Ostro… va yunoncha nomos- qonun Koinot jismlari va


Download 222.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi222.14 Kb.
#254823
Bog'liq
Astronomiya - Vikipediya



Astronomiya


Astronomiya (ostro… va yunoncha

nomos– qonun) – Koinot jismlari va

ularning sistemalari paydo boʻlishini,

taraqqiyoti va tuzilishini, koʻrinma va

haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va

fizik holatini, Koinotning bir butun

umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan.

Astronomiya yulduzlar, sayyoralar va

ularning yoʻldoshlarini, sayyoralararo va

yulduzlararo mayda jismlar (asteroidlar,

kometalar, meteor jismlar va hokazo)ni,

gaz va chang tuman liklarini, ulardagi

fizikaviy muhitni, sunʼiy kosmik jismlarni

(vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini)

oʻrganadi, shuningdek osmon jismlarini

kuzatish natijalarini insonning moddiy

hayotiy talablariga qoʻllash usullarini



ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni

aniqlash, joyning koordinatalarini topish,

sayyoralarning harakatini, sunʼiy

yoʻldoshlarni kuzatish asosida tekshirish

va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini

oʻrganish, kosmik apparatlarni Koinot

jismlariga nisbatan oriyentirlash va

boshqa qator ishlar shular jumlasiga

kiradi.

Galaktika



Astronomiya hozir tadqiq sohasi va

usuliga koʻra 7 boʻlimga ajratiladi:

astrometriya, astrofizika,

radioastronomiya, osmon mexanikasi,

yulduzlar astronomiyasi, kosmogoniya va

kosmologiya. Bularning har biri oʻz

navbatida bir qancha sohalarni oʻz ichiga

oladi.


Astronomiya tarixining katta qismi

kuzatish maʼlumotlarini toʻplash bilan

band boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-asrga

kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga

Boʻlimlari

Tarixi



asoslanib Quyosh va Oy tutilishlarini,

ularning davriy takrorlanib turishini

oldindan aytib bera olganlar. Pifagor

asarlarida Yerning sharsimonligi haqida

yozilgan, oʻning maktabi esa Yer va

barcha yoritqichlar markaziy olov atrofida

aylanadi, degan dastlabki

kosmologiyalardan birini yaratdi.

Aristotel olam markazida Yer boʻlgan

sistemadir, degan gʻoyani ilgari surdi.

Miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab

yunon fanining markazi Iskandariyaga

koʻchdi. Eratosfen gradus oʻlchash deb

nom olgan usul bilan Yerning

oʻlchamlarini aniqladi. Gipparx 1028 ta

yulduzning osmon sferasidagi

vaziyatlarini oʻz ichiga olgan va bizgacha



yetib kelgan dastlabki yulduz

jadvallaridan birini yaratdi. U yilning

davomiyligini katta aniqlik bilan oʻlchadi,

Oygacha boʻlgan masofani ikki foizdan

kam xato bilan aniqladi, fanga geografik

koordinatalar – kenglama va uzunlama

tushunchalarini kiritdi. Gipparx taʼlimotini

Ptolemeyning „Almagest“ asaridan

bilamiz. Ptolemey fanga olam

tuzilishining geotsentrik sistemasi nomi

bilan kirgan sistemani yaratdi. Unda

Quyosh, Oy va sayyoralarning koʻrinma

harakati aylanalar boʻylab tekis

harakatdan iborat, harakatsiz Yer esa

olamning markaziga joylashgan, deb

tushuntirilar edi. Bu sistema olamning

haqiqiy tuzilishini aks ettirmasa ham oʻz



davri uchun ilgʻor boʻlgan. Bu sistema

yoritqichlarning osmondagi vaziyatlarini

(oʻsha davrdagi kuzatish aniqligida)

oldindan aytib berish imkonini berar edi.

Shu sababli, u fanda bir yarim ming

yilcha yashadi. Arximednint aytishicha,

olamning markazi Quyosh, uning atrofida

Yer va sayyoralar aylanadi. Bu faqat 16-

asrdagina ishlab chiqilgan geliotsentrik

sistemani oldindan aytib berish edi.

Astronomiya bilan Turkistonda miloddan

avvalgi ham faol shugʻullanganlar.

Ularning izlari moʻgʻul va arab istilolari

sababli deyarli yoʻq boʻlib ketgan.

Hozirgacha saqlanib qolganlari ichida

Xorazmdagi Kuy qirilgan kalʻa misol




boʻlib, uni yetarli darajada astronomik

asbob desa boʻladi. Qalʻa inshootlari

yordamida vaqtni aniqlash, fasllarning

kirib kelish paytini qayd etish, ekvator va

ekliptika tekisliklari orasidagi burchakni

oʻlchash, yil davomiyligini aniqlash va

boshqa hayot taqozo etgan amaliy

masalalar hal etilgan. 8–9-asrlarda

Muhammad Xorazmiy, Axmad al-

Fargʻoniy, Abbos Javhariy, Ahmad

Marvaziy va boshqa olimlar Astronomiya

bilan jiddiy shugʻullandilar. Arab xalifaligi

davrida va undan keyin Yaqin va Oʻrta

Sharq hamda Oʻrta Osiyo olimlari

Astronomiyaning rivojlanishida ham

katta rol oʻynadilar. Qohira, Damashq,

Bagʻdodda rasadxonalar paydo boʻlib,



ularda Ibn Yunus, Al-Batoniy, Abu Vafo va

boshqa ishlagan. Abul Vafo faqat

Sharqdagina emas, hatto Gʻarbda ham

shuhrat qozongan mashhur astronomik

asarning muallifidir. 10-asrda Al-Soʻfi

birinchi boʻlib Andromeda tumanligita

eʼtibor berib, uning yulduzlardan farq

etishini tavsiflab bergan. Abu Rayhon

Beruniy Astronomiyaning hamma

masalalarini oʻz ichiga olgan 40 ga yaqin

astronomik risola yozgan. Uning

qisqartirib xronologiya deb ataluvchi „al-

Osar al-boqiya anil-qurun al-xoliya“

(„Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar“) nomli asarida yunon,

rumlik, yahudiy, arab, sugʻdiy va boshqa

turli xalqlarning yil hisobi usullari batafsil



qiyosiy bayon qilingan. Beruniy bir

qancha davrlarni oʻzaro solishtirib tavsif

qilgan va bir davrdan ikkinchisiga

oʻtishning amaliy yoʻllarini koʻrsatib

bergan. Fanda „Hindiston“, „Geodeziya“

nomi bilan mashhur boʻlgan asarlarida

Beruniy Astronomiyaning bir qancha

masalalariga yaqindan yondashib,

geografik koordinatalarni, Yerning

oʻlchamlarini va vaqtni aniqlash usullarini

keng bayon etdi. Beruniy Aning amaliy

masalalarini hal qilish jarayonida bir

qancha yangi astronomik asboblarni,

jumladan oʻz astrolyabiyasini ixtiro

qilgan. Yoritqichlarning koʻrinma

harakatlarini oʻrganishda Beruniy

geotsentrik va geliotsentrik sistemalar bir



xil kuchga ega, degan gʻoyat muhim fikrni

oʻrtaga tashlagan. Astronomiyada

Beruniyning izdoshi Umar Xayyom edi. U

koinotning cheksizligiga oid juda koʻp

yangi gʻoyalarni ilgari surgan. Umar

Xayyom hozir qoʻllanilayotgan Grigoriy

taqvimilt ham aniq boʻlgan Quyosh

taqvimini ishlab chiqqan. Ibn Sino ham

Astronomiyaga oid asarlar yozgan. 12–

14-asrlarda turkistonlik olimlar –

Mahmud Chagʻminiy, Muhammad Najib

Bakron, Abu Sulaymon Banoqatiy va

boshqa olimlar Astronomiya sohalarida

ijod etganlar. 14-asrda Marogʻa shahrida

oʻsha zamonning eng yaxshi astronomik

asboblari bilan jihozlangan rasadxonada

Ozarbayjonning mashhur olimi Nasriddin



Tusiy ishlagan. Marogʻa rasadxonasida

ijod qilingan qator asarlar, jumladan „Ziji

Elxoniy“ Yevropada va Sharqda keng

tarqalgan. Oʻz davrining deyarli barcha

masalalari bayoni bilan berilgan

Astronomiyaga oid keng astronomik

jadvallar sharqda „zij“ deb atalgan.

Astronomiyaning 15-asrdagi taraqqiyoti

Samarqand yaqiniga oʻsha zamondagi

eng mukammal asboblar bilan

jihozlangan ulkan rasadxona qurgan

Ulugʻbek nomi bilan bogʻliq.

Rasadxonaning asosiy va eng katta

asbobi radiusi 40,2 m li Faxriy sekstanti

edi. Samarqand astronomlari Ulugʻbek

rahbarligida yozgan „Ziji Koʻragoniy“ yoki

„Ulugʻbek ziji“ deb ataluvchi asosiy asar,



ayniqsa, undagi 1018 yulduz vaziyati

keltirilgan jadval dunyoga mashhur.

„Ulugʻbek ziji“ asosan Samarqand

rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar

zaminida tuzilgan va Gipparx jadvalidan

keyin yulduzlarning vaziyati ancha aniq

belgilangan ikkinchi original toʻla

jadvaldir. Ulugʻbekning koʻzga koʻringan

safdoshlaridan Gʻiyosiddin Jamshid

Koshiy Yevropa olimlarining bir qancha

kashfiyotlarini ulardan ancha il gari koʻra

bilgan. Yevropa fanini Samarqand

olimlarining asarlari bilan tanishtirishda

Koshiyning xizmatlari juda katta.

Samarqand rasadxonasida ijod qilgan

astronomlar qatorida Ulugʻbekning

ustozi, Sharkda „oʻz davrining Aflotuni“



nomi bilan mashhur boʻlgan Salohiddin

Muso ibn Muhammad Qozizoda Rumiy,

shuningdek „oʻz davrining Ptolemeyi“

nomini olgan Ali Qushchinit xizmatlari

katta. Samarqand olimlarining asarlari

Yevropada 1648 yildan boshlab chop

qilinib kelmoqda. Oʻsha davrda xris-tian

dini mafkurasi xukmronlik qilgan

Yevropada Astronomiya taraqqiyoti

toʻxtab qolgan edi. 16-asrda Astronomiya

va butun tabiatshunoslik fanlari

taraqqiyotida inqilobiy kashfiyotlar qilindi.

Ulardan biri mashhur polyak olimi Nikolay

Kopernik nomi bilan bogʻliq. 1543 yilda

uning „Osmon sferasining aylanishlari

haqida“ asari nashr qilindi. Kopernik bu

asarida Quyosh sistemasi tuzil ishi



haqida toʻgʻri tasavvur berdi.

Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti

sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish

qonunlarini kashf qilgan I. Kepler nomi

bilan bogʻliq. Kepler qonunlari Tixo

Bragenint sayyoralarni, avvalo, Marsni

koʻp yillar davomida kuzatishlariga

asoslangan. Bu davrda astronomik

asboblar birmuncha takomillashdi.

Yulduzlar vaziyatini optik asboblarsiz

oʻlchashda 17-asr ikkinchi yarmida

polyak olimi Yan Geveliy eng katta

aniqlikka erishdi. 17-asrda

Astronomiyada optik asboblar qoʻllana

boshlandi. Bungacha boʻlgan davr osmon

geometriyasi va kinematikasini oʻrganish

bilan xarakterlanadi. 1609–10 yillarda



italyan olimi Galileo Galiley astronomik

kuzatishlarda oʻzi yasagan teleskopii

qoʻlladi. Galileyning kashfiyotlari

Kopernik sistemasini ilmiy dalillar bilan

quvvatlab, uning yanada ommalashuviga

yordam berdi va Astronomiyada kosmik

jismlar fizikasini oʻrganuvchi yangi

boʻlimning manbai boʻlib qoldi. Galiley Oy

sirtini va Venera fazalarini kuzatib,

sayyora va ularning yoʻldoshlari tabiati

Yerga oʻxshash degan xulosaga keldi.

Teleskopik Astronomiyaning taraqqiyoti

bilan bir qatorda nazariy Astronomiya

ham tez rivojlandi. Bunga I. Kepler va I.

Nyuton asos solgan. Nyuton butun olam

tortishish qonunini ochib, osmon

jismlarining turli-tuman harakatlarini



tushuntirishda uning universalligini

koʻrsatib berdi. Nyutonning osmon

mexanikasiga doir qonunlari osmon

jismlarining massalarini aniqlash va

ularning harakatiga oʻzaro taʼsirini

hisobga olish imkonini berdi. Shundan

boshlab nazariy Astronomiya va osmon

mexanikasining taraqqiyoti jadal

ketmoqda. Hisoblarga qarab Neptunning

ochilishi Nyuton qonuni yordamida

qilingan qator buyuk kashfiyotlarga

yorqin misoldir. Astronomiyaning keyingi

taraqqiyoti amaliy masalalarni hal

qilishga moʻljallangan davlat

rasadxonalarining tashkil topishi bilan

bogʻliq. Fransiyada (1665-yil, Parij),

Angliyada (1676-yil, Grinvich) va



Rossiyada (1692-yil) birinchi

rasadxonalar qurildi. Rasadxonalar

zamonaviy teleskoplar bilan taʼminlangan

boʻlib, ularda geografik koordinatalarni

aniqlashdan tashqari, barcha astronomik

hodisalar kuzatilgan. 17–18-asrlarda

Astronomiyada tabiatshunoslik

taraqqiyotiga kuchli taʼsir qilgan bir

qancha kashfiyotlar qilindi. 1675-yilda O.

K. Ryomer yorugʻlikning tarqalish tezligini

Yupiter yoʻldoshlarining toʻsilishini

kuzatishdan aniqladi. 1718-yilda E. Galley

yulduzlarning xususiy harakatini topdi.

1725–28 yillarda J. Bradley yorugʻlik

aberratsiyasini ochdi. 1755-yilda I. Kant

„Tabiatning umumiy tarixi va osmon

mexanikasi“ nomli asarida birinchi boʻlib



tabiat evolyutsiyasini tushuntiruvchi

gʻoyani muhokamaga tashladi. 1761

yilda M. Lomonosov Venera atm.sini

kashf qilib, sayyoralarda ham gaz qobigʻi

boʻlishi mumkinligini isbotladi. 1796-yilda

P. Laplas bu gʻoyani matematik usulda

asoslab berdi. 1871 yilda V. Gershel

kuzatish yoʻli bilan yangi sayyora –

Uranni topdi. Bundan tashqari, u Quyosh

sistemasining yulduzlararo harakatini

kashf qildi. 1835–38 yillarda V. Y. Struve

va F. V. Bessel baʼzi yulduzlargacha

boʻlgan masofalarni oʻlchadilar. 1801-

yilda Italiyada D. Piatssi birinchi

asteroid – Sererani kashf qildi Bu bilan

kichik sayyoralarni ochish gadqiqotlari

boshlab berildi. 1846-yilda U. J. Leverye



Uranning orbitadan chekiiishini oʻrganib,

chekinish sababchisi – Neptunning

vaziyatini hisoblab chikdi. Shunga

asosan I. G. Galle Berlinda Neptunii topdi.

1847-yilda V. Y. Struve yulduzlararo

muhitda yorugʻlikning yutilishini hisoblab,

Astronomiya taraqqiyotiga hissa qoʻshdi.

19-asr ikkinchi yarmida fotografiya,

fotometriya va spektral analizning

qoʻllanishi kosmik jismlarni oʻrganish

imkonini yanada kengaytirdi. Turkistonda

17–19-asrlar oraligʻida ham Astronomiya

bilan shugʻullanilgan. Bunda asosan

joylarning geografik koordinatalarini

aniqlash va xaritalar tuzish bilan

mashgʻul boʻlingan. 1873-yilda

Toshkentda astronomiya rasadxonasi



tashkil etiladi va unga bir qancha

teleskoplar oʻrnatiladi. Bu yerda dastlab

Astronomiya bilan bir qatorda

meteorologiya, geofizika, geodeziya va

seysmologiya sohalarida ham tadqiqotlar

olib borildi, Turkiston hududida bir necha

ming joylarning aniq koordinatalari

aniqlandi. Chorjoʻy, keyinchalik Kitob

shahrilari yaqinida xalqaro kenglik

stansiyasi tashkil etildi. 1966-yilda bu

rasadxona zaminida Astronomiya

instituti tashkil qilinib, tadqiqotlar koʻlami

yanada kengaytirildi va

zamonaviylashtirildi.

AQShda ulkan teleskoplarning ixtiro

qilinishi yulduzlararo muhitni chuqurroq




oʻrganish imkonini berdi. Astronomiyada

yangi olingan maʼlumotlar asosida bir

qancha gipotezalar yaratildi. Arman olimi

V. Astronomiya Ambarsumyan yulduzlar

assotsiatsiyasi haqida gʻoyat muhim

nazariyani yaratdi. Unga koʻra, yulduzlar

oʻta zich obyektlardan otilib chiqib paydo

boʻladi. 20-asrning 30-yillarida

Astronomiyaning radioastronomiya deb

ataluvchi yangi tarmogʻi paydo boʻlib,

dastlab yoritqichlardan keladigan

radionurlarni oʻrganish yoki

radiolokatsion tadqiq asosida kosmik

jismlar haqida maʼlumot ola boshlandi.

Radioastronomiya ayniqsa Ikkinchi jahon

urushidan soʻng ixtiro qilingan oʻta sezgir

radioasboblarni qoʻllanish bilan jadal



rivojlandi. Astronomiya taraqqiyotining

yangi bosqichi Yer, Oy va ayrim

sayyoralarning sunʼiy yoʻldoshlarini,

shuningdek Venera, Mars, Yupiter, Saturn

va uzoq kosmosga kosmik stansiyalarni

uchirish bilan bogʻliq. Avval astronomlar

faqat kuzatish natijalaridangina

foydalangan boʻlsalar, endilikda bevosita

tajriba oʻtkazish imkoniyatiga ega

boʻldilar. Oyga va ayrim sayyoralarga

tadqiqotchi stansiyalar qoʻndirilib,

ularning tabiatini yaqindan oʻrganish

mumkin boʻldi.

Oʻzbekistonda Astronomiyaning eng

ilgʻor sohalari boʻyicha tadqiqotlar olib

borilgan. Keyingi chorak asr davomida




oʻzbekistonlik astronomlar astrometriya,

astrofizika, xususan, Quyosh va

nostatsionar yulduzlar fizikasi, yulduzlar

va Galaktika astronomiyasi, Galaktikadan

tashqi astronomiya sohalaridagi

tadqiqotlari bilan muhim yutuklarga

erishdilar. Galaktikamizning 50 mingdan

ortiq yulduzlari va ularning 20 ga yaqin

toʻdalari xususiy harakatlarini kuzatuv

yordamida oʻlchab-hisoblab topdilar,

toʻdalar tuzilishi va aʼzolari aniqlandi.

Bular asosida Galaktikamizning

oʻlchamlarini, Quyoshning Galaktikadagi

oʻrnini va uning yadrosiga nisbatan

aylanish tezligini, harakat yoʻnalishi –

apeksini, shuningdek Galaktikaning qator

kinematik parametrlarini aniqladilar. Yer



sunʼiy yoʻldoshlari uchirilgandan boshlab

shu kunga qadar ularni va sayyoralarni

kuzatish, tadqiq etishning barcha xalqaro

dasturlarida (SOPROG, VEGA, Planeta,

Statsionar, Fobos, GPS, PRAREva b.da)

qatnashib, eʼtiborli ilmiy natijalarga

erishiladi. 1960-yildan boshlab Xalqaro

astronomiya ittifoqi tavsiya etgan 20 ta

asteroidning vaziyatlari va harakatlarini

tekshirib, osmonda inersial sistemani

tuzish kabi xalqaro muammoga

toshkentlik va kitoblik astronomlar

salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985–86

yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi

Astronomiya instituti Toshkent Davlat

Universiteti astronomlari bilan

hamkorlikda Galley kometasini kuzatish



boʻyicha Xalqaro dasturda qatnashib,

kuzatuv maʼlumotlari sifati va hajmi bilan

birinchi oʻrinni egalladilar va bu bilan

uchirilgan kosmik apparatning kometa

atmosferasi ichidan oʻtishini

taʼminladilar. Yutuklardan yana biri

Qashqadaryo viloyatining Maydanak

togʻida rasadxona qurilishi boʻlib, u

bugungi kunda xalqaro rasadxonaga

aylanishi bilan bogʻliq. Maydanakda

bajarilgan koʻp yillik kuzatish ishlari

asosida yulduzlarning tugʻilish

„oʻchoqlari“ topildi, turli nostatsionar va

oʻzgaruvchan yulduzlar, fuorlar, zich

qoʻshaloq yulduzlar xamda Somon

yoʻlining maxsus qismlari oʻrganilib, zarur

fotometrik, spektral maʼlumotlar toʻplandi



va tahlil qilindi. Maydanakda

bajarilayotgan kuzatuvlar AQSH, Rossiya,

Ukraina, Fransiya, Germaniya, Litva va

boshqa davlatlar astronomlari bilan

hamkorlikda olib borilyapti. Quyosh

fizikasi sohasida Quyosh dogʻlari va

boshqa qator faol elementlari, turli

chaqnashlar, rentgen va

radiodiapazonlardagi faol jarayonlar

chuqur taxlil qilingan. Hozir esa bu

sohaning gelioseysmologiya yoʻnalishi

jadal rivojlanmokda. Xususan, Toshkent

viloyatining Qumbel togʻida (Chimyon

yaqinida) Toshkent astronomiya

institutining stansiyasi ochilib, unda

Quyosh tebranishlari IRIS xalqaro dasturi

doirasida kuzatilmokda. Institutning



Toshkent hududida bu tebranishlar TON

xalqaro dasturi boʻyicha zaryad yigʻuvchi

kuchli matritsa yordamida kuzatilib tahlil

qilinmoqda. Natijada Quyoshning ichki

tuzilishiga oid muhim maʼlumotlar

olinmoqda. Oʻzbekistonda keyingi chorak

asrda Astronomiya ga doir nazariy

tadqiqotlar ham yoʻlga qoʻyilgan.

Ulardastlab 1971–81 yillarda Toshkent

astronomiya institutida olib borildi,

keyingi yillarda esa Toshkent Davlat

Universitetida davom ettirildi. 1981 yilga

kelib Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi

OʻzMU)da Astronomiya mutaxassisligi

ochilib, 1987-yil Astronomiya kafedrasi

tashkil etildi. Bu kafedra bugunga qadar

200 ga yaqin mutaxassis chiqardi.



Nazariy tadqiqotlar, asosan, astrofizika,

yulduz astronomiyasi va Galaktikadan

tashqi astronomiya sohalarida olib

borildi. Xususan, Galaktikamiz tojidagi

koʻrinmas massa miqdori va uning disk

va sfera tashkil etuvchilari

evolyutsiyasiga taʼsiri nochizikli

nostatsionar holda analitik oʻrganildi.

Halqasimon galaktikalar modeli tuzilib,

ularni sinflarga ajratish usuli ishlab

chiqildi. Yulduzlarning bir necha

sharsimon toʻdalari va galaktikalarning

10 dan ortiq sferik toʻdalari uchun

tezliklar anizotropiyasi parametri

qiymatlari koʻrinma zichlik funksiyasi

asosida aniqlandi. Koinotning eng „qari“

obyektlaridan bir turi hisoblanuvchi



elliptik galaktikalarning paydo boʻlishi

muammosi birinchi bor nazariy

modellarda tadqiq qilindi. Bu nazariya

natijalari ancha keyin AQSH, Hindiston va

Meksika nazariyotchilari tomonidan oʻta

kuchli kompyuter yordamida tajriba

oʻtkazish yoʻli bilan tasdiklandi. Hozir

bunday nazariy ishlar Toshkent

astronomiya institutida ham olib borilib,

yuqoridagi usul spiral galaktikalarga

qoʻllanilmoqda va ularning pulsatsiya

holati nochizikli nostatsionar modellari

tuzilmoqla

[1]


.

Astronomiya bilan bogʻliq

sahifalar



Astronom

Astronavt

Gallaktika

Koinot


Tizim

Sayyora


Meteor

Meteorit


Qora oʻra

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

 

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 3 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

"



https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?


title=Astronomiya&oldid=2021383



dan olindi 



Download 222.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling