Gumanitar fanlar fakulteti O‘ta 19\1 guruh talabasi Mamatqulova Ruqiya Bekmurod qizining Otning grammatik kategoriyalari


Download 68.21 Kb.
bet1/7
Sana19.02.2023
Hajmi68.21 Kb.
#1214570
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 Otning grammatik kategoriyalari


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
O’zbek tilshunosligi kafedrasi

Qo’lyozma huquqida


Gumanitar fanlar fakulteti O‘TA 19\1 - guruh talabasi




Mamatqulova Ruqiya Bekmurod qizining

Otning grammatik kategoriyalari
(A.Oripov asarlari misolida)
mavzuidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: _______________


CHIRCHIQ – 2022


Kurs ishi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan.

Ilmiy rahbar


Himoya 2022-yil ______ oyining ____- kuni soat ___ da Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasida kurs ishlari himoyasi yig’ilishida o’tkaziladi.
Manzil: Toshkent viloyati Chirchiq shahri Amir Temur ko’chasi
Kurs ishi 2022-yil _______ oyining _______kunida kafedraga topshirildi.
Kurs ishi bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasida tanishish mumkin.
Manzil: Toshkent viloyati Chirchiq shahri Amir Temur ko’chasi

Yig’ilish kotibi: _____________________



Mundarija
Kirish……………………………………………………………….. ….4
I.BOB. Ot – so’z turkumi sifatida …………………………………….8
1.1. Otning ma’no turlari………………………………………..………8
1.2. Otning morfologik xususiyatlari…………………………………13 II.BOB. Otning o’ziga xos xususiyatlari…………………………..…16
2.1. Otning grammatik kategoriyalari……………………………….16
2.2. Otning grammatik kategoriya xususiyatlari (A.Oripov asarlari misolida………………………………………………………….……………..…22
Xulosa…………………………………………………………………30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………36

KIRISH
O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatorida xalqaro hamjamiyatda munosib o`rnini egallamoqda. O`zbekistonning mustaqillikga erishishi ilgari xukm surib kelayotgan siyosiy-iqtisodiy va tarbiyaviy tadbirlarga yangicha mazmun kiritadi. Ma`naviyat va ahloqiy poklikni qayta tiklash, xalqimizning milliy va madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish, qadimiy va zamonaviy milliy madaniy boyliklarni bilish, milliy, tarixiy va madaniy meros, an`analar tajribasini ta`lim, tarbiya tizimiga kiritish bugungi kunning dolzarb vazifalaridir.


Hozirgi davrda fuqorolarning ongiga mustaqillik, vatanparvarlik, sadoqat kabi tushunchalarni singdirish, ularni kelajakka buyuk davlatning munosib farzandlari qilib kamol toptirish zamon talabidir. Har bir millatning ma`naviy boyligi umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Madaniy meros o`tmishning yutug`i, uni to`la va oqilona egallash, takomillashtirish esa hozirgi zamon avlodlarining muqaddas vazifasidir. O`zining madaniy meroslarining, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta fojiadir. «Jamiyat taraqqiyotining, asosiy, uni muqarrar falokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch ma`rifatdir».
Ma’lum qilinishicha, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident Sh.Mirziyoyev farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qo‘yilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.
Farmon loyihasida ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.
Jumladan, jamiyatda muallimning obro‘-e’tibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.
Yangi asr o’qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik-psixologik va intеllеktual salohiyat bo’yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta’lim tеxnologiyalari, ta’limning intеrfaol usullari va ilg’or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Muhtaram Prеzidеntimiz I.A.Karimov o’zining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida O’zbеkistonda qabul qilingan o’ziga xos islohot va modеrnizatsiya modеli orqali amalga oshirish lozimligini ta’kidlagan1 . Buni ta’minlash bo’lajak mutaxassislarni va ilmiy-pеdagogik xodimlarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashni taqozo etadi. Bu muhim vazifani hal qilishning samarali yo’llaridan biri mutaxassislarni ilmiy tadqiqot mеtodologiyasi bilan shug’ullana oladigan qilib tayyorlashdan iboratdir. Ushbu muammo yеchimini ham muhtaram Prеzidеntimiz o’zining «Yuksak ma’naviyat – yеngilmas kuch» asarida “...farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga yеtkazish – ta’limtarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo’lishi lozim,” dеb ta’kidladi2 .
O‘quv jarayoniga tadbiq etilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti”da o’quvchilarning bilishlari zarur bo’lgan majburiy bilimlar hajmi aniq ko’rsatilgan. Ularni o’quvchilarga yetkazish, o’quvchilarni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil ravishda o’qib olish va ijodiy izlanishga yo’naltirish, o’zlaridagi qobiliyatni rivojlantira borish ko’nikmalarini orttira olish uchun o’qituvchilar yangi pedagogik texnologiya asosida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur bo’ladi. (13,14,15)
Shuningdеk, o’zlashtirilayotgan har bir predmet darsdan tashqari tadbirlar bilan uzviy bog’lanishiga erishish lozim. Buning uchun ularni o’z o’rnida sahna chiqishlarini tashkil etish, rolli o’yinlar o’tkazish orqali namoyish etsa yaxshi samara bеradi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda va odilona nazar tashlanganda, tanlangan va amalga oshirilgan muammo (mavzu)ning o’zi nihoyatda dolzarbligini, qolavеrsa, uning o’quv jarayonidagi roli bеnihoyat katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang’ich ta’lim asosiy davrlardan hisoblanadi. Agar o’quvchi boshlang’ich ta’lim davrida o’quv predmetlarini yaxshi o’zlashtirsa, yuqori sinflarda ham yaxshi natijalarga ega bo’ladi. Umumiy o’rta ta’limda yaxshi natijalarga erishgan o’quvchi kelajakda yaxshi kasb egasi bo’lib jamiyat uchun, uning ravnaqi, xalqning farovon yashashi uchun jon kuydiradigan mutaxassis bo’lib kamol topadi.(12)
Ma’lumki, har qanday fan tabiat va jamiyatda mavjud bo’lgan turli narsa va hodisalarni, inson bilan bog’liq xususiyatlarni o’rganadi. Ularni o’rganish esa mavjud bo’lgan narsa, xususiyat va hodisalarni to’plamlarga bo’lishdan boshlanadi: “O’rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig’indisi to’plam deyiladi. To’plamni o’xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo’lish tasnif hisoblanadi”3.
So’zlarni turkumlarga ajratish juda qadimdan boshlangan. Qadimgi hindlar
turkumlarni uchga ajratishgan: otlar, fe’llar, yordamchilar. Arablar ham uchta
turkumni farqlashgan: ismlar, fe’llar, yordamchilar. Qadimgi yunonlar, jumladan,
Arastu fe’l va yordamchilarni ajratgan holda ismlar ichidan sifatlar, sonlar va
olmoshlarni farqlaganlar (demak oltita turkumni farqlashgan). G’arb va rus
tilshunoslari mustaqil so’z turkumlarini oltitaga ajratadilar: ot, sifat, son, olmosh,
fe’l va ravish. Rus tilshunoslari ot, sifat, son va olmoshni ism bildiruvchi so’zlar
sifatida ajratadilar. Turkiy tilshunoslikda ham qadimdan ot, sifat, son va
olmoshlarni ajratishgan4. Ma’lumki, ot, sifat, son va olmoshlar egalik, kelishik va
ko’plik shakllari bilan o’zgaradi. Egalik va kelishik shakllari bu turkumlarni,
shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so’zlarni ham o’zgartirishi mumkin.
Shu sababli egalik, kelishik va ko’plik shakllari bilan o’zgaradigan barcha
turkumlarni bitta umumiy nom – ismlar deb birlashtirish mumkin.
Tildagi so’zlarning umumiy grammatik ma’no va vazifalariga ko’ra
ma’lum guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari deb yuritiladi.
1. Mustaqil so’z turkumlari lug’aviy ma’noga ega bo’lib, biror so’roqqa javob bo’ladigan, gap ichida ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan so’zlardir. Bu guruhga
ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
2. Yordamchi so’zlar yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo’lagi bo’la
olmaydigan, Grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so’zlardir.
Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi,
so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha ma’nolar qo’shadi. Yordamchi
so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kiradi.
3. Alohida olingan guruh so’zlar lug’aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba’zan gap
bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Bularga modal so’zlar, undov so’zlar,
taqlid so’zlar kiradi.


Download 68.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling