidagi yangi bilimlarni ochish va tadqiqot ma'lumotlarini yangi va oshkora usullar bilan tasavvur qilishdir. Ushbu faoliyatning katta qismi "deb nomlangan sohada sodir bo'ladi raqamli gumanitar fanlar. STEM Hozirda Qo'shma Shtatlardagi siyosatchilar mablag'larni ko'paytirish zarurligini qo'llab-quvvatlamoqdalar STEM maydonlari, fan, texnologiya, muhandislik, matematika. Federal mablag 'STEM yoki tibbiyot kabi boshqa sohalarga qaraganda gumanitar fanlar uchun mablag'larning ancha kichik qismini tashkil etadi. Natijada kollejda ham, gumanitar sohada kollejgacha ta'lim sifatining pasayishi bo'ldi. Luiziana shtatining sobiq to'rt muddatli gubernatori, Edvin Edvards (D), yaqinda gumanitar fanlarning ahamiyatini tan oldi. Video manzilda[73] ilmiy konferentsiyaga, O'n sakkizinchi asrdagi hamjihatlik davridagi inqiloblar, Dedi Edvards Tarix texnika va ilm-fan mevalarini bizning qabilamizning rivojlanishiga yo'naltirishda qanday muvaffaqiyatga erishgan yoki muvaffaqiyatsiz bo'lganligini bizga o'rgatadigan gumanitar fanlarsiz. homo sapiensGumanitar fanlarsiz biz munozarani qanday tashkil qilishni va texnologiyaning ishlatilishi va sarf-xarajatlari haqida to'g'ri bahs-munozaralarni o'rgatadigan gumanitar fanlarsiz, gumanitar fanlarsiz qanday qilib bizning erkaklarimiz va ayollarimiz bilan yanada adolatli jamiyatni qanday yaratishni xavfsiz tarzda muhokama qilishni o'rgatamiz. texnologiya va ilm-fan oxir-oqibat oramizdagi eng ta'sirli, eng qudratli va eng qo'rqinchli narsalarga egalik qilishda va ulardan noto'g'ri foydalanishda. Evropada Xulosa: Xulosa qilib shuni aytganda raqamli tarix tarixiy tahlilni matstatistika orqali amalga oshirishga, tarixiy obidalarimizning 3D vizualizatsiyasini, tarixiy voqealarning kompyuter modellarini va eng muhimi tarixiy manbalar va hujjatlarning ma’lumotlar bazasini yaratishga imkon beradi. Masalan, Germaniyada sharq tarixi va madaniyati bo‘yicha yaxlit “CrossAsia” onlayn platformasi mavjud. Ushbu platformaga nafaqat Germaniyaning ilmiy resurslari, balki boshqa davlatlarning ilmiy ma’lumotlar bazasi ham kiritilgan. Ya’ni, tadqiqotchi Germaniyada ishlab turib, Xitoyning ilmiy jurnallari, adabiyotlari va qadimgi yozma manbalarning raqamli nusxalaridan bemalol foydalanishi mumkin. Xitoy tilidagi tarixiy yozma manbalarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni e’tirof etaman. Ulardan eng yirigi “Scripta Sinica” loyihasi bo‘lib, 1984-yildan shu kungacha loyiha doirasida jami, taxminan, 750 mln iyeroglifdan iborat 1300 dan ortiq yozma manbaning raqamli nusxasi yaratilgan va bu jarayon davom etmoqda. Ilm-fanda ochiqlik va bilimlardan erkin foydalanish prinsiplariga rioya qilish muhimdir. Biz, ko‘pincha, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo‘lyozmalar fondi bilan faxrlanamiz. Lekin ularni o‘rganish uchun mutaxassislar yetarli emas, deb noliymiz. Bu qo‘lyozmalardan faqat O‘zbekiston olimlari emas, butun dunyo ilm ahli foydalanishi ham kerak. Qo‘lyozmalarni raqamlashtirish loyihasi orqali tariximizni tadqiq etishda yangi natijalarga erishamiz, qo‘shimchasiga, noyob merosimizni avlodlarga ham yetkazgan bo‘lamiz. Albatta, bunday yaxlit bazani yaratish oson va qisqa muddatli ish emas. Sharqshunoslik instituti xorijiy jamg‘armalardan olgan grantlar hisobiga bu jarayonni boshlashga uringan. Biroq bu loyiha tegishli tashkilotlar tomonidan markazlashgan holda amalga oshirilishi zarur. Innovatsion rivojlanish vazirligi tarix va sharqshunoslik sohasidagi loyihalarga maxsus grantlar ajratsa, mutaxassislar tadqiqot mavzusi doirasida har bir loyihada to‘plagan manba va hujjatlarning ma’lumotlar bazasini yaratib borsa, keyinchalik bu materiallar O‘zbekistonning raqamli tarix platformasiga aylanishi mumkin. Biroq bu ishni boshlashdan avval tegishli institutlarni texnologik uskunalar va personal bilan ta’minlash, yosh tadqiqotchilarni raqamli tarix (Digital History), raqamli gumanitar fanlar (Digital Humanities) kabi yo‘nalishlar bo‘yicha xorijga o‘qish va stajirovkaga jo‘natish kerak. – Ilm-fanda chinakam rag‘bat ko‘rsatish, jamiyatga, xalqqa nafi yetadigan ishlarni qilish uchun nimalarga e’tibor qaratilgani, qanday yo‘llardan yurilgani ma’qul?– Birinchi navbatda xilma-xillikni ta’minlash kerak. Ya’ni, ilm qilish faqatgina bir toifa odamlar uchun yoki bir yo‘nalishdagi fanlar uchun qulayroq bo‘lmasligi kerak. Afsuski, hozir ma’lum fanlarga “yangi va istiqbolli yo‘nalishlar” nomi berilib, ularga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Fundamental fanlar, jumladan, gumanitar fan yo‘nalishlari ko‘p holatda chetda qolayotir. Chunki bu yo‘nalishlardan keladigan foyda uzoq vaqtdan keyin bilinadi-da! Biroq innovatsion texnologik rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojimiz gumanitar fanlarning qiymati va jamiyat uchun ahamiyatini anglashimizga ta’sir qilmasligi shart. Shu o‘rinda gumanitar fanlar bizga nima beradi degan savol o‘rniga gumanitar fanlar bo‘lmasa biz nima yuqotamiz, degan masala ustida o‘ylab ko‘rsak muammoning mohiyatini yaxshiroq tushunamiz. Umumiy aytganda, gumanitar fanlar bo‘lmasa, biz tanqidiy fikrlash imkoniyatini yo‘qotamiz. Tanqidsiz ilm bo‘lmaydi. Ya’ni gumanitar fanlar bo‘lmasa, boshqa fanlar ham bo‘lmaydi. Universitetlar tashkil topish tarixiga nazar tashlasak ham, ular aynan tanqid, ya’ni biror masalani tahlil va muhokama qilish uchun paydo bo‘lganini ko‘ramiz. Tasavvur qiling-da, universitetlardan tarix, falsafa va boshqa gumanitar fanlarni olib tashlasak, bu maskanlar endi universitet maqomiga ega bo‘lolmaydi va shunchaki texnik mashg‘ulotlar markaziga aylanadi. Har qanday universitet yoki ilmiy-tadqiqot instituti tanqid markazi bo‘lishi kerak, ya’ni, gumanitar fanlar taqdiri boshqalarni ham chuqur o‘yga solishi lozim. Negaki, gumanitar fanlar yo‘q bo‘lgan kun, biz bilgan universitetlar va ilm-fan o‘lgan kundir. Download 62.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling