O’. Hoshimov asarlari misolida
Download 65.46 Kb.
|
kurs ishi Otning morfologik belgi xususiyatlari — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Otlarning ma`no turlari..........................................................8 1.3. Otlarda kelishik shakllari.......................................................12
- 2.2. Ot yasalishi...............................................................................24 2.3. Otlarda son va egalik shakllari..............................................38
- Mavzuning dolzarbligi
Mundarija KIRISH...........................................................................................3 I BOB.OTNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI. (O’.Hoshimov asarlari misolida) 1.1. Otning leksik-grammatik xususiyatlari.................................6 1.2. Otlarning ma`no turlari..........................................................8 1.3. Otlarda kelishik shakllari.......................................................12 II BOB.OT VA MORFOLOGIYA. 2.1. Morfologiya haqida umumiy ma'lumot................................20 2.2. Ot yasalishi...............................................................................24 2.3. Otlarda son va egalik shakllari..............................................38 XULOSA........................................................................................41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR......................................43 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bolgan sozlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? soroqlaridan biriga javob boladi. Otlar egalik, kelishik kabi soz ozgartirish, turli mano va vazifa uchun qollanuvchi vazifadosh shakllarga hamda oziga xos soz yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi. Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fel va ravish distributsiyasida kelishi, yani ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob oqimoq, kop odam. Ot gapning barcha gap bolagi vazifasida qollanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bogliq boladi. Masalan, otning bosh shakli, yani bosh kelishik, koplik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: Ozbekiston-mustaqil davlat. Millatim-ozbek. Ozbekistonim-onajonim. Mustaqil sozlar ot turkumiga munosabati nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil etadi: 1) ot tipidagi sozlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? sorogiga javob bolib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qollana oladigan olmoshlar (men, sen, biz, har kim, nimadir), jamlovchi sonning ov, -avlon affiksli turi (ikkov, ikkavlon), felning harakat nomi shakli (oqish, yozuv) kiradi; 2) otlashuvchi sozlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qollanilib, muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin bolgan sifat, son va ular ornida qollanadigan olmoshlar (qanday, qancha, nechta), bazi bir ravishlar, felning sifatdosh shakli kiradi. Otning mano guruhlari. Otlar mano jihatdan quyidagi guruhlarga bolinadi: 1. Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib korsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, UlugBek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar ozaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga kora farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Gozal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Dostlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulugbek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qoshrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qoshma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa soz turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, Olmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa feldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, Toqsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bolgan atoqli otlardir. Turli turkumga mansub bolgan sozlarning atoqli ot sifatida qollanishi natijasida ular ozining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik mano tashuvchi lugaviy birlikka aylanib qoladi. Masalan, Uchquduq mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar tushunchasini anglatuvchi onomastik birlikdir. 2. Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi mano guruhlarga mansubligi bilan ozaro farqlanadi: 3. Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va korish mumkin bolgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush. 4. Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bolgan otlardir. Ular ham koplik affikslari bilan qollanmaydigan otlar bolib, ularga koplik qoshimchasi qoshilganda turlicha mano boyogi yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qaygu, alam, qadr, oriyat. 5. Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning ozini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bolib, bir xil turdagi narsaning todasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, kopchilik, poda, jamoa, ormon kabilar. 6. Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari, ogirlik, suyuglik olchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq, qum, havo, shakar, tuz, yog, guruch, kabilar. 7. Bundan tashqari, tabiatan yakka boladigan va juft holda uchraydigan otlar ham mavjud bolib, ular ham otning alohida mano turini tashkil qiladi. Masalan: yurak, quyosh, oy, koz, qosh, oyoq kabilar shular jumlasidandir. Shuningdek, otlar kim? sorogi asosida shaxs hamda nima? sorogi asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi ozbek tilining, shu jumladan, boshqa turkiy tillarning oziga xos xususiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida ham oz aksini topadi. Xususan, shaxs otlari toliq tuslovchi affikslarni qabul qilgan holda qollana oladi: oquvchiman, oquvchisan, oquvchimiz, oquvchisiz. Biroq, narsa otlari (majoziy manosini etiborga olmaganda) faqat uchinchi shaxs manosdagina ishlatilishi mumkin. Shuni ham takidlash lozimki, atoqli va turdosh otlar ozaro mano jihatdangina emas, balki bazi grammatik xususiyatlariga kora ham farqlanadi. Masalan, atoqli otlar faqat birlikda qollanadi. Koplikda qollanganda, ular grammatik koplik emas, boshqa mano boyoqlarga ega boladi. Shuningdek, atoqli otlar turdosh otlarga va aksincha, turdosh otlar atoqli otlarga otib turadi. Masalan: Lola-atoqli ot, ayni paytda, lola-togda osadigan gul manosida turdosh otdir. dizel, amper, rentgen, bitner kabi otlar esa atoqli ot asosida shakllangan turdosh otlardir. Atoqli otlarning turdosh otga aylanishida lik qoshimchasidan ham foydalaniladi: kattaqorgonlik, toshkentlik, andijonlik kabi. Download 65.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling