O’. Hoshimov asarlari misolida
Download 65.46 Kb.
|
kurs ishi Otning morfologik belgi xususiyatlari — копия
II BOB.OT VA MORFOLOGIYA
2.1.Morfologiya haqida umumiy ma'lumot Morfologiya bolimida soz shakllari va kategoriyalari, soz shakllarini tasniflash tamoyillari haqida, sintaksisda esa soz shakllarinnng gap tarkibida ozaro birikish yollari, gap va uning kategoriyalari, gapning tuzilish tiplari haqida bahs yuritiladi. Soz shakllarida morfologik va sintaktik ma'nolarning uyg’unligi korinadi. Morfologiya grek. morfos «shakl», logos «ta'limot» sozlaridan olingan bolib, soz shakllari hadidagi ta'limotdir. Demak, morfologiyada soz shakli tushunchasi markaziy orinni egallaydi. Soz atamasi tilning leksik sathiga mansub bolgan birlik uchun ham, morfologik sath birligi uchun ham qollaniladi. Leksik sath birligiga nisbatan qollanilganda leksemaga, morfologik sath birligiga nisbatan qollanilganda esa soz shakliga teng keladi. Soziing grammatik ma'no ifodalovchi vositalarisiz qismi leksema sanaladi. Boshqacha aytganda, har qanday soz ozgarish paradigmasida paradigma a'zolari uchun umumiy bolgan qism leksema sanaladi. Agglyutinativ tillarda leksema, asosan sozning asos qismiga teng keladi. Masalan, ishining, ishni, ishga, ishdan, ishda soz shakllari uchun umumiy bolgan qism ish leksemaga teng keladi. Sozning grammatik ma'no ifodalovchi grammatik morfemalar sistemasi grammatik paradigma hisoblanadi. Masalan, kitobim, kitobing, kitobi otlarning egalik paradigmasi sanaladi. Paradigmaning muayyan bir a'zosi soz shakli hisoblanadi. Paradigma a'zolari oz ichida ozaro zidlik munosabatida boladi. Ana shu munosabat u yoki bu paradigma a'zosini togri tavsiflash va uning sistemadagi qiymatini togri belgilash imkonini beradi. Masalan, qalam sozining birlik shaklda ekanligini otlarning son paradigmasidagi qalamlar shakliga qarab belgilaymiz. Yoki shu sozning bosh kelishikda ekanligini otlarning kelishik paradigmasidagi qalamning, qalamni kabi shakllarga qarab anglaymiz. Bundan korinadiki, har bir paradigma asosini ozi tashkil etgan a'zolari ortasidagi zidlanishlar tashkil etadi. Zidlanishlar paradigma a'zolarining yashash va rivojlanish asosidir. Har bir zidlanishda umumiylik-xususiylik dialektikasi namoyon boladi. Zidlanuvchi a'zolar birlashtiruvchi va farqlovchi semalar majmuasidan iborat boladi. Birlashtiruvchi sema zidlanuvchi a'zolarni ma'lum sinfga birlashtirish uchun xizmat qilsa, farqlovchi semalar ma'lum sinf tarkibidagi a'zolarning ozaro farqlanishini, oziga xosligini bildira-di. Masalan, qalam, qalamning, qalamni kabi soz shakllari kelishik umumiy grammatik semasi (birlashtiruvchi sema) bilan kelishik paradigmasiga mansubligini bildirsa, qalam va qalamning ortasidagi farqlovchi sema (birida nol korsatkichli sema, ikkinchisida qaratqich semasi) ularning oziga xos belgilarini ochish uchun xjzmat qiladi. Zidlanish turlari. Har bir morfologik soz muayyan shakllar sistemasini paradigmani hosil qiladi. Masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda soz shakllari kelishik paradigmasini tashkil etadi. Paradigmaning har bir a'zosi shu sozning shakli sanaladi. Demaq soz shakl (morfologik soz) ikki va undan ortiq morfemaning sintagmatik munosabatidan tashkil topgan butunlik [M+M] gapga tayyor qolda olib kiriluvchi funktsional birlikdir. Hatto bir morfemadek tuyulgan kitob, qalam kabi sozlar ham morfemik jiqatdan ikki morfemadan tashkil topgan butunlik sanaladi: [kitob + M] M qis-mi - bosh kelishik birlikni ifodalovchi nol shakldir. Morfologik soz morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil topar ekan, demak, sozning qurilish birligi morfema varianti sanaladi. Shuning uchun morfologiyada morfema va uning varianti tushunchasi markaziy orinni egallaydi. Tilning eng kichik ma'noli birligi morfemadir. Morfema ijtimoiy-ruhiy mohiyat bolib, bevosita kuzatishda nutk jarayonida bir nechta variantlar orqali namoyon boladi. Morfemaning nutq tarkibida bir necha korinishlarda namoyon bolishi allomorflar yoki morfemaning variantlari sanaladi. Masalan, qishlogimizga soz shakli hozirgi ozbek tili nuqtai nazaridan uch allomorfning (tarixiy jihatdan tort allomorf: qish +log+ imiz + ga) sintagmatik munosabatidan tashkil topgan butunlikdir: qishlog + imiz + ga. Variantlar namoyon bolish shart-sharoitiga kora bir necha turga bolinadi: 1) kombinator variantlari; ' 2) pozitsion variantlar; 3) fakultativ variantlar. . 4) dialektal variantlar Morfemalar mazmun va vazifasiga kora tort turga boli-nadi: ) leksik morfemalar; 2) soz yasovchi (derivatsion) morfemalar; 3) grammatik ma'no ifodalovchi morfemalar (grammemalar); 4) oraliq morfemalar (undov, mimema, modal morfemalar) Leksik morfemalar sozning borliqdagi narsalani nomlash vazifasi bilan bog’lanib turadi. Masalan, qalamni soz shaklining qalam qismi shu sozning denotativ ma'nosiga va umumiy predmetlik ma'nosiga ishpora qiladi. Leksik morfemalarda leksik ma'no bilan grammatik ma'no uygun holda ifodalanadi. Bu vaqtda leksik morfemalarda umumiylik-xususiylik dialektikasi namoyon boladi. Grammatik manosi bu leksik morfemaning ma'lum umumiylikka (predmet, harakat, belgi, miqdor va boshq.) mansub ekanligini korsatsa, leksik ma'nosi shu umumiylik tarkibidagi qaysi narsaning nomi ekanligini bildiradi. Masalan, qalam leksik morfemasi predmetlikni bildirish bilan birga, predmetlik sinfiga mansub bolgan, qol bilan yozish uchun moljallangan oquv quroli nomini ham bildiradi. Morfologiyada morfologik ma'no, morfologik shakl va morfologik kategoriya tushunchalari katta ahamiyatga ega. Ular ozaro boglikda bolgan, bir-birini taqozo etuvchi tushunchalardir. Grammatik ma'no leksik ma'nodan farqli ravishda borliqdagi narsa va hodisalarning umumlashgan ma'nolarini va ular ortasidagi munosabatni bildiradi. Masalan daraxt sozi «boydor, tanadan, shoxlanuvchi kop yillik osimlik» leksik ma'nosidan tashqari predmetlik ma'nosiga ham ega. Bunday ma'noga faqat daraxtlargina emas, balki kim yoki nima sorogi-ga javob boluvchi jami jonli - jonsiz narsa va qodisalar }ham ega boladi. Ana shu umumiy ma'no ham grammatik ma'no sanaladi. Bu ma'no leksema ma'nosi bilan bevosita aloqador va borliqdagi umumiy narsa va hodisalarning inikosidir. Bu ma'no leksemaning ozidan bilinib turadi. Shu bilan birgalikda daraxt sozi bosh kelishiq birlik ma'nosini hami fodalaydi. Bu ma'nolar esa kelishik paradigmasida boshqa kelishiklarga nisbatan va son paradigmasi koplikka nisbatan aniqlanadi. Shuning uchun keyingi ma'no munosabatda namoyon boladi va sistema hosil qiluvchi belgi sanaladi. Hozirgi o'zbek tilida bolganidek, eski ozbek tilida so'z turkumlarining yirik uch guruhi qayd qilinadi. Bular mustaqil sozlar, yordamchi sozlar, undov va taqlidiy sozlar. Lekin bu soz turkumlarining ichki kategoriyalari uzoq davrlar mobaynida o'ziga xos ravishda taraqqiy etib keldi. Professor SH.Shukurov bu tarixiy taraqqiyotni uch bosqichga ajratadi: Birinchi bosqich. Bu bosqichni XIV asrning oxirigacha bolgan davr tashkil etadi. Bu davr eski ozbek adabiy tilining shakllanish arafasi bolib, bu davr tilida qadimgi turkiy tilga oid kopgina formalar yangi formalar bilan parallel qo'llanib kelgan hamda yozma yodgorliklarda dialektal hodisalar koplab aks etgan. Shuningdek, bu davr tilida boshka turkiy tillarga oid bo'lgan soz formalari ham iste'molda bolgan. Ikkinchi bosqich. Bu bosqich XIV asrning oxiridan XIX asrning 2-yarmigacha bo'lgan davrni oz ichiga oladi. Bu davrda eski ozbek adabiy tili vujudga keldi va ma'lum darajada adabiy me'yorga ega boldi. Uchinchi bosqich. XIX asrning 2-yarmidan boshlanadi. Uning xarakterli xususiyatlari adabiyotda demokratik oqimning paydo bolishi, vaqtli matbuotning vujudga kelishi, kitoblarning nashr etilishi va shularning natijasida esa adabiy til bilan xalq sozlashuv tilining yaqinlasha borishidir. Demak, ozbek adabiy tili xalq jonli sozlashuv tili hisobiga boyib bordi. Download 65.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling