Gumanitar fanlar adabiyot va san'atning rivojlanishi mundarija: Kirish


San’at va shaxsni gunmanitar rivojlanish omili


Download 62.03 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi62.03 Kb.
#1502090
1   2   3   4   5
Bog'liq
GUMANITAR FANLAR ADABIYOT VA SAN\'ATNING RIVOJLANISHI

San’at va shaxsni gunmanitar rivojlanish omili

Shaxs tushunchasi bu keng qamrovli tushuncha hisoblanadi.Har bir inson tug" ilibdiki bu shaxsdir.Lekin uning o"sib rivojlanishi katta ahamiyatga ega.Yosh bola bir yoki ikki yosh paytidan unga tarbiya berish boshlanadi.Yetti yoki sakkiz yosh paytidan esa uning yoniga talim ham qo"shiladi.Har ikkalasi yilllar davomida teng ravishda berib boriladi.Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga kasb yoki hunarga yo"naltirish beriladi. Shu paytdan boshlab bola oz kelajagiga birinchi qadamni tashlaydi.Endi u omma ichida o zini qanday tutishlar va qanday rivojlanishlar haqida fikr yurita boshlaydi.Agar bolani yosh paytidan odamlar ichida ko"proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson boladi va u kata shaxs bo"lib yetishadi.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi.Odam shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida his etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i kerak.Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o'rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta' limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi.Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga karatilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi. Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviy axloqiy qiyofasi, estetik didi o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta'lim va ma'lumot olish tor ma'nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmay, balki axloqiy-ma'naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit tasir ko'rsatadi.Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar.Ijtimoiylashuv jaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak.
Tillar evolyutsiyasi aniq matematik modellarga tayanadi. Ushbu modellar asosida muayyan til o‘tmishda qanday jaranglagani va kelajakda qanday tusga kirishini bilsa bo‘ladi. Shu yo‘l bilan til tarixi, til futurologiyasi va tillarning o‘zaro aloqalari o‘rganiladi. Demak, tilshunoslik aniq fan hamdir.
Til ijtimoiy muloqot vositasi o‘laroq odamlarning bir-birini tushunishi, axborot almashuviga xizmat qiladi. Suhbat asnosida ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Ya’ni tilshunoslik ijtimoiy fandir.
Ilm tarmoqlarining mohiyati, tadqiqot obyekti o‘ylaganimizdan murakkabroq ekani ayon bo‘lmoqda. Bir fan o‘zak xususiyatlariga ko‘ra gumanitar, aniq, tabiiy, texnik, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy guruhga nisbat berilishi mumkin. Shu sabab oxirgi o‘n yilliklarda mutaraqqiy dunyoda fanlararo tadqiqotlar urfga kirmoqda: tilshunoslar dasturchilar bilan, biologlar jamiyatshunoslar bilan hamkorlik qilmoqda; tarixni matematik modellashtirish, inson munosabatlari anatomiyasi, tarixiy voqealar ekologiyasi singari alomat tadqiqot yo‘nalishlari ilgari surilmoqda. Qolaversa, antropologiya singari yirik yo‘nalish shakllanmoqda. Antropologiya, bizga maktabda o‘rgatilganidek, insonning tashqi qiyofasi haqidagi fan emas – bu uning juda kichik, biologiyaga yondosh bo‘lagidir; u inson haqidagi bilimlar tizimi o‘laroq juda keng maydonni egallab, jamiyatshunoslik, sotsiolingvistika, psixologiya, madaniyatshunoslik, etnografiya, etnologiya, sharqshunoslik va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar keltiradigan naf jillaqursa fanlararo tadqiqotlarda bo‘y ko‘rsatayotir. Ammo baribir oq-qora tasnifga o‘rgangan postsovetcha miyamizning bir chetida savol tug‘ilaveradi: fanlar tizimida gumanitar jabha qanchalik naf keltiryapti, balki u shunchaki dastyor, xizmatkordir?
Ikkiyoqlama muammo
Yaqinda faoliyat boshlagan O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy loyihalarga mablag‘ ajratishini e’lon qilib, munosib takliflarni qidira boshlaganida mamlakatda gumanitar soha to‘qnash kelayotgan ikkiyoqlama muammo ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi.
Bir tomondan, ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklar vakillari yetarli miqdorda innovatsion loyihalar taqdim eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Sovet davridan meros bo‘lib qolgan, bozor iqtisodiyoti va raqobatdan yiroq akademik tizim hozirga qadar isloh etilmayotgani buning sabablaridan biri bo‘lsa ajab emas. Loyihaviy faoliyatga o‘rganmagan, vazifasi ma’naviyatni oshirish va milliylikni targ‘ib qilish deb biladigan odamlardan qanday innovatsiya kutish mumkin?
Ikkinchi tomondan, O‘zbekiston akademik tizimida nisbatan ustunlik qiladigan, ilg‘orroq hisoblanadigan texnik sohalar, tabiiy va aniq fanlar vakillari ham gumanitar tadqiqotlarning mazmun-mohiyatini yanglish tushunishi oshkor bo‘ldi. Loyihaga qo‘yiladigan birlamchi talablardan biri mahsulot taqdim etishdir. Ana shu nuqtada gumanitar tarmoq vakillarida “biz ham mahsulot ishlab chiqaramizmi” qabilida taraddud, ikkilanish paydo bo‘ldi.
O‘z vaqtida men ham shu savolga javob qidirar ekanman, rossiyalik antropolog Valeriy Tishkovning teran mulohazalariga duch keldim. Bu olim SSSR parchalanib, Rossiya ilm-fani tushkunlikka uchraganida, akademik sohani qaytadan oyoqqa turg‘izish, sovet metodologiyasi va mavzular qamrovini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelganida ijtimoiy antropologiya haqida salmoqli maqolalar yozgan. “Gumanitar soha olimi yaratadigan asosiy mahsulot – kitob, maqola, sharh yoki taqriz ko‘rinishidagi ilmiy matndir” deydi V.Tishkov.
Ko‘lamni kengaytirib, olimlar, san’atkorlar, ekspertlar ishlab chiqaradigan mahsulot – matn yoki asardir, deyish mumkin. To‘g‘ri, ijtimoiy-gumanitar fanlarning missiyasi bu bilan cheklanmaydi, lekin, nazarimda, ushbu ta’rif bu boradagi bahslarga chek qo‘yadi.
Sifatli ilmiy matn, qo‘yingki, har qanday janrda arzirli matn yaratish – oson ish emas. Umrboqiy roman yozish, aqliy yetuklikdan tashqari, uzoq yillik mehnatni talab qiladi. Ilm-fanda o‘zgarishlar yasaydigan qarashlar ilgari surilgan va asoslangan ilmiy matnni yaratishga esa bir izlanuvchining umri yetmasligi mumkin. Sifatli tahliliy maqola yoki hisobot tayyorlash, qiziqarli ssenariy yozish, ijtimoiy tadqiqotlar, jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazish ham ko‘p vaqt va ulkan intellektual mehnat talab qiladigan yumushlardir. Bugun yangi yirik adabiy shaxslar maydonga chiqmayotgani, tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradigan tadqiqotlar dunyo yuzini ko‘rmayotgani, sifatli kinoasarlar suratga olinmayotgani, jurnalistlar chin ma’noda jamiyat sanitariga aylana olmayotgani shu xusus bilan izohlanadi. Sirasini aytganda, bitta salmoqli roman, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi bitta yirik tadqiqotning qiymati aniq yoki tabiiy fanlardagi olamshumul kashfiyotning qiymatidan qolishmaydi.



  1. Download 62.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling