Qudrat Hikmat (1925-1968) Toshkent
Qudrat Hikmat 1925-yilda Toshkentda tug’ilgan. Onasidan erta ajralgan, otasi dehqonchilik bilan shugullangan mehnarkah kishi edi. Unga Oybek va Quddus Muhammadiy kabi insonlar bo’lajak shoirga mehribonlik ko’rsatishdi. 1945 yildan boshlab uning she’rlari “Gulxan’’ va “Sharq yulduzi” jurnallarida chop etila boshladi.
Uning birinchi she’riy to’plami “Mening Vatanim” 1950 yilda nashr etilgan. Shundan so’ng ketma ket “Baxtli bolalar”, “Tinchlik- obodlik”, “Do’stlik”? “Uch o’rtoqning sovg’asi”, “Nabira mehri” kabi asarlari yaratiladi. Uning asarlari do’stlik, tinchlik, o’aro birdamlik, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a suradi. She’rlaridagi bolalarcha samimiylik. Beg’uborlik va to’g’rilik shoir asarlarining jozibali bo’lishini ta’minlaydi/ Qudrat Hikmat mohir tarjimon sifatida S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto kabi rus shoirlarining she’rlarini o’zbekchaga o’girgan. Shoir 1968 yili og’ir betoblikdan so’ng 43 yoshida vafot etgan. Ammo: Olmos mening yuragim, Tolmas mening yuragim. Kim aytadi she’rimda Qolmas mening yuragim- deganidek, shoir o’z sherlarida uzoq yashash baxtiga muyassar bo’gan ijodkorlardan sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Baxtiyor.uz sayt va wikipedia
Do'stlaringiz bilan baham: |