Toshkent davlat O'zbek tili adabiyoti universiteti 3kurs talabasi Xudoyshukurov Alixonning
Download 24.97 Kb.
|
adabiyot kurs ishi
Toshkent davlat O'zbek tili adabiyoti universiteti 3kurs talabasi Xudoyshukurov Alixonning O'zbek adabiyoti fanidan kurs ishi . M: Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning Qutlug' qon asari tahlili Reja: 1.Oybek hayoti va ijodi 2.Ijod ahlining munosabati.Asar va Oybek haqida 3.Yo'lchi obrazidagi mehnatkash xalq timsoli 4.Mirzakarimboy obrazi ruhiyati. Un 5".Nochor ota ,, Yormat kim aslida 6. Asardagi ayollar obrazlar tasviri. 7.Asardagi ortiqcha obrazlar Foydalanilgan. adabyotlar 1."Oybegim menim" Zarifa Saidnosirova 2."Akademik Oybek" Aziz Qayumov 3."Yo'qotganlarim topganlarini" Said Ahmad 4.Ijodkor haqida maqola Ozod Sharafiddinov 1 Oybek hayoti va ijodi .UZTEXT.com Izlamoqchi bo'lgan so'zni kiriting » Oybek (1905-1968)
XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil ko‘rdi. 1930 yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi. Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning «Dilbar— davr qizi» (1931), «O‘ch» (1932), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1933), «Temirchi Jo‘ra» (1933) dostonlari o‘z davrining she’riy solnomalaridir. U tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. Oybek she’riyati nihoyatda go‘zal bo‘lib, o‘zining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasviriy vositalarda yaratilganligi bilan alohida ajralib turadi. Oybek mohir shoir bo‘lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Ulug‘ yo‘l», «Oltin vodiydan shabadalar», «Quyosh qoraymas» kabi epik polotnolar o‘zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi. O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojealari o‘z ifodasini topgan. Adibning «Ulug‘ yo‘l» (1977) asari esa «Qutlug‘ qon» romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini ko‘rsatishga intilgan. Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, fikr va tuyg‘ularini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklari, qator she’rlari, «Zafar va Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarida, nihoyat, «Nur qidirib» qissasida tasvirlagan. Adibning avtobiografik qissasi — «Bolalik» 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir. Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi va tarjimon, davlat va jamoat arbobi hamdir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning «Evgeniy Onegin» she’riy romani, Lermontovning «Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalari, shuningdek, antik adabiyoti namunalarini Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar bo‘lgan. Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishlagan. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan ustozdir. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan. Yozuvchi asarlari o‘zbek adabiyotining jahonaro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi. Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001). Lotin alifbosida maqola: Oybek (1905-1968) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)
Bilmadim, nega shunday bo‘ldikin? Ehtimol, sho‘ro zamonidagi son-sanoqsiz mafkuraviy cheklashlar asoratidan qutula olmaganim sabab bo‘lgandir. Yoki Homil Yoqubov, Matyoqub Qo‘shjonov, Naim Karimov, Baxtiyor Nazarov, Ibrohim G‘afurov kabi zabardast oybekshunoslar panjasiga panja urishdan hayiqqandirman. Balki hamisha Oybekning vujudidan ufurib turadigan ulug‘vorlik qarshisida o‘zimni ojiz sezgandirman. Bo‘lmasa, Oybek haqida yozmadim emas, anchagina yozganman. Hatto ayrim maqolalarim «Vopros? literatur?» kabi nufuzli jurnallarda ham e’lon qilingan edi. Lekin, baribir, bu maqolalar ko‘ngildagiday bo‘lib chiqamas edi. Ularda Oybekka munosib bo‘lgan pafos yetishmasdi, so‘zlar allanechuk rangsiz va sust bo‘lardi. Bu gal ham shundoq bo‘ldi. Kuyunchak olimlarimizdan Abdullajon A’zamov menga Oybek tavalludining yuz yilligi oldidan biron maqola e’lon qilishni maslahat berdi. Bu taklif menga ma’qul tushdi va darhol boshqa ishlarni yig‘ishtirib, maqolani yozishga kirishdim. Avvaliga ishlar silliq kechdi — Keyin esa biroz ishlar boʻlib tashlab qoʻyishga majbur boʻldim .Albatta, uning yigirma jildga jo bo‘lgan roman va qissalarini, she’r va dostonlarini birvarakayiga eslashning imkoni yo‘q edi. Shuning uchun birinchi navbatda o‘zim yoqtirib kelgan «Qutlug‘ qon» va «Navoiy» romanini esladim, hatto ba’zi sahifalarini qayta o‘qib chiqdim. Shunda g‘alati bir hol ro‘y berdi — ilgaridan tanish bo‘lgan sahifalar birdan boshqacha salobat kasb etdi, ularning rangin qirralari ko‘z o‘ngimda o‘zgacha bir tarovat bilan jilolandi. Menga ayon bo‘ldiki, o‘zbek romanlari ichida oltinchisi va yettinchisi bo‘lib maydonga kelgan bu asarlar mazmun jihatidan ham, badiiyat jihatidan ham jahonning hech qaysi asaridan qolishmaydi. Ular favqulodda zo‘r iste’dod bilan yaratilgan barkamol asarlar edi. Shundan qirq yilcha avval universitetdagi matematik do‘stlarim bilan bo‘lib o‘tgan bir bahs esimga tushdi. Sinchkov matematik do‘stim «Qani aytgin-chi, hozirda o‘zbek romanlaridan qaysi biri XXI asrga o‘tadi?» deb so‘rab qoldi. Men bu to‘g‘rida o‘ylamagan ekanman — dabdurustdan nima deyishimni bilmay qoldim. Keyin hushimni yig‘ishtirib olib, «Navoiy» romani», deb javob berdim. «Shunaqami? Bilmadim-ov», dedi do‘stim ishonqiramay. Buni qarangki, adashmagan ekanman. Lekin o‘shanda «Qutlug‘ qon»ni ham qo‘shib aytishga tilim bormagan edi — adashgan ekanman. «Qutlug‘ qon» bugun, XXI asrda ham yashashda davom etyapti. Xo‘sh, bu romanga qanday omillar umrboqiylik baxsh etgan — qaysi sifatlari uni o‘zbek romanlari ichida eng barkamolidan biriga aylantirgan? Umuman, o‘zbek adabiyotshunoslari romanning fazilatlarini ancha batafsil tahlil qilishgan — ularni bu o‘rinda yana bir marta takrorlab o‘tirishning hojati yo‘q. Men faqat ayrim o‘rinlargagina diqqatni jalb qilmoqchiman. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, roman tom ma’noda realistik asardir. Unda faqat Yo‘lchi, Mirzakarimboy kabi yetakchi qahramonlargina emas, boshqa ikkinchi darajali personajlar ham g‘oyatda mukammal ishlangan — ularning hammasi o‘zining betakror belgilariga ega. Romanda ular qanday o‘rin tutishlaridan qat’i nazar, bir umrga kitobxon xotirasida muhrlanib qoladi. Tabiiyki, yozuvchi ular o‘rtasida Yo‘lchiga alohida o‘rin beradi, uni benihoya iliq mehr bilan tasvirlaydi. Syujet rivojida Yo‘lchi xarakteri asta-sekin ochila boradi va undagi fazilatlar marjondek tizilib, Yo‘lchining ichki dunyosini tugal ochib beradi. U ko‘p fazilatlar egasi, lekin bu uni ideal obrazga aylantirmaydi. Muallifning mahorati shundaki, u Yo‘lchi obrazini tasvirlashda romantik chizgilar va ranglarni bemalol ishlatishdan cho‘chimaydi, lekin ayni chog‘da hech bir nuqtada realizm qonunlaridan biron marta ham chekinmaydi. Natijada mardlik, tantilik, ma’naviy yuksaklik, jasorat, teran aql-idrok, olijanoblik kabi sifatlar g‘oyatda hayotiy tarzda tasviralanadi. Umuman, tabiiy shaklda namoyon bo‘ladigan hayotiylik muallif uslubining yetakchi fazilatini tashkil qiladi. Natijada Yo‘lchi shunchaki bir shaxs sifatida emas, butun o‘zbek xalqining timsoli sifatida gavdalanadi. Uning evolyutsiyasi, qishloqdan kelib shahar muhitini kashf etganki, XXI asr boshidagi o‘zbeklar o‘rtasida boshlangan yangi uyg‘onish jarayonini o‘zida aks ettiradi. Yo‘lchi o‘zining hayotiy printsiplari Mirzakarimboylar dunyosining axloqiga tubdan zid ekanini anglaydi, o‘zining ma’naviy-axloqiy aqidalari beqiyos darajada yuksak ekanini idrok etadi. Kitobxon muallif bilan birga kelajak Yo‘lchilarniki degan e’tiqodga keladi. Hayot qozonida obdon qaynagan Yo‘lchi jismonan halok bo‘lsa-da, ma’naviy jihatdan g‘olib chiqadi. U tom ma’noda uyg‘onadi, bu uyg‘onish esa milliy uyg‘onishning bir bosqichi edi. . Zarifa Saidnosirova----- Zarifa opa kimyogar-olima bo’lish bilan birga ulug’ adib Oybekning umr yo’ldoshi, eng yaqin maslakdoshi ham kotibasi edi. Oybek o’z nomi va ijodiga nisbatan yo?ilgan i?vo — bo’xtonlar natijasida u 1951 yili xastalikka chalinib, o’ng qo’lida qalam ushlashdan mahrum bo’ldi. Adibning keyingi yillardagi asarlarini oila a’zolari, ayniqsa, turmush o’rto?i Zarifa opaga ayttirib yozdirardi. Shu boisdan Zarifa opa Oybekning boy shaxsiy merosi, qo’l yozma arxivini yaratishda muhim o’rin tutdi.Agar adibning yonida Zarifa opadek umr yo’ldoshi hamnafas bo’lmaganda edi, Oybekning o’zi o’ttizinchi va elliginchi yillarning qora to’fonlarini mardona yengib o’ta olishi dargumon bo’lardi. Oybek ham shoir, ham adib. Uning ijodidan xabardor bo’lgan har qanday o’quvchi adib asarlaridagi badiiyat Zarifa opaning yurak taftidan ham baxramand ekaniga amin bo’ladi. Zarifa Saidnosirova Oybek bilan bir umr hamfikr, eng yaqin sirdosh, maslahatguy va birinchi o’quvchisi bo’lish bilan barobar o’zi ham yetuk adi-ba darajasiga ko’tarilganligi «Oybegim mening» kitobida ruy-rost namoyon bo’lib turibdi… Abdulla Oripov xotiralari ----Hayot va ijod tajribasi hali iihoyatda kam, tirik yozuvchini ko’rsa hayratga tushadigan men qatori yoshlar uchun 60-yillarda Oybek kabi ulug’ zotlar bilan uchrashnb muloqotda bo’lish favqulodda baxt edi. Biz axir maktab partasidan tortib dorilfunun auditoriyasida ham o’sha klassik yozuvchilarimiz asarlarini o’qib, savod chiqarganmiz. Studentlik paytlarimizda ko’cha-ko’ydami, yozuvchilar soyuzida, ommaviy yig’inlardami, ulug’ adiblarimizni uzoqdan ko’rib, ana G’afur G’ulom, ana Oybek, ana Abdulla Qahhor, deya bnr-birimizni turtib shivirlashar edik. Yotoqxonaga qaytgach, qolganlarga maqtanardik. Qarang, yillar o’tibdi… Men Oybek domla bilan u kishining xonadonida ikki marta uchrashganman. Ikki safar ham domlannng uylariga o’zlarining yo’qlamlari tufaydi borganman. Ilk daf’a Oybek romanlarining muharrirlaridan biri marhum Rustam Komilov boshliq bordim. O’sha yillar men G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida ishlab yurardim. Esimda, nashriyotda Rustam aka bir kun terlab-pishib, «Seni Oybek aka yo’qlayapti»,— deb qoldi. Endigina uch-to’rt narsasi e’lon qilingan, hali o’z qalamiga ishonib-ishonmay yurgan yosh shoirga shu tashrif qanchalik ta’sir qilganini tasaavvur etish qiyin emas. …Uyga kiraverishdagi zalda, devorga taqab qo’yilgan mo»jaz stol atrofida, domlaning ro’parasida anqayib o’tirgan o’sha daqiqalarimni bnr umr unutmasam kerak. Rustam aka meni tanishtirgach, domla mashaqqatli talaffuz bilan ismimni takrorladi. Qeyii ular Zarifa opa ishtirokida «Navoiy» romanining qayta nashri bilan bog’liq ba’zi tuzatishlarni muqokama qilib olishdi. Men bo’lsam, bu mo»tabar dargohda daf’atan nechun paydo bo’lib qolganimni tushunolmay hayron bo’lib o’tirardim. Shu orada Zarifa opa «Oybek adabiyotimizning o’zidan keyingi qoladigan vakillari, xususan, kenja avlodi bilai qiziqayotganinn, ba’zi birlarimizning mashqlarnmizni o’qiganligi, meni ham shu sababdan yo’qlaganinn» jasur bir kayfiyatda aytib qoldi. Domla nihoyatda tiyraklik bilai, ko’pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg’uborlik bilan opaning gaplarnnn tasdiq etdi. O’sha kungi qisqagina suhbat adabiy ijod zahmati haqida bo’ldi. Esimda, Zarifa opa «Oybek sizlarning yoshingizda kitob o’qishdan boshqa narsani bilmasdi, Navony, Pushkin, Gyote, Dantelarni juda ko’p mutolaa qilardi, kinoga kam kirardi», — deganida butun vujudimdan muzdek ter chiqib ketdi. Men garchand kinoteatrlarga hadeb kiraverishni yoqtirmasam ham bu o’gitda vaqtingni, yoshligingni behuda o’tkazma, degan pisanda-masalni ilg’agan edim. Oybek domla bu o’gitni azbaroyi ta’kid bilan tasdiqladi. Men keyinchalik juda uzoq mahal o’sha suhbat ta’sirida yurdim… Ikkinchi daf’a Oybek xonadoniga yozuvchi do’stim Nosir Foznlov bilai ikkimiz kirib bordik. Domla hovli o’rtasida oddiygina kursida, boshida qorako’l papah, yolg’iz xayol surib o’tirgan ekan. Ichkariga taklif etdi. O’sha stol atrofida davra olib o’tirdik. Nosir aka o’ziga xos chechanlik bilan Oybek domlani gapga solardi. Men bo’lsam, jur’atsiz ahvolda mum tishlaganday jim edim. Favqulodda Oybek domla menga qarab, chap qo’li bilan xitob qilib «O’qi!» — deb qoldi. O’sha kunlari Kavkazdan qaytib, «Armaniston» degan she’rimni yozib tugallagan edim. Nima bo’lsa bo’lar, deb she’rni o’qib yubordim. O’sha uchrashuv tafsilotini Nosir Fozilov «Lenin uchquni» gazetasida keyinchalik yozib ham chiqqan. Xullas, o’sha kuni mening butun umrnmga tatirlik hodisa yuz berdi: Oybek domla yozuvchilar soyuziga kirishimga tavsiya yozib berdi. Oybek ijodi atrofida yuzlab varaq mushohadayu taassurotlar yozish mumkin. Lekin hozir gap domlaning barhayot siymosini xotirlash haqida ketayotgan ekan, men ham u kishi bilan qisqa, lekin bir umr unutilmas uchrashuvlarimni esga oldim. To’g’risini aytsam, o’sha kunlarni eslash hozir men uchun bir tomoidan maroqli bo’lsa, bir jihatdan iztiroblidir. Maroqli tomoni shundaki, Oybekday ulug’ inson, ulkan adib bilan yuzma-yuz gaplashganimdan baxtiyorman, iztirobli tomoni shundaki, menkim, bir yosh shoir u zot bilan ro’baro’ kelganimda qachondir o’sha uchrashuvlarni xotira qilpb yozarman, deb o’ylabmidim… Yo'lchi obrazida mehnatkash xalq timsoli. ----- Har bir millatning tarixi ,oʻtmishi boʻlgani singari bizning ham bir kirli ,o't olov ichidagi tariximiz bor .Uni yaratib bergan asarlar orasida Abdulla Qodiriyning" Mehrobdan chayon", ". O'tgan kunlar" Cho'lponning " Kecha va kunduz" kabi asarlar qatorida .Kirli bu Vodiyni yorqin ochib bergan asarlar ichida Oybekning "Qutlug 'qon " asari ham bor. Zamon va makon o'zgarishi mumkin ,ammo bu asarlar har vaqt kitobxonning qolidan tushmaydi.Chunki bu asarni o'qiyotganimizda Yoʻlchi mi dilida biz o'zimizni tasavvur qilamiz .Asar syujetida mardikorlikka qarshi kurash aks etgan 1916 yil qalamga olingan boʻlsa-da Lekin u yerdagi davr muammolari hali ham yechim topgani yoʻq Ishsizlikdan kambagʻal xalq boylarning qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib nima desa koʻnishga majbur boʻlishi , yillar davomida bunga shoir boʻlgan adib davrni aks ettirishda qiynalmagan.Mardikorlarning hayoti ularning turmushi yaqqol aks ettirilgan .Yoʻlchi qishloqda kun kechirish qiyin boʻlgani uchun shaharga togʻasining qol ostiga ishlagani kelishi bilan asar boshla nadi. Togʻasining yer haqidagi nasihati va f'el atvori bu kishiga ishonsam bolar .Koʻrinishidan pulga pishiq koʻrinadi.Hammadan yulsa ham mendan yulmaz deya koʻnglidan oʻtkazadi . Yo'lchi , inson qadrini shu darajada tushib ketgan zamonda O'z hayoti uchun kurashgan inson,erk uchun kurashgan insondir Qamoqda yotganda Pyotr degan rus yigiti uni inqilobga kurashishga undaydi .Yozish va o'qishda bir qadar darajaga yetgan qahramonimiz millatni qoʻzgʻatuvchi kuch boʻlib yetiladi.Bir savol tugʻiladi nega? Yoʻlchi timsolida bu asriy savolga javob izlangan.Bizning fikrimizcha zamon va makon ahvolga tushganda ,asriy an'analar bitganda ,har bir boy ilm yoʻlidan yurmay balki koʻngilxushlik va. jirkanch ishlar bilan shug'ullanganda ,albatta qoʻliga qurol oladigan va oilasini yurtini himoya qiladiganlar oddiy xalq boʻlishi aniq va ravshandir. Gulnor bu kanfilikt bir asarning markaziy fikrini ifodalab berishdagi vositadir. Yosh qizning Yolchiga munosabati va ular oʻrtasidagi sevgi kitobni maroq bilan o'qigulik qilgan. Kambagʻallar hayoti bu ikki yoshni turli soʻqmoqlar ha tashladi O'lim haq .Bu dunyoda sevgisiga va erkiga erishilolmagan Yoʻlchi Faqatgina u dunyoda topadi demoqchi .Chunki barcha eshiklar Ular uchun yopiq.Faqat bittagina eshikda ular oʻzlari xohlagan bahorga erishishlari mumkin edi .Soʻngi bekat o'lim ikki ishqda ham Yoʻlchi yengildi ,ya'ni Vataniga va Gulnoraga boʻlgan sevgisi- da 3. Mirzakarimboy ruhiyati. Er kishi yer sotmaydi, yer sotgan er boʻmaydi”, degan Mirzakarimboy haq edi – yer mulklar orasida eng salmoqlisi va eng qadrlisi ekanini keksa savdogar yaxshi bilgan.Lekin u Soqoli gazlama sotish bilan oqargan ,koʻpni koʻrgan mullo boʻlishi mumkin .Ammo o'z qarindoshini xizmatkor qilib ishlatishdan ham tap tortmagan pastkash kimsa sifatida bizning ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.O'g'illarini Hakimboyvochcha paxta sanoati boʻyicha katta yutuqlarga erishayotgani unga gurur bersa,kichik o'g'li Salimboyvachchaning aysh ishratdan boshi chiqmasligi ta'b- ni xira qiladi. Xakimboyvachchaga bir maslahat berishida ham Uning qanday shaxs ekanini koʻrishimiz mumkin. Unda o'gli yangi korxona mujdasini olib kelganda .U oʻziga xos bir avlod misoli Nasihat beradi:" Balki yangi korxona qurish shartmasdir .Bizga u tekinga tushar. Yana ishchilarni ishlatishda men qoʻllagan yolni tut .Haqini qishda ber ,shunda ular oyoqlariga zanjir urgan bo'lasan .Paxtani ham dehqondan ol birinchi qoʻl sen bol bu ishlar ni ,aytganimday qilsang ,albatta oshigʻing olchi boladi bo'tam " deya soylangan insofsiz ,vijdonsiz soʻzlar asarda ruhiyatni , Kitobxon tafakkurida u zamonlar qoʻgʻirchoqlarini kim o'ynatgani tog'risida maʼlumotga ega bo'ladi. Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam edi: hamma boylar kabi, ayyor, mug‘ambir, puxtapishiq; u yuraksiz emas, balki har ishda ehtiyotkorlikni ma’qul ko‘rar edi. Mana shular orasida u, kamtarin mahalla baqqolining o‘g‘li Karim chittak – kichkina, lekin harakatlari chaqqon va ildam bo‘lganidan, yoshlikda shunday laqabi bor edi – hozir kimsan Mirzakarimboy!...» Boy o‘z umrida ko‘pni ko‘rgan, ko‘pni tanigan, turli shahar va turli odamlar bilan muomala qilgan, uning qo‘lidan juda ko‘p xizmatkor, qarol chorakor va hokazo o‘tgan. Shuning uchun odamni tez anglab olar edi. O‘zining bu xislatiga chuqur ishonar, bu bilan boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rar edi), ba’zi vaqt ichidan faxralanardi. 4) Yormat ruhiyati---- Asriy zanjirlar ichida qulogʻini qabul qilgan
Yermat yo‘lchi bilan yonma-yon yurib eski tanish kabi undan-bundan so‘zlashib bordi. U qirq besh yoshlarda, novcha, chayir odam; yuzida siyrak cho‘tir izi qolgan, soqol, mo‘ylovlariga anchagina oq tushgan edi. Shu kabi tariflar bilan u inson asarga kiritiladi. Yormatning bir xususiyati borki , beixtiyor undan jirkanasiz. Mirzakarimboy xonadonida u oʻzini boshqa qarol, xizmatkorlardan baland tutadi. Boy yerga juda o'ch boʻlgani uchun yeri ham shunga yarasha edi. Yormat boyning am ishloqdagi katta yeriga kelganda u yerdagi insonlarga koʻrsatgan muomalasi bizni o'tgan cho'mdiradi .O'roz , Qirg'iz bola va Shoqosim kabilarga Tinimsiz bir nimalarni buyurar. va buyruqlarni boydan olganiga ishontirishga harakat qilar edi.Vaholanki u yerdagi ishchilar Yormatdan oʻzi toʻqib chiqargan degan fikrda boʻlib undan nafratlanadilar. Uzoq yil xizmat qilgansiz. Pul oylikmi yoki yillik deb savol bergan Yolchiga taqdirga tan bergan inson kabi togʻangiz bilan shu qadar yaqinmizki, bunga pul aralashmaydi. U inson mening. Valene'matimdir ,agarda ular boʻlmaganida edi .Men allaqachon oilam bilan marmartosh egasiga aylanardik.Kafansiz komilardik .Ular bizni qutqardilar Qolaversa Bogʻning bir burchagidan "hashamatli" uy qurib berdilar Ular oldida qarzim katta .Bu qarzni hozirga qadar uzib yuribman kabi javobi bullut ostida yashirin boʻlgan u sirlarni bizga oshkor etadi. Soddalik,yoʻqchilik bilan bir qatorda jizzakilik , sharfsizlik nomussizlik hamma - hammasi bu obraz ostida ochib beriladi. 5.) Asardagi ayollar obrazlar. tahlili. Gulnor – sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, so‘zi ham, odob-axloqi ham, yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiylik va soxtalik yo‘q ammo Gulnor huquqsiz. U Yo‘lchini jonidan ortiq sevadi; uning qalbi to‘la pok muhabbat. Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy-psixologik holatlari yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalangan. Gulnorda o‘zbek qizlariga xos go‘zallik, ibo-hayo, kamtarlik, o‘zgalarning ko‘nglini og‘ritmaslik, ular bilan dardlashish, mehnatkashlik xusuiyatlari jamlangan. Gulnor yuqorida aytganimizdek o‘sha davr xotin-qizlari kabi u ham xuquqsiz, shu sababli u Yo‘lchini jondan ortiq sevgani holda otasining qistovi bilan qari chol Mirzakrimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Otasi uni «yaxshi yashaysan, yaxshi yeb, yaxshi kiyinasan» deb o‘zi xizmat qilayotgan boyga ikkinchi xotin qilib beradi. Gulnor o‘zining taqdirini bunday hal bo‘lishini onasidan eshitib dong qotdi. «Bundan ko‘ra o‘lganim yaxshi ayajon, menga o‘lim tilang» deyishi sevgi to‘la qalbiga birdan qora bulutlar kela boshlaydi. Gulnor uch kunni jahannam azobida o‘tkazadi. Onasidan mash’um xabarni eshitgandan buyon tinmay yig‘laydi, qaynoq ko‘z yoshlari bilan yuz-qo‘llarini yuvib qayg‘u alangasida tutaqib yonadi. Mirzakarimboyga xotin bo‘lish uning hayotiga shu vaqtgacha bir lahza kelgan edi, Gulnor balki bunchalik o‘rtanmagan bunchalik vahimaga, sarosimaga tushmagan bo‘lar edi. Gulnorning ichki kechinmalarini adib mahorat bilan tasvirlagan: «Qiz o‘z qalbini Yo‘lchiga bag‘ishlagan edi. Agarda butun vujudini, butun «men»ligini u yigitning ishqi to‘ldirmagan bo‘lsa edi, kambag‘al qizlarning boshidan, ayniqsa ularning go‘zallari boshidan ko‘p vaqt chamanlar barbod qilib kechgan do‘l bo‘roni kabi, bu dahshatli ofatni, u ehtimol bir taqdir, bir zaruriyat, bir o‘lim kabi daf etilmas hodisa deb tushunar, balki kamtarinlik bilan bo‘ynini bukkan bo‘lar edi. Gulnor nima qilsin? U yaralarini kimga ochsin? Ostonadan xatlab chiqishga haddi yo‘q. Uyda hamma narsa unga yod, hamma narsa kar, otasi begona, hatto onasi ham begona kabi». Gulnor taqdirining bunchalik beshavqatligidan kuyinadi. O‘z sevgani Yo‘lchiga yetisholmasligidan aziyat chekadi. Uni boylik qiziqtirmaydi, balki sevgani Yo‘lchi bilan xarobada bo‘lsa ham kamtaringina hayot kechirishni orzu qiladi. Ammo nima qilsin? Gulnor ham taqdir hukmiga tushib oxir-oqibat Mirzakarimboyga turmushga chiqadi. Asarda xotin-qizlar ruhiyati talqini Bundan keyingi hayot, Mirzakarimboydagi turmush Gulnor uchun haqiqiy jahannam kabi. Bu uydagi hamma narsa unga yot, uydagi narsa-buyumlar, zeb-ziynatlar u uchun begona, yot sovuq ko‘rinadi. Gulnor butun yuragi bilan Yo‘lchiga maftun, uning ko‘ksiini baxtsiz sevgi to‘ldirgan. Gulnor uchun umrining eng ma’sud, eng unutilmas, eng yorqin damlari endi Yo‘lchi bilan birga kecha-kunduz birga yashagan xarobagina hujrada garchi ming tahlika, qo‘rquv ostida qamalib o‘tirishga, nihoyat tutilishga to‘g‘i kelgan bo‘lsa ham o‘sha go‘zal shirin tuyg‘ular bo‘lib qoladi. Gulnorni Mirzakarimboyning boyligi-yu, obro‘si qiziqtirmasa ham tabiiyki boyning farzandlari Gulnorni «shumqadam» deb uni yo‘q qilish payiga tushishadi va oxir-oqibat Gulnorning zahar to‘la hayotini yana zaharlab o‘ldirishadi. U o‘layotgan chog‘ida ham boylarning zulmidan nolib, sevgilisi Yo‘lchini eslaydi, uning oxirgi gaplari quyidagi jumlalarda juda ta’sirli qilib keltirilgan: « - Aniq u... Umrim zaharlangandi, endi qutulaman. Bular hammani zaharlaydi. U qamoqda... Hammani zaharlaydi bular, hammani. Oyi o‘laman. Yo‘lchini ko‘rmadim armonim shu oyi kechiring...» Xullas, Gulnor hayoti fojea bilan tugaydi. Adib Gulnorning ichki dunyosini dardi, his-tuyg‘ulari, ko‘ngil kechinmalarinigina emas, balki uning atrofida kechayotgan keskin sinfiy kurashlar belgilagani, Gulnor ham o‘sha davr hukmiga tushganini ruhiy psixologik holatlarni yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalagan. Gulsumbibi – Gulnorning onasi. Gulsumbibi asarda o‘zi bir olam sifatida namoyon bo‘ladi. U – mushfiq, mehribon ona, Gulsumbibi har narsadan odamgarchilikni ustun qo‘yadi. Qizini tushunadi, u yig‘lasa yig‘laydi, kuysa kuyinadi va ayaydi. Shu sababli u boyning mulkiga uchmaydi, qizini Mirzakarimboy xotinlikka olmoqchi ekanini eshitgach ruhan qiynalib ich-ichidan eziladi. Birinchi kun qizi bilan birga yig‘lashadi, lekin u taqdir temirini sindirishdan ojiz ekanini tez anglaydi. Erining rayiga qarshi borishdan foyda yo‘qligini biladi va ko‘nikadi. Uning yuragi qanchalik iztirobda, azobda bo‘lmasin lekin u endi qizining ko‘z yoshlarini tindirish uchun faqat nasihat qiladi, yupatadi, otinoyi, eshonoyilardan eshitgan «kitob» so‘zlarini gapiradi: «Bu dunyoda alamzada, dardkash bo‘lgan xotinlarni qiyomatda Bibi Fotimaning o‘zlari jannatga boshlar ekanlar» - deb qizini noiloj ovutadi. Ona bola bu musibatdan qattiq kuyinadi. Gulsumbibi qizining taqdiridan nolib: «Sho‘rim qursin, kampir xotinni uzatganday to‘rtta-beshta xotin bilan birga malikaday qizimni olib chiqarmishman, eshigimga karnay-surnay bilan, bir to‘da yigit bilan kuyovim kelsa, ustidan sochiq sochilar, kuyovimning boshiga jig‘a taqsam, degan orzularim bor edi... Domla imon bilan so‘fi kelib nikoh uqirmish, man o‘lgur qizimni yetaklab «yor-yor» yo‘q, shovqin-suron yo‘q, suv quyganday jimgina chiqararmishman, shappayib...» Gulsumbibi obrazida o‘sha davr onalariga xos itoatkorlik ham, zahmatkashlik va mehribonlik ham yorqin aks etgan. Unsin – Yo‘lchining singlisi bu qiz o‘n besh – o‘n olti yoshlar orasida bo‘lgan qoramtir, lekin toza, sog‘lom yuzli, ko‘zlari bolalarcha o‘ynoq, sho‘x, jingalak sochli, bo‘ychan, qishloqcha sodda, samimiy bir qiz bo‘ladi. Unsin obrazini akasiga mehribon singil, dardkash dugona, mehnatkash, kamsuqum, kamtargina qiz sifatida ko‘ramiz. Unsin ham davr qiyinchiliklarini hali yoshgina bo‘lishiga qaramasdan erta tatib ko‘radi. Onasidan erta ayrilib, akasiga ergashib shaharga keladi, Mirzakarimboynikida u ham akasi singari xizmatkor bo‘ladi. U mehnatdan qochmaydi, balki boylardan qochadi. Chunki bu uydagi muhit uni bug‘adi. Mirzakarimboyning kelinlari unga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi, uni cho‘riga aylantirib oladilar. Bu uyda unga yagona bir sirdosh, dardkash Gulnor bo‘lib qoladi. Ular ikkalasi bir-biriga bog‘lanib, suyanib qoladilar. Yo‘lchi boyning uyiga singlisining holidan xabar olish uchun kelganida Unsin akasidan uni bu yerdan olib ketishni so‘raydi, sababi boyning o‘g‘li Salim boyvachcha tegajog‘lik qilayotganini, bu uyatsiz odamlardan har balo kutish mumkinligini va Gulnordan ayrilgisi kelmasa ham Salimboyvachchaning ko‘ziga qayta ko‘rinmasligini aytadi. Uyatchan, sodda, samimiy singlisini bu zulmkorlar qo‘lidan tezroq qutqazish uchun uni bu uydan olib ketadi. Unsin ham o‘sha davr ijtimoiy muhitiga asardagi boshqa xotin-qizlar singari tushadi. Davr qiyinchiliklarini Shokir ota, Robiya xola va akasi qatori boshidan o‘tkazadi. Shokir otaga mahsi tikishda yordamlashib, uning og‘irini yengilltashida, birovga boqimanda bo‘lib qolmaslikka tirishadi. O‘zining soddaligi, halolligi, pok qalbi bilan yon atrofdagilarning mehrini qozonadi. Xushro‘ybibi Yo‘lchining onasi. Saida bu obraz mehnatkash, kamtarin, mehribon ona, davr qiyinchiliklaridan zahmat tortgan, kambag‘allik yukida aziyat chekkan obraz sifatida gavdalanadi. Eri vafot etgandan so‘ng moddiy yordamga muhtoj bo‘lib qoladi va tog‘asi Mirzakarimboy huzuriga o‘g‘li Yo‘lchini yuboradi. Vaholanki bu tog‘a ma’naviy dunyosi ham nopok va qarindoshlik tuyg‘usidan ham mahrum edi. U «Xotin erning quli, xotinning ko‘ngliga, raiga qarab ish ko‘rgan erkak – odam emas» - deydi. Xushro‘ybibi obrazi asarda kam ko‘rinadi ammo o‘quvchida yaxshi taasurot qoldiradi. Lutfiniso – Mirzakarimboyning xotini. Bu obrazning harakteri uning gap so‘zlaridan yaqqol bilinib turadi. Lutfinisoni ijobiy obraz deb ololmaymiz, chunki bu obraz o‘ta manman, o‘zini hammadan ustin qo‘yadigan, kambag‘allarni mensimaydigan boy bir dimog‘dor xotin sifatida gavdalanadi. U asar boshidanoq o‘quvchida unga nisbatan salbiy taassurot qoldiradi. Yo‘lchi qishloqdan onasi berib yuborgan qurutlar solingan xaltani jirkanibgina, ushlagisi ham kelmay nevaralariga qarata «bu tosh qurut jig‘ildonlaringni teshib yuboradiku» deb Yo‘lchini noqulay vaziyatga soladi. Lutfiniso o‘zi boy bo‘lgani uchun u kambag‘allarning har nimasini masxara qilishga, ularni har jihatdan o‘zlaridan past tutishga, kamsitishga odatlangan xotin bo‘ladi. Lutfiniso, Gulsumbibi va Gulnorni juda ozoda, pokiza ekanliklarini ko‘rpa-yostiqlari eski bo‘lishiga qaramay, har vaqt toza tutilishini juda yaxshi bilsa-da, ularga yaqin bo‘lmaslikni qizi Nuriga tayinlab shunday deydi: Ux, bay-bay, o‘zing bilasan bolam ko‘p o‘tirma... Ha tag‘in, - onasi juda sekin pichiraydi, bit-miti kirmasin ehtiyot bo‘l!» Lutfinisoning shu so‘zlari orqali uning naqadar dimoqdor boylikka, pulga, zebu-ziynatga o‘ch xotin ekanini ko‘ramiz. Bundan tashqari Lutfiniso qizi Nuri uchun bir dunyo sandiq-sandiq zebu-ziynat yig‘adi, qizining baxtini shu matoqlarda deb biladi. Nurining baxtini shu boyliklar bilan o‘lchaydi. Adabiyotshunos T. Boboev xarakter haqida gapirib, “Xaraker, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o‘z individual hatti-harakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo‘ladigan insonning aniq tasviri.” Romanda Lutfiniso bilan uning qizi Nurinisoning harakteri deyarli bir xil. Ular har ikkalasi ham o‘zlarining baxtidan boshqa hech kimning baxtini o‘ylamaydigan, hatto ona-bola ikkisi Gulnorni g‘iybat qilishib, «Gulnor bilan Yo‘lchi o‘ynash» deya unga tuhmat qilishdan ham toymaydilar. Xullas, Lutfiniso obrazi uncha-munchani nazar-pisand qilmaydigan ayol. Romanda Mirzakarimboyning qizi – Nuriniso obrazi ham bor. Gulnor go‘zallik va samimiylikning ramzi bo‘lsa, Nuriniso ichki qoralik va shumlikning, battollik va yomonlikning, behayolik va urushqoqlikning, o‘jarlik va xudbinlikning timsolidir. Nurining qiliqlari va hatto harakatlari uning so‘zlaridagi behayolik, yengiltaklik bu obrazning salbiy ekanligidan dalolat beradi. Boy qizi bo‘lgani uchun hamma narsani o‘z bilganicha oxirini o‘ylamay o‘lchayveradi. U dastlab Yo‘lchini ko‘rganidan keyin unga o‘z muhabbatini izhor qiladi. Hilvatda u bilan uchrashib, quchoqlash va o‘pishga sodda dil qishloqi Yo‘lchini majbur qiladi. Bu bilan u yigitning his-tuyg‘ularini o‘yinchoq qiladi. Nurining dardi, es-xushi faqat erga tegish onasi singari sep uchun mol-dunyo yig‘ish bo‘ladi. Nuri keyinchalik boshqa bir xuddi o‘zlari singari boy yigitga turmushga chiqadi va hech nima bo‘lmagandek Yo‘lchiga to‘yini maqtaydi. Nuri ham onasi Lutfiniso singari pulga, mol-dunyoga o‘ch makkora, ma’naviy qiyofasi xunuk obraz. Oybekning obraz yaratish mahorati xuddi shu Nuri timsolida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Yo‘lchi bilan Gulnor o‘rtasidagi sof va musaffo sevgiga g‘ov bo‘lishga intilgan, inson burchi va qadr qimmatini oyoq-osti qilgan, o‘zi baxtli bo‘lmaganidek ularni ham baxtsiz bo‘lishini istaydigan Nurining ma’naviy qiyofasini juda go‘zal chizib bergan. Zotan yozuvchi har bir obrazning o‘z fe’l-atvoriga, o‘z ruhiyatiga xos bo‘lgan shunday qiliq va harakatlarni topib ishlatadiki, bular shu vaziyatga butunlay mos tushadi va g‘oyat tabiiy tarzda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, Nuri o‘z to‘yidan mamnun, balki xursand, tezroq erga tegish istagi kuchliligida to‘y kuni o‘zga uyga kelin bo‘lib, ota uyini tark etayotgan bo‘lsada, soxtagina, nomiga ko‘z yosh qiladi. Uning bu kabi xatti-harakati onasi Lutfiniso vafot etgandan keyin har doim ota uyiga kelishdan, qo‘shnilar ko‘rishi uchun ko‘chaga kirgandan uvvoz solib kirib kelishlari, Nurida samimiylik tuyg‘usidan nishon ham yo‘qligini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra asardagi obrazlarning tilidan uning kimligi – fe’l-atvori, ong tushunchasi, ichki va tashqi tushunchasi yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Romanda Gulnor, Nuriniso, Lutfiniso, Xushro‘ybibi, Unsin obrazlaridan tashqari yana bir epizodik obrazlar ham ustalik bilan yaratilgan. Asarda epizodik obrazlardan Gulandon, Tursunoy, Oysara, Sharofat, Mariya, Robiya xola, Saodat kampir, Anna Mariya kabi obrazlar mavjud. Bu obrazlarning har birining tabiati o‘ziga xos ma’naviy qiyofasi. Xatti-harakati va tashqi ko‘rinishi jihatdan bir-biridan yaqqol farq qiladi. Romandagi Gulandon obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu obraz avval obraz bo‘lib keyinchalik taqdir-taqazosi bilan boshidan ko‘p qiyinchiliklarni kechirib, yaxshi-yomon odamlarga duch kelib, oxir hammasiga qo‘lsiltab hayot kechirish uchun buzuqlik yo‘liga kirib ketgan bir obraz sifatida ko‘ramiz. Gulandon bunday turmushga nafrat qilar, bu iflos doiradan, faxsh uyasidan qutilishni istar, ukalarini sog‘inar, ularni o‘z bog‘iga olib har qanday mashaqqatlarga chidab, tiriklik toshini o‘z qo‘li bilan aylantirishni orzu etardi, lekin u mirza yigitga aldanib, Toshkentga kelganidan buyon u butun nafratiga qaramay, faxshning mast qiluvchi dudiga istar-istamas, ko‘proq qayg‘udan, alamzadalikdan o‘rgana boshlagan edi. Hasratini dutor va qo‘shiq bilan eritishga tirishar edi, «Dutor bo‘lmasa bu zindonda yuragim yorilib o‘lar edim, bir qarichlikdan dutorni sevar edim. Bir qo‘shni kelinchakdan o‘rgangan edim. Ko‘p chalaberma, buzilib ketasan, derdi onam boyaqish, aytgani keldi... Lekin ayb dutorda emas...» Tursunoy va Sharofat obrazlari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak bular Mirzakarimboyning kelinlari ya’ni Hakimboyvachcha va Salimboyvachchalarning xotinlari. Ular ham qaynonasi singari kambag‘allarga past nazari bilan qaraydigan, Mirzakarimboy Gulnorga uylanganidan keyin Gulnorni umuman xushlamaydigan obrazlardir. Asarda Saodat kampir obrazi yozuvchining unga bergan ta’rifidanoq uqib olamiz. «Saodat kampir uchun yoshiga qaramay, hali egilmagan, oriq lekin suyakli, qiyg‘ir burunli, harakatlaridan shijoatli va chaqqon ekani bilingan erkaksimon bir xotin edi. Uning kichik ko‘kishroq ko‘zlari og‘ir mehnat, jafokashlik, sabr va qanoat bilan to‘lgan hayotining baxtsizlikka qiyinchiliklarga qaramay, o‘z g‘ururini yo‘qotmagan uzun umrining tarixini jonli ifoda qilar edi». Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki «Qutlug‘ qon» romanidagi xotin-qizlar obrazi yozuvchi tomonidan obrazlarning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ularning harakterlari, yurish-turishi, so‘zlari, xatti-xarakatlari, xulq-atvori va tashqi ko‘rinishlari orqali yorqin tasvirlarda aks ettirilgan. Yozuvchi o‘sha davr ijtimoiy muhit, zamondagi qiyinchiliklar, xotin-qizlarning erksizligi, huquqsizligini romandagi voqea hodisalarda qahramonlarning davr taqazosiga ko‘ra bu ko‘ylarga tushishi haqqoniy tarzda aks ettirib bera olgan. Romandagi xotin-qizlarning har biri o‘ziga xos xarakterga, xulq-atvorga egaligi holda hech biri takrorlanmas, bir-biridan yaqqol farq qiladi. Romandagi obrazlar ya’ni qizlar boy-kambag‘al bo‘lgani kabi ikki toifaga ijobiy va salbiy obrazlarga ajratsak ham bo‘ladi. Chunki yuqoridagi obrazlar tahliliga to‘xtalar ekanmiz o‘z-o‘zidan ularni ikki toifaga ajralganini ko‘ramiz.Oq va qora shunga koʻra tasniflagan. 6) Jadidlarning ta'siri . Oybekning Qutlug' qoni Choʻlponning "Kecha" va" Kunduz" ga juda yaqin .Chunki Choʻlpon Oybekning ustozi ,yelkadoshi boʻlgan. Masalan: Jadidlar haqidagi asar boshidagi Abdulqodirning nutqi va fikri aynan Choʻponiing asaridagi kabidir. Abdulqodir doim oʻqishni va ta'limni birinchi planga qoʻyishni va avvalo, boylarning oʻgʻillari oʻqib yurtga foydasi tegadigan insonlar boʻlishini xohlaydi Uning yaqin 3-4 yilda bu millat uchun ,kambagʻallar uchun taʼlim olishini tassavur qilolmaydi .Och yalongʻoch qolgan bu bu millatni faqatgina millat zodigonlarining marifatga ,ziyofat eʼtibori qutqarib qoladi degan fikrga keladi shu yillarda bir advakat, 2 prakror,3,4 injiner chiqsa ham shukur deymiz deb oʻylaydi Gazataning roli haqida ham qiziq voqealar boʻlib oʻtadi. Mirzakarmboyning uyida Hakimboyvochcha ,boy bilan suhbatda bu yaqqol namoyon boʻladi.Gʻazetaning nima ekanligini johil boyga tushuntirishi juda qiyin boʻladi. Baribir u faqat xushomadgoylik uchun oʻylab to opilgan ichi boʻsh soʻz deb oʻylay di .Boshqa millat vakillarining bizni haqorat qilishi ,sart bir vahshiy hayvon deyishi ,tahqirlanishimiz butun asar davomida davom etadi.Qimorxonadagi ruslar nutqida sirti pas millat va madanyatdiz oʻlka deya hurmatsizlik qilgan .Abduqodir ularning bu kabi millatning tashqi tarafdan qarar ammo bir farq shu ediki .U millatning ich -ichidan bilgsn ,oʻzgarishga moyil bir insondir. Download 24.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling