Gumanitar fanlar fakulteti O‘ta 19\1 guruh talabasi Mamatqulova Ruqiya Bekmurod qizining Otning grammatik kategoriyalari


Otning grammatik kategoriya xususiyatlari (A.Oripov asarlari misolida


Download 68.21 Kb.
bet5/7
Sana19.02.2023
Hajmi68.21 Kb.
#1214570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 Otning grammatik kategoriyalari

2.2. Otning grammatik kategoriya xususiyatlari (A.Oripov asarlari misolida
Otning grammatik shakllari mavzusini yuqorida keltirib o'tdik va bu mavzuni misollar yordamda mustahkamlab olamiz.Misollar uchun A.Oripov asarlarini tanladim va o'rganib chiqdim,negaki A.Oripov sevimli shoirlarimdan biri.A.Oripov - noyob iste'dod egasi.Yuksak falsafiylik,milliy ruh,diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyatining asoslarini tashkil etadi.Quyida KUZ MANZARALARI she'ri berilgan,bu she'rdan son kategoriyasining qo'llanilishini ko'rib chiqamiz.
Bilamizki,otlarda son birlik va ko'plik shaklida qo'llaniladi.
KUZ MANZARALARI
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog'larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do'stlarim,bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to'kilgan olov.

Shoxlarda mezonlar yaltirar zira,


Poyida shivirlar mening kuylarim.
Do'stlarim,bular ham mezonmas sıra,
Bu mening chuvalgan so'ngsiz o'ylarim.

Quyosh ham falakda bamisli ro'yo,


U endi yondirmas,yaltirar faqat.
Do'stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.
Bu she'rda qo'llanilgan otlar:
dalalarga, havas, bog'larda, xazonlar, do'stlarim, kuzning, barglari, yuragimdan, olov, shoxlarda, mezonlar, poyida, kuylarim, do'stlarim, mezonmas, o'ylarim, quyosh, falakda, ro'yo, do'stlar, quyoshmas, yoshlikda, muhabbat.
Birlik:
havas, kuzning, yuragimdan, olov, poyida, mezonmas, quyosh, falakda, ro'yo, yoshlikda, muhabbat.
Ko'plik:
dalalarga, bog'larda, xazonlar, do'stlarim, barglari, shoxlarda, mezonlar, kuylarim, o'ylarim, do'stlar.
HAYOT HAQIQATI
Umrning yarmini o'tdik amallab,
Qolgan yarmiga ham podshodir xudo.
Faqat ayriliqdan asragin,Yo Rabb,
Do'st-u yoronlardan qilmagin judo.

G'animlar makrini o'ylasang agar,


Dunyodan yashamay ketgan yaxshiroq.
Ba'zan dil uyingni aylar munavvar,
Yetti yot begona yoqqan bir chiroq.

Muhtoj bo'lganingda silaydi boshing,


O'zi muhtoj bo'lgan tanti mardumlar.
O'lim tilaganda tirik safdoshing,
Hayotga qaytarar seni marhumlar.

Ot turkumidagi so'zlar:


Umrning, podshodir, xudo, ayriliqdan, Yo Rabb, do'st-u yoronlardan, judo, g'animlar, makrini, dunyodan, dil, uyingni, begona, chiroq, boshing, mardumlar, o'lim, safdoshing, hayotga, marhumlar.
She'rdagi otning kelishik shakllari:
Bosh kelishik : podshodir, xudo, Yo Rabb, judo, makrini, dil, begona, chiroq, boshing, mardumlar, o'lim, safdoshing, marhumlar
Qaratgich kelishigi: umrning
Tushum kelishigi: makrini, uyingni
Jo'nalish kelishigi : hayotga
O'rin- payt kelishigi:
Chiqish kelishigi: ayriliqdan,do'st-u yoronlardan, dunyodan,
UY
Ijroqo'm uy bermish,
Ko'zlaringda yosh...
Shunchalar ko'pmidi dilingda darding
Yetar,ta'zim bilan egaverma bosh,
Yetar,yuragimni ezib yubording.

Seniki atalar shu yer,shu zamin,


Yo uni nazarga ilmaganmiding?
Senga ham taqdirning xatlab berganin
Shuncha yıl o'tibdi , bilmaganmiding.

Ijroqo'm uy bermish,


Bag'oyat savob,
Lekin ko'rmay seni mute shaklida.
Haqiqatning tagin izlasang shu tob
Mutlaq senikidir uylar aslida
Yuqorida keltirilgan "Uy" she'ridan otning kategoriyalaridan biri hisoblangan egalik shakllarini ko'rib chiqamiz,dastavval she'rda ishtirok etgan otlarni aniqlab olamiz va davom etamiz.
Otlar:
Ijroqo'm, uy, ko'zlaringda, yosh, dilingda, darding, ta'zim, bosh, yuragimni, yer, zamin, nazarda, taqdirning, uy, savob, shaklida, haqiqatning, uylar
Birlik sonda kelgan egalik qo'shimchasini olgan otlar:
1- shaxs: yuragimni
2- shaxs: dilingda,darding,
3- shaxs: shaklida
Ko'plik son shaklida egalik qo'shimchasini olgan otlar:
1-shaxs: -
2- shaxs: ko'zlaringda
3- shaxs: -
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshka turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suh-batdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang , otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning , maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.
Anik, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan Otlar maʼnosiga koʻra, atokli va turdosh Otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi Otlar atokli Otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinedagi predmetlarning umumiy nomi turdosh Otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.
Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.
Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, Otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) karashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishlokdagi); ye) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida xrsil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, om-bor-ombor gʻalla.
Otlarning yasalishi natijasida yasama Otlar paydo boʻladi. Yasama Otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa, qurol otlari (och-qich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin, joy otlari (bodomzor, Oʻzbekis-ton, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yigilish, radiolashtirish, odamgarchilik).
Kompozitsiya usuli bilan Ot yasashda qoʻshma Otlar vujudga keladi: bilagu-zuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.
Abbreviatsiya usuli bilan Ot yasalganda, qisqartma Otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.
Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniklovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izoxlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.
Predmetning nomini (keng ma’noda) bildiruvchi mustaqil so‘z turkumiga ot deyiladi. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlar kim? nima? kimlar? nimalar? savollaridan biriga javob beradi: o‘qituvchi, xonanda, tilshunos – kim?, er, suv, tuz, non – nima? kabi.
Keng ma’noda predmet ma’nosini ifodalash otning leksik xususiyatidir. Predmetlik ma’nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabi), er va osmonga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog‘ , tosh, daryo kabi), kundalik turmushga oid narsalarning nomi (tuz, non, choynak, qatiq kabi), o‘simliklarning nomi (paxta, sholi, jo‘xori, beda kabi), voqea-hodisa, belgi, xususiyat va munosabatlarning nomi (to‘y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash kabi), o‘rin va vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik kabi), shuningdek atab qo‘yilgan shaxs va predmet nomlari (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O‘qituvchi» nashriyoti kabi) ifoda etadi.
Ot shu ma’no xususiyati jihatidan ikki turga bo‘linadi: turdosh otlar va atoqli otlar. Kitob, daftar, tinchlik – turdosh otlar; Samarqand, Akmal, «Qora ko‘zlar» (roman), «Fan» (nashriyot) - atoqli otlar.
Ot o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega, ya’ni:
1) Ot son kategoriyasiga ega, ya’ni predmet anglatuvchi so‘zlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi. Otlar birlik sonda yakka bir predmetni ifodalaydi: daraxt – yakka bir predmet, birlik son shaklida kelgan; daraxtlar - noaniq ko‘plik son shaklida kelgan;
2) ot egalik kategoriyasiga ega, ya’ni predmetning uch shaxsdan biriga (so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga shaxsga) taalluqliligini, qarashliligini, maksubligini bildiradi: mening daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi;
3) ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma’nosiga ega bo‘lib, bu kelishik shakllari otning boshqa so‘zlarga bo‘lgan sintaktik munosabatini ifodalaydi (Barnoning kitobi, kitobni o‘qidi, kitobdan foydalandi kabi);
Ot o‘ziga xos sintaktik belgilarga ham ega:
1) ot ot bilan bog‘lanadi. Bosh va qaratqich kelishigidagi otlar ana shunday xususiyatga ega: paxta g‘ururimiz, farzandning baxti kabi;
2) ot fe’l bilan bog‘lanadi, ya’ni tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar fe’l bilan birikadi: xatni o‘qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan, xatdan ko‘chirdi kabi;
3) ot ba’zan sifat, ravish, son, olmosh, taqlid va undov so‘zlar bilan ham birika oladi: osmon tiniq, uylar ko‘p, beshta bola, maqsadim shu, dupur-dupur ovoz, holiga voy kabi;
4) bosh kelishik shaklidagi ot gapda asosan, ega va kesim, ba’zan sifatlovchi-aniqlovchi, izohlovchi kabi gap bo‘laklari vazifasida, shuningdek, undalma, nominativ gap tarzida keladi. Masalan: O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat (I.Karimov). Olim kishi o‘zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Seni ulug‘layman, ey ona xalqim (A.O.) Subhidam. Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi (P.Q.);
5) Qaratqich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi: Sen Pushkinning sevgan malagi (A.O.);
6) tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar to‘ldiruvchi, hol, ba’zan kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi (S.A.). Bog‘ chada daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi (O.). Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda. (Maqol).
Demak, otning qanday sintaktik vazifada kelishi uning qaysi kelishik shaklida kelishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, ot so‘z turkumi so‘z yasalish xususiyatiga ega. Ot so‘z turkumi faol so‘z yasalish usullari morfologik, sintaktik va faqat ot so‘z turkumi yasaydigan abbreviatsiya usuli bilan yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, sevinch (morfologik usul bilan); belbog‘ , ko‘zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); DAN, ToshDPU (abbreviatsiya usuli bilan) kabi.
Otlarda modal shakl yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma’no otning leksik ma’nosiga kengaytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq, ta’kid, umumlashtirish kabi qo‘shimcha ma’nolarni qo‘shish bilan hosil qilinadi: qizcha, qo‘zichoq, bo‘taloq, bolagina, Karimjon, Ra’noxon, un-pun, non-pon kabi.

Xulosa
So’zlarni turkumlarga ajratish juda qadimdan boshlangan.Tildagi so’zlarning umumiy grammatik ma’no va vazifalariga ko’ra ma’lum guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari deb yuritiladi. Qadimgi hindlar turkumlarni uchga ajratishgan: otlar, fe’llar, yordamchilar. Arablar ham uchta turkumni farqlashgan: ismlar, fe’llar, yordamchilar. Qadimgi yunonlar, jumladan, Arastu fe’l va yordamchilarni ajratgan holda ismlar ichidan sifatlar, sonlar va olmoshlarni farqlaganlar (demak oltita turkumni farqlashgan). G’arb va rus tilshunoslari mustaqil so’z turkumlarini oltitaga ajratadilar: ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish. Rus tilshunoslari ot, sifat, son va olmoshni ism bildiruvchi so’zlar sifatida
ajratadilar. Turkiy tilshunoslikda ham qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarni ajratishgan. Ma’lumki, ot, sifat, son va olmoshlar egalik, kelishik va ko’plik shakllari bilan o’zgaradi. Egalik va kelishik shakllari bu turkumlarni, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so’zlarni ham o’zgartirishi mumkin. Shu sababli egalik, kelishik va ko’plik shakllari bilan o’zgaradigan barcha turkumlarni bitta umumiy nom – ismlar deb birlashtirish mumkin.
1. Mustaqil so’z turkumlari lug’aviy ma’noga ega bo’lib, biror so’roqqa javob bo’ladigan, gap ichida ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan so’zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
2. Yordamchi so’zlar yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo’lagi bo’la olmaydigan, Grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so’zlardir. Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha ma’nolar qo’shadi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kiradi.
3. Alohida olingan guruh so’zlar lug’aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba’zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Bularga modal so’zlar, undov so’zlar, taqlid so’zlar kiradi.
Predmetning nomini (keng ma’noda) bildiruvchi mustaqil so‘z turkumiga ot deyiladi. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlar kim? nima? kimlar? nimalar? savollaridan biriga javob beradi: o‘qituvchi, xonanda, tilshunos – kim?, er, suv, tuz, non – nima? kabi.
Keng ma’noda predmet ma’nosini ifodalash otning leksik xususiyatidir. Predmetlik ma’nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabi), er va osmonga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog‘ , tosh, daryo kabi), kundalik turmushga oid narsalarning nomi (tuz, non, choynak, qatiq kabi), o‘simliklarning nomi (paxta, sholi, jo‘xori, beda kabi), voqea-hodisa, belgi, xususiyat va munosabatlarning nomi (to‘y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash kabi), o‘rin va vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik kabi), shuningdek atab qo‘yilgan shaxs va predmet nomlari (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O‘qituvchi» nashriyoti kabi) ifoda etadi.
Ot shu ma’no xususiyati jihatidan ikki turga bo‘linadi: turdosh otlar va atoqli otlar. Kitob, daftar, tinchlik – turdosh otlar; Samarqand, Akmal, «Qora ko‘zlar» (roman), «Fan» (nashriyot) – atoqli otlar.
Turdosh otlarda son ularning ma‘no turlariga ko’ra turlicha. Jam otlari deb bu yerda juft turdosh otlar tushuniladi. Bunday otlar o’̳z semantikasiga ko’ra jamlikni bildiradi. Masalan, kuch-qudrat oti «shu ikki negizdan anglashiladigan va yana shunga yaqin, o ̳xshash boshqa predmetlar» degan ma‘noni ifodalaydi. Go ̳yo bu erda «kuchdan boshlab qudratgacha» yoki «kuch, qudrat va shuning kabilar» formulasi bilan ish ko‘riladi. Jam otlari o’̳z negiziga ko’ra ko’plikni ifodalaydi, shu sababli -lar affiksini olmaydi deb ham izohlanadi. Kuch-qudrat kabi so’̳z anglatadigan ko’plik grammatik ko’plik emas, demak, bu erda ko’plikning sintaktik ifodalanishi haqida gapirish noo ̳rin. Asli bunday so’̳zda ko’plik emas, jam ma‘nosi bildiriladi, bu ma‘no leksik yo’l bilan (so’z tuzish yo’li bilan) ifodalanadi. Jam otlari o’z semantik tabiatiga ko’ra predmetni noyakka ifodalaydi,
bunday ot anglatgan predmet donalab sanalmaydi. Bu ikki nuqtayi nazardan jam
otlari bir xil, ammo quyidagi nuqtayi nazardan har xil: kishi yoki narsa oti, konkret
yoki abstrakt ot ham bo ̳lishi mumkin.
Otlarning semantik turlari orasida ko’pchilikni xuddi shu turga mansub otlar tashkil qiladi. Dona narsa otlari abstrakt ham, konkret ham bo’ladi, predmetni noyakka
ham, yakka ham anglatadi, sanalmaydigan predmetni ham, sanaladigan predmetni ham bildiradi.Tog’larning boshi yerning ko’ksida. (M.Yusuf.Saylanma.101-b) Abstrakt otlarning -lar olmaydigan turi asosan sanalmaydigan predmetlarning oti bo’ladi. Sanaladigan predmetlarning otlaridan -lar olmaydiganlarga olam, dunyo, hukm kabilarni ko ̳rsatish mumkin:Dunyoda hech kimda yo’q bunday ovoz.( M.Yusuf.Saylanma.56-b.)
Dona narsa otlarining -lar olmaydiganlari predmetni yakka anglatadi; predmetni noyakka anglata turiblar olmaydigan otga ko‘pchilik, sostavdan tashqari tumonat kabilarni misol qilib keltirish mumkin: Maqbarada tumonat odam.( M.Yusuf.Saylanma.113-b.)Bu tur otlar orasida -lar olmaydiganlari ko’pincha sanalmaydigan predmetni anglatadi. Bularni semantik to ̳dalarga birlashtirish, biror tashqi belgisi asosida izohlash qiyin, shu sababli alfavit tartibida sanash bilan kifoyalanamiz: alfoz, aql,,dil, diqqat, zulmat, iloj, ijro, ishonch, kayfiyat, ko‘mak, mazmun, muhabbat, navbat, nazar va boshqalar.
Polisemantik leksemada uning bir leksik ma‘nosi -lar qo ̳shishga yo’l qo ̳ymasligi, boshqa bir leksik «ma‘nosi esa yo’l qo ̳yishi mumkin. Masalan, bo‘y leksemasi «chet», «yoqa» ma‘nosida -lar oladi (anhor bo‘yida - anhor bo‘ylarida kabi), ammo «davom» ma‘nosida -lar olmaydi: umr bo‘yi. Shuningdek, xil leksemasi «tur» ma‘nosida -lar oladi (Gulning xili ko‘p - Gulning xillari ko‘p kabi), «taxlit», «yosin» ma‘nosida esa -lar olmaydi: Omonimlar ham boshqa-boshqa leksema sifatida, so’zsiz, har xil sonlanishi
mumkin. Masalan, martaba «ijtimoiy mavqe, lavozim» ma‘noli leksema sifatida
ham, «daf‘a» ma‘noli leksema sifatida ham -lar olmaydi. Ammo «olam»
ma‘nosili dunyo leksemasi -lar olmaydi-yu, «boylik» ma‘nosili dunyo leksemasi -
lar oladi.
Otlarga xos morfologik xususiyatlardan biri son kategoriyasidir. Otlarda son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan birlik son shakli va ko‘plik son shakli tashkil etadi.
Birlik son shaklida qo‘llanuvchi otlar yakka bir predmetni yoki yakkalikni ajratilmaydigan predmetni anglatadi: qalam, daftar, tog‘ , uy, talaba kabi. Birlik son shaklida qo‘llangan ot maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega emas. Shuning uchun otning bunday qo‘shimcha olmagan shakli (nol ko‘rsatkichli shakl) grammatik jihatdan birlik son shakli deb qaraladi.
Ko‘plik son shaklida qo‘llanuvchi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (yoki noaniq ko‘plikni) anglatadi: qalamlar, daftarlar, tog‘lar, uylar, talabalar kabi.
Otlarda grammatik ko‘plik son shakli –lar affiksi bilan hosil qilinadi.
Ko‘rinadiki, otlardagi birlik ma’nosi va ko‘plik ma’nosi hamda bularni ifoda etuvchi shakllar yig‘indisi son kategoriyasini hosil qiladi.
Otlarda son kategoriyasini birlik va ko‘plik ma’nosida qo‘llana oladigan otlarga xosdir. Sanash mumkin bo‘lgan, bevosita predmetni anglatadigan konkret turdosh otlar birlik shakli bilan birga ko‘plik son shaklida ham qo‘llanadi: xona – uchta xona – xonalar; bola – besh bola – bolalar kabi.
O‘zbek tilida birlik va ko‘plik son shakliga ega bo‘lgan otlar bilan bir qatorda faqat birlik shaklida qo‘llanadigan otlar ham mavjud.
Bunday otlarga abstrakt otlar (sevgi, ishonch, ko‘ngil kabi), donalab sanalmaydigan predmetlarni anglatuvchi otlar (un, suv, yog‘ , guruch kabi), yakka bir predmetni anglatuvchi otlar (til, bosh, yurak kabi), juft predmetni anglatuvchi otlar (ko‘z, qosh, qo‘l, etik, paypoq kabi), atoqli otlar (Zulfiya, Toshkent, Sirdaryo kabi) kiradi. Ayrim hollarda bu otlarga –lar ko‘plik affiksi qo‘shila oladi. Bunday holda –lar ko‘plik ma’nosini emas, balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:
1. Abstrakt otlar, yakka bir predmetni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda –lar affiksi qo‘shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy).
2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga –lar affiksi qo‘shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo‘llik kabi ma’nolarni bildiradi: Zilol suvlar, eram kabi bog‘u-bo‘stonlar (G‘ayratiy).
3. Atoqli otlarga qo‘shilganda esa umumlashtirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi.
Shuningdek, qarindosh-urug‘lik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda, bu otlar hurmat ma’nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi.
Otlarda ko‘plik ma’nosi turli xil usullar bilan ifodalanadi.
1. Otlarda ko‘plik ma’nosi , asosan, -lar affiksini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Ko‘plik ma’nosining bunday maxsus grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanishi ko‘plikning morfologik usul bilan ifodalanishi sanaladi: eshiklar, ko‘chalar kabi. Bunday otlarga grammatik jihatdan ham, semantik jihatdan ham ko‘plik son shaklida deb qaraladi. Otlarda ko‘plik ma’nosi, asosan shu usul bilan ifodalanadi.
2. Otlarda ko‘plik ma’nosi leksik ma’nosi ko‘p predmetni bildiradigan otlar orqali ham anglashiladi. Bunday otlar birlik shaklida bo‘lsa ham, bir turdagi predmetlarning to‘dasini, jamini bildiradi: to‘da, gala, aholi, xalq, olomon kabi. Ko‘plik ma’nosini bunday jamlovchi otlar orqali ifodalanishi leksik-semantik usul deyiladi. Bunday ma’nodagi otlarga grammatik jihatdan birlik shaklda, lekin semantik jihatdan ko‘plikda deb qaraladi.
3. Otlarda ko‘plik ma’nosi ot oldidan miqdor bildiruvchi ravishlar, sanoq sonlar, gumon olmoshlarini keltirish, so‘zlarni takrorlash bilan ham hosil qilinadi. Bu usul bilan ko‘plik ma’nosining ifodalanishiga sintaktik usul deyiladi: ko‘p bola, uchta kitob, bir necha qiz, dasta-dasta gul, to‘da-to‘da odam kabi.
Predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga (ba’zan predmetga) taalluqli ekanligini ko‘rsatuvchi umumiy ma’nolar va bu ma’nolarni ifoda etuvchi shakllar tizimiga egalik kategoriyasi deyiladi.
Predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga, ya’ni so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shaxs) shaxsga taalluqliligini ifodalaydigan affikslar egalik affikslari deyiladi. Egalik affikslari shaxs ma’nosi bilan birga uning sonini (birlik yoki ko‘plik ma’nosini) ham ifodalaydi. Egalik affikslari quyidagi jadvalda berilgan.

SHaxs

Birlik

Ko‘plik

I shaxs


Download 68.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling