Gumanitar fanlar adabiyot va san'atning rivojlanishi mundarija: Kirish


Download 62.03 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi62.03 Kb.
#1502090
  1   2   3   4   5
Bog'liq
GUMANITAR FANLAR ADABIYOT VA SAN\'ATNING RIVOJLANISHI


GUMANITAR FANLAR ADABIYOT VA SAN'ATNING RIVOJLANISHI
Mundarija:
Kirish.

  1. San’at va shaxsni gunmanitar rivojlanish omili

  2. Dekorativ amaliy san’at rassomlarini tayyorlash jarayonida gumanitar fanlarni o‘qitishning xususiyatlari

  3. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishishning bugungi kundagi ahamayati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
“Tarixni o‘rgangandan nima foyda? – deb yozg‘irardi kimyogarlar. – Mana biz bir olam mahsulot ishlab chiqaramiz, hayotni yengillashtiramiz. Hech narsa ishlab chiqarmaysizlar, jamiyatga foydalaring ham tegmaydi!”
“Buni tushuna olmaysizlar, – deya himoyalanardi tarixchilar. – O‘tmishsiz kelajak yo‘q. Qorin bilan ish bitmaydi, undan muhimroq narsalar ham bor”.
Bunday dahanaki olishuvlar ko‘p holda hazil ohangida kechsa-da, hazil tagida zil borligini payqardim: hayotda tarix va adabiyotning, til va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham ahamiyati, o‘rni borligi bir qarashda shoyon ko‘rinib turganday bo‘lsa ham, aniqroq, teranroq javoblarga ehtiyoj sezardim. Dastlab talabalik yillarim, so‘ng ilmiy faoliyatim asnosida ustozlar, hamkasblarga shu savol bilan murojaat etdim. Bu o‘ziga xos surishtiruvim yakunida shunga amin bo‘lgandimki, o‘qituvchi, tadqiqotchi, professorlarning ham aksari faoliyat yuritayotgan sohasining jamiyatga manfaati haqida yo stereotipik tasavvurlarga ega, yoxud ishini befoyda deb hisoblaydi.
“Ma’naviyat, milliylik, o‘zlik, axloq­odob... suv bilan havodek zarur-ku. Mamlakat texnologik jihatdan rivojlanib ketgani bilan, xalq milliy qiyofasini yo‘qotsa, katta fojia emasmi?” – eng keng tarqalgan javob shunday mazmunda edi. Ushbu balandparvoz fikr zamirida ma’lum haqiqatlar yo‘q emas, albatta. Lekin unga ratsionallik yetishmaydi, chamamda.
Bir necha yil muqaddam chet el akademik muhitida malaka oshirish imkoniyati tug‘ilganida yana shu masalaga qaytib, amerikalik gumanitariylarning fikrini so‘rab-surishtirdim. G‘arb akademik fanidagi umumiy tendensiyalar, qarashlar, hukmron konsepsiyalar haqida tasavvurga ega esam-da, bevosita guvohi bo‘lganim manzara meni hayratda qoldirdi: kamina tadqiqot olib borayotgan Jorj Vashington universiteti olimlari gumanitar mavzularni pragmatik ruhda muhokama qilar, mazkur sohaning jamiyatga keltirayotgan moddiy manfaatini ham ishonarli tarzda asoslab-isbotlab berishar edi. Producing knowledge – bilim ishlab chiqarish istilohi anjuman va treninglarda qayta-qayta yangrardi. Bilim ishlab chiqarishga ketadigan xarajat, resurslar, undan keladigan daromad aniq iqtisodiy birliklarda ifodalanardi. Gumanitar sohaning iqtisodiy ahamiyati quruq romantika bilan emas, balki ilmiy fondlar, yirik korporatsiyalar, davlat tashkilotlari taklif etayotgan shartnomalar, loyihalar, grantlar asosida izohlanardi.
Davlat tashkilotlari moddiy evaz kutmay o‘qituvchi, tarixchi va jamiyatshunoslarga mablag‘ ajratishini postsovet kishi ham aqliga sig‘dira oladi. Biroq neft-gaz kompaniyasi dinshunoslarni o‘qitishga pul ajratishini qanday tushunsa bo‘ladi? Energetika shirkatlariga dinshunoslar nega kerakligini izohlash uchun gapni uzoqroqdan boshlashga to‘g‘ri keladi.



  1. Download 62.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling