Gumanitar fanlar fakulteti O‘ta 19\1 guruh talabasi Mamatqulova Ruqiya Bekmurod qizining Otning grammatik kategoriyalari
Download 68.21 Kb.
|
5 Otning grammatik kategoriyalari
1.2. Otning morfologik xususiyatlari
1) Ot son kategoriyasiga ega, ya’ni predmet anglatuvchi so‘zlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi. Otlar birlik sonda yakka bir predmetni ifodalaydi: daraxt – yakka bir predmet, birlik son shaklida kelgan; daraxtlar – noaniq ko‘plik son shaklida kelgan; 2) ot egalik kategoriyasiga ega, ya’ni predmetning uch shaxsdan biriga (so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga shaxsga) taalluqliligini, qarashliligini, maksubligini bildiradi: mening daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi; 3) ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma’nosiga ega bo‘lib, bu kelishik shakllari otning boshqa so‘zlarga bo‘lgan sintaktik munosabatini ifodalaydi (Barnoning kitobi, kitobni o‘qidi, kitobdan foydalandi kabi); Ot o‘ziga xos sintaktik belgilarga ham ega: 1) ot ot bilan bog‘lanadi. Bosh va qaratqich kelishigidagi otlar ana shunday xususiyatga ega: paxta g‘ururimiz, farzandning baxti kabi; 2) ot fe’l bilan bog‘lanadi, ya’ni tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar fe’l bilan birikadi: xatni o‘qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan, xatdan ko‘chirdi kabi; 3) ot ba’zan sifat, ravish, son, olmosh, taqlid va undov so‘zlar bilan ham birika oladi: osmon tiniq, uylar ko‘p, beshta bola, maqsadim shu, dupur-dupur ovoz, holiga voy kabi; 4) bosh kelishik shaklidagi ot gapda asosan, ega va kesim, ba’zan sifatlovchi-aniqlovchi, izohlovchi kabi gap bo‘laklari vazifasida, shuningdek, undalma, nominativ gap tarzida keladi. Masalan: O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat (I.Karimov). Olim kishi o‘zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Seni ulug‘layman, ey ona xalqim (A.O.) Subhidam. Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi (P.Q.); 5) Qaratqich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi: Sen Pushkinning sevgan malagi (A.O.); 6) tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar to‘ldiruvchi, hol, ba’zan kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi (S.A.). Bog‘ chada daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi (O.). Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda. (Maqol). Demak, otning qanday sintaktik vazifada kelishi uning qaysi kelishik shaklida kelishi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, ot so‘z turkumi so‘z yasalish xususiyatiga ega. Ot so‘z turkumi faol so‘z yasalish usullari morfologik, sintaktik va faqat ot so‘z turkumi yasaydigan abbreviatsiya usuli bilan yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, sevinch (morfologik usul bilan); belbog‘ , ko‘zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); DAN, ToshDPU (abbreviatsiya usuli bilan) kabi. Otlarda modal shakl yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma’no otning leksik ma’nosiga kengaytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq, ta’kid, umumlashtirish kabi qo‘shimcha ma’nolarni qo‘shish bilan hosil qilinadi: qizcha, qo‘zichoq, bo‘taloq, bolagina, Karimjon, Ra’noxon, un-pun, non-pon kabi. Quyida [-lar] shaklining otdagi grammatik ma‘nolarini (OGM) sanaymiz. «Ko’plik» [-lar] shakli eng ko’p ifodalaydigan ma‘no. Bunda [-lar] UGMsining kategorial ma‘nosi «ko’plik» bo ̳lsa, unga dialektik yondosh bo ̳lgan ma‘no – «miqdoriy noaniqlik» va «sifatiy bo’linuvchanlik». Ya‘ni grammatik ma‘no «bo ̳linuvchan noaniq ko‘plik». Demak, «ko’plik» ma‘nosi ifodalanganda, albatta, o’z-o’zidan «noaniqlik» va «bo’linuvchanlik» ma‘nosi yuzaga chiqishi shart. Bunga misol: Tepamda mo‘ltirar oy sohibjamol, Yulduzlar boshimga yog‘ilgan savol. (M.Yusuf, Saylanma,129-b) Yulduznin ko’pligi ayon. Ammo uning nechtaligi noaniq va bu ko’plik bo’;linuvchan (yulduz+yulduz+yulduz...). «Jamlik» ma‘nosi ba‘zan sezilar-sezilmas, ya‘ni bo’linuvchanlik xususiyatini saqlagan holda (a) yuzaga chiqsa, ayrim holda, xususan, turg ̳unlashib qolgan izofada (b) yaqqol yuzaga chiqadi: a) kishilar orzusi, qushlar bayrami; b) ishchilar sinfi, o‘qituvchilar ro‘znomasi, kitoblar uyi. [-lar]ning miqdoriy va sifatiy belgisi ayrim holda unga makon va zamon o’lchovida taxminiylikni ifodalashi mumkin: Masalan, Men Muhammadjon bilan uzoq yillar mobaynida yonma-yon ishladim, yonma-yon yashadim.(M.Yusuf. Saylanma, 275-b.) [-lar] ning kuchaytirilgan ma‘no ifodalashi: Jonlarimga tegib ketding. Bundagi kuchaytirish [-lar]ning «ko’plik» ma‘nosiga bog ̳liq. Chunki ko’p narsa mantiqan kuchli bo’ladi. Uni kuchli qilib ko ̳rsatish uchun ko’plik shakli berilmoqda. ‖O‘zbek tili grammatikasi‖ning 1- tomida otlardagi sonning ko’plik va birlik shakliga alohida to ̳xtalgan. Masalan: -lar affiksi ko’plik formasi deb ataladi; shunga ko’ra shakl va ma‘noda unga zid qo ̳yiladigan‖ affikssiz holat birlik formasi deb yuritiladi. Masalan, daraxt - birlikdagi ot, daraxtlar -ko’plikdagi ot deyiladi. Bunday nomlash grammatik (formal) yondashishni aks ettiradi, albatta. Mantiqan esa daraxtlar emas daraxt ko’p. Chunki daraxt, yakka predmetni anglatishidan tashqari, shunday nomlanuvchi predmetlarning barchasini (turni yalpisiga) ham bildiradi, bunda miqdor chegaralanmagan bo’ladi. Daraxtlar so’zida esa -lar affiksi miqdorni chegaralaydi. Daraxtlar deganda shu turdagi predmetlarning barchasini tushunib bo’lmaydi, faqat ko’z oldiga keltirish mumkin bo’lgan qandaydir to ̳dalari, xillari qamrab olinadi. Shu jihatdan yondashsak, turdosh otda predmetning ko’pligini leksemaning o’̳zi bildiradi, -lar esa «chegaralanganlik» ma‘nosini va unga zid qo’yiladigan Ø I formasi «chegaralanmaganlik» ma‘nosini ifodalaydi.8 Haqiqatda, o’zbek tilida yakkani ifodalovchi maxsus forma yo ̳q, turdosh ot leksema ma‘lum kontekstdagina yakka predmetni bildira oladi, o’̳zicha esa son jihatdan noaniq bo’ladi. Asli bola kabi formaga birinchi galda «umuman» ma‘nosi xos, «bitta» ma‘nosi esa -lar affiksining «bir necha» ma‘nosiga zidlanishda yuzaga keladi. Demak, bola kabi so’z asli grammatik son jihatidan neytral. Ana shunday neytrallik sababli bu formadagi ot oldidan bittani va bittadan ortiqni ifodalaydigan sifatlovchi keltiraverish mumkin: bitta bola - bir necha bola, ancha bola kabi. Ko ̳rinadiki, ma‘no taraqqiyoti quyidagicha borgan: umuman bola — bitta bola yoki bir necha bola. Keyingi bolalar ko’plik formasi asosida bola birlik formasi yuzaga kelgan. Download 68.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling