Gumanitar fanlar fakulteti O‘ta 19/1 guruh talabasi Valiyeva Shahrizoda Sherali qizining erkin vohidov hayoti va ijodini o’rganishda musiqaning o’rni mavzuidagi kurs ishi


“Ruhlar isyoni” dоstоni tahlili va unda musiqaning o’rni


Download 89.94 Kb.
bet4/7
Sana13.01.2023
Hajmi89.94 Kb.
#1092056
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Erkin Vohidov

2.1 “Ruhlar isyoni” dоstоni tahlili va unda musiqaning o’rni.
XX asr o’zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin Vohidov ijodi o’ziga xosligi va ko’p qirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijodiyotini qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiylik, tarixiylik kabi ezgu g’oyalar tamoyili beixtiyor kitobxonni poetik mushohadaga chorlaydi. Hayot haqiqatini murakkabligi va to’lig’icha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish, o’tkir ijtimoiy masalalarni dadil ko’tarib chiqish, ma`naviy va jismoniy ruh erkinligini badiiy tasvirlash shoir ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir. E.Vohidov ijodi ham tadqiqotchilarni o’ziga chorlashda davom etganligi ushbu to’plamdagi maqolalar zalvoridan ayonlashadi. E.Vohidov ijodini o’rganish yillar o’tgan sayin yangicha qirralari kashf etilishi orqali diqqat markazidan tushmay kelayotir. Shoir she`riyati XX asr oxiri va XXI asr boshlari lirikasida o’z o’rniga egaligi bilan o’ziga xoslik kasb etsa, adibning ―Nido, ―Ruhlar isyoni kabi poemalari, ―Oltin devor komediyasi badiiy saviyasi yuqoriligi, xalqimizning sevib mutolaa qiladigan asarlariga aylanib qolganligi bilan ajralib turadi. E.Vohidovning publitsistik asarlari orqali uning ko’p sohalar bilimdoni ekanligi, mumtoz adabiyotni, xususan, Navoiy ijodiyotini chuqur o’rganganligi, jahon adabiyoti bilimdoni ekanligi anglashiladi. Ushbu to’plamdan Erkin Vohidov ijodining badiiy-estetik xususiyatlarining ahamiyati har tomonlama tadqiq etilgan maqolalar o’rin olgan. Respublikamizning ko’zga ko’ringan adabiyotshunos va tilshunos olimlari, o’qituvchilari, tadqiqotchilari, magistrlari va talabalar tomonidan yozilgan maqolalarda Erkin Vohidov shaxsiyati va badiiy ijodi turfa jihatlariga ko’ra o’rganilgan. To’plamdagi maqola va tezislar shartli ravishda to’rt sho’ba asosida saralangan. 1-sho’‘ba ―Erkin Vohidov ijodiyotining badiiy-estetik xususiyatlari deb nomlanib, unda adabiyotshunoslikka doir maqolalar adibning badiiy ijod namunalariga munosabat va ularni tadqiq etish asnosida yuzaga kelganligi anglashiladi. 2-sho’ba ―Erkin Vohidov ijodiyotining ta`lim bosqichlarida o’rganilishi deb nomlanadi. Unda ta`lim bosqichlarida Erkin Vohidov asarlarining ta`limning maktab ta`limi, o’rta maxsus ta`lim va oliy ta`limda o’rganilishiga doir maqolalar o’rin olgan. 3-sho’ba esa ―Erkin Vohidov ijodiyoti tadqiqi masalasi deb nomlanib, unda Erkin Vohidov ijodiyotini har jihatdan tadqiq etilishi masalasi, xususan, uning lirik liro-epik, dramatik va publitsistik asarlari tadqiqiga bag’ishlangan maqolalar o’rin olgan. ―Badiiy adabiyot shakllanishining va rivojlanishining dolzarb masalalari nomli 4-sho’bada esa ushbu sohaga doir dolzarb masalalarni qamrab olgan turli tadqiqotlar o’rin olgan.
Tabiatan g’oyat nazokatli shaxs b o’lgan Erkin Vohidov adabiyot ixlosmandlari k o’nglidan nafis va dol g’ali hamda isyonkor shoir sifatida joy oldi. U shoir b o’lib shakllanayotgan davrda insonning intim kechinmalari, histuy g’ularini kuylash maqbul sanalmas, adabiyot sovet kishilarini sotsialistik tuzumga qulluq qilish va navbatdagi mehnat g’alabalariga chorlash bilan shu g’ullanishi kerak degan qarash hukmron edi. Adabiyot odamning murakkab k o’ngil olamini tasvirlash o’rniga partiya qarorlarini qofiyaga soladigan tizmalar bitishga y o’naltirilgan edi. o’sha vaqtning bir qahramon shoiri kamoli jiddiyat bilan: Aziz paxtakorlar, yildan yilga ham Oltin xirmoningiz hosilga t o’lsin! Har ishda rahnamo, madadkorimiz Ulu g’ partiyaga sharaflar b o’lsin! deb yozgan b o’lsa, falsafiy fikrlashga moyil boshqa bir taniqli ijodkor: - Kim berdi dilingga yoru g’, tarbiya? Kimga sen qoyilsan, ustozim, deya? Kim seni yashatar va yashartirar? Leninning kollektiv o’ g’li – Partiya! tarzida t o’rtlik qoralagandi. XX asrning 60-yillari oxiriga kelib Erkin Vohidov yetakchiligidagi adabiy avlod asta-sekin inson shaxsi, uning tuy g’ulari tasviriga e`tibor qarata boshladi. Insonning ruhiy kechinmalari, turfa sezimlari poetik tasvir obyektiga aylandi. Bu hol esa, tabiiy ravishda, davrga t o’ g’ri kelmaydi deb, chetga suribroq q o’yilgan aruzning jonlanishiga imkon yaratdi. E.Vohidov g’azalning xaloskori yangli g’ paydo b o’lib, uning jonsizlanib qolgan taniga yangicha nafas ba g’ishlaganday b o’ldi. Shoir ―Yoshlik devoni kitobining ―Debocha»sida eski poetik shakl yangi gap aytishga yaramaydi deydigan kishilar bilan bahsga kirishadi: Ey munaqqid, sen g’azalni k o’hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin qolgan inson qonida. Shoir inson qonida azaldan mavjud b o’lgan sevgi tuy g’usi bugun ham yashayotgani yangli g’ uning ifodasiga moslashgan g’azal ham yashashga haqli ekanini mantiq jihatidan ishonarli, ifoda jihatidan g o’zal y o’sinda k o’rsatdi. Shoir g’azalni shunchaki she`riy janr rutbasidan yuksaltirib, mangu tuy g’ularning poetik ramzi hamda har qanday fikrni ifodalay olishga qodir badiiy vosita darajasiga k o’taradi. 6 Ta`kidlash kerakki, Erkin Vohidov, umuman, aruz vazni, xususan, g’azal janrini tiklash uchun emas, balki o’z o’yu tuy g’ulari aynan g’azalda moddiylashishga moyil b o’lgani uchun bu janrga q o’l uradi. G’oyat nazokatli va zarif shoirni bezovta qilgan fikru tuy g’ular ham uning shaxsiyati singari nazokatu zarofatli y o’sinda ifodalanishni taqozo etardi. Shoir o’z davri uchun shakkoklik sanalgan isyonkor fikrlarni ham g’azalning g o’zal, mayin va jozibali libosiga o’rab bera bildi. E.Vohidov poetik fikrining zalvori g’oyat o g’ir b o’lgani holda uning ifoda y o’sini o’ta mayin b o’lardi. Uning she`rlarida o’tli chaqiriq bor edi. Lekin bu da‘vat o’qirmanni olamni a g’dar-t o’ntar qilishga emas, balki dunyo va undagi tartibot haqida jiddiy o’yga toldiradigan y o’sinda latif she`riy shaklda taqdim etilardi. Ehtimol, ― o’zbegim she`ri barmoqda bitilganida mutlaqo bosib chiqarilmagan b o’lardi. E.Vohidov g’azallarida oshiqning dil rozlari, ma‘shuqaning ta‘rif-tavsifi mumtoz adabiyotdagi yangli g’ har qancha mubola g’ador, serb o’yoq b o’lmasin, undagi timsollar bugunning odami ekani anglashilib turadi. Ular ―zamon zayli ni hisobga oladigan, o’y-fikri, tuy g’ulari bugungi odamlarga tushunarli b o’lgan kishilardir. Ma`lumki, mumtoz she`riyatda vaqt tushunchasi ancha nisbiy b o’lgan. Chunki mumtoz shoirlar o’tkinchi, bugunning tashvishlari aks etgan mavzularga q o’l urmaganlar. Shuning uchun ham ularning ijodida o’z davrining belgilari k o’zga tashlanib turmaydi. E.Vohidovning g’azallarida esa bugunning nuqsi aks etadi. Shoirning «Fursating» g’azali o’zida davr belgisi, zamondoshlar tabiatini aks ettirishi jihatidan xarakterlidir. G’azalning birinchi baytidayoq davr ruhi k o’zga yaqqol tashlanib turadi: ―Fursating yetmaydi doim, hech qachon yetgan emas, Mehnating bitmaydi doim, hech qachon bitgan emas . Bu misralarda davrning tezkor va shiddatli qarqin (sur‘at)i, undan orqada qolmaslik ilinjida halloslab borayotgan cho g’dosh tabiati namoyon b o’ladi. Keyingi baytda davr ruhi yanada b o’rttirib k o’rsatiladi: Chun zamondek bepoyondir k o’ksing ichra orzu, Fursatu orzuni quvlab hech kishi yetgan emas. Zamonning cheksizligi azaldan ma`lum, ammo davr kishisining orzusi ham chegara bilmasligi ifodasi – shoirning kashfiyoti. Shoir tinimsiz o’zgarib turadigan insonning hech o’zgarmas intilishi – kamolot haqida t o’xtalar ekan, uning ham hech qachon erishib b o’lmas orzu ekanini ishonarli aks ettiradi: ―Intilar borliqni inson barkamol etmoq uchun, Ne ajab, insonni borliq barkamol etgan emas . o’zi komil b o’lmagani holda borliqni mukammallashtirishni da‘vo qiladigan inson tabiatidagi chigallik shu y o’sin tasvirlanadi. Shoirning tasvir mahorati yuqoridagi misralar s o’ngida kelgan «etmoq uchun» va «etgan emas» singari fe‘lli birikmalarga zidlash ma`nosini yuklay bilganida ham k o’rinadi. E.Vohidov «Inson» g’azalida insonning baland martabaga egaligi, olam yaralishidan maqsad aynan odam ekanligini aks ettirar ekan, odam o’zining yuksak martabasiga loyiq ma`naviyat egasi b o’lishi lozimligini orzu qiladi. Chunki: Bu yoru g’ dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur, Senga mehmonxonadur, mehmon o’zing, mezbon o’zing. 7 Ayni misralarda insonning mohiyat va imkoniyati aks etgan. Chindan ham odam bu dunyoga mehmon va buni o’zi biladi. Lekin yoru g’ olamning mezboni ham uning o’zi ekani hamisha esida turavermaydi. Demak, mezbon sifatida dunyoning obodligi, tinchligi, t o’kisligi uchun har bir inson mas`uldir. G’azalda shoir insonning bugungi kamoloti, zakovati, erishgan mislsiz zafarlarini tasvirlar ekan, unda k o’ngil g’ariblashib, ma`naviyat qashshoqlashib borayotganidan xavotirini: ―Minding ilm narvoniga, chiqding funun osmoniga, Bu jahon ayvoniga arkon o„zing, vayron o„zing tarzida aks ettiradi. Shoir ilmu fan taraqqiyoti tufayli inson jahon ayvoniga «arkon» darajasiga k o’tarilgani, ayni paytda, shu «ustun»ni qulatib «vayron» etadigan ham insonning o’zi ekanini ifodalaydi. S o’ng bu fikr rivojlantirilib yuzaga kelishi mumkin b o’lgan ayanchli holat she`rxon k o’z o’ngiga keltiriladi: Zarrani ijod etib, dahshat balo bunyod etib, Oqibatni yod etib, vayron o’zing, hayron o’zing. «Zarra» bu – atom. Odam uni yaratib, vayron keltiruvchi qudratini sinab k o’rgachgina o’z qilmishiga «hayronu», o’z buz g’unchiligidan k o’ngli «vayron» ekani shoir tomonidan g o’zal ifoda etilgan. G’azalchi insonning buyuk kashfiyotlari nuqul dahshatu balolar keltiradi deb hisoblamaydi, ularni ezgulikka xizmat qildirish ham odamning q o’lida ekanini tasvirlaydi: ―Bog„i arz obod erur, sendin agar imdod erur, Yo„qsa u barbod erur, to„fon o„zing, to„g„on o„zing . Agar inson o’zining yaratuvchilik, ezgulik singari ulu g’ vazifalarini unutmasa, umri mazmun kasb etadi, hayot yashashga arziydigan b o’ladi. Olamni barbod qiladigan t o’fon ham, uni balolardan saqlab qoladigan t o’ g’on ham odamning o’zi. Shuning uchun dunyoni b o’ston qilishga, jannatga aylantirishga urinmoq kerak: Kelding olamga demak, etmas uni s o’rmak, yemak, Erni etmo g’ing kerak, b o’ston o’zing, rizvon o’zing. Shoir borgan sari tafakkuri kuchayib, aqlu zakovati oshayotgan inson zimmasida behad ulkan yuk mavjudligini, bu yuk – olamning taqdiriga javobgarlik ekanini g’azal zamiriga singdiradi. Shuning uchun ham bugun odam kelajagi barbod b o’lmaydigan y o’lni tutishi, o’zini doimo «inson etishi» kerakligi she`rda ta`sirchan ifodasini topgan: ―Bo„lmasin subhing qaro, bor bo„l mudom borliq aro, O„zing etgil doimo inson o„zing, inson o„zing . She`rda odamning hayotdagi o’rni, uning tafakkur imkoniyatlari ezgulikka xizmat qilishi kerakligi mutafakkir kishining o’ylari ta`sirli aks etgan. Erkin Vohidov 1968 yilda aruzda bitgan ― o’zbegim qasidasidayoq milliy g’ururni uy g’otish, ulus ahlida milliy ruhni mustahkamlash niyatini poetik voqelikka aylantirgan edi. Ma`lumki, o’z vaqtida aytilgan badiiy s o’z qudratli kuchga ega. ― o’zbegim o’z vaqtida maydonga tashlangan mardona poetik chorlov b o’lgandi. Millatning fikrlash va yashash tarzidan tortib, t o’yu ma‘rakalariga qadar begona y o’riqqa tushib borayotgan bir vaqtda bu she`r o’zbekdagi o’zbeklikni saqlab qolishda beqiyos amaliy ahamiyat kasb etdi. ― o’zbegim millatni chinakamiga uy g’otdi, unda g’urur, iftixor tuy g’ularini paydo qildi. Elsevar shoirni bosib olingan uluslarga xos q o’rquv, mutelik, qullik tuy g’ulari tobora o’zbekning ruhiyatiga singib, uning tabiatiga aylanib borayotgani xavotirga 8 soladi. Shuning uchun ham she`rlarida tobelik, q o’rquv va q o’rqoqlikdan nafratini ochiq ifodalaydi: Q o’rquvning k o’zi katta, yuragi kichik b o’lur, Q o’rquv z o’r kelgan yurtda arslonlar kuchuk b o’lur. Shoir arslonlarni kuchukka aylantirgan sharoitni o’zgartirmoq, millatdoshlari yuragiga jur`at baxsh etmoq istaydi. Boshqa bir she`ridagi: ―Qaddingni baland tut, bo„lma serta‟zim satrida ham shoirning ana shu istagi ifoda etilgan. Shu kabi k o’plab bitiklarida shoir o’zining dov yurakli millatsuyar shaxs ekanini k o’rsatadi. Millatga, yurtga chin mehr faqat maqtovu madhiyadan iborat b o’lmaydi. Asl adabiyotda elu yurtga muhabbat hayotning teran badiiy tasviri orqali yuzaga chiqariladi. Shafqatsiz hayotiy haqiqat, echimsiz muammolar, insoniyat oldida turgan mushkul masalalar boricha k o’rsatilib, odamning k o’ngil dardlari ochiq aytilgan asarlar el-ulus ma`naviyatini yuksaltiradi. Bunday bitiklar xalqning dilidan joy olib, ruhiyatiga o’ktamlik baxsh etadi. «Vatan istagi» she`rida shoirning kurashchanlik sifatlari namoyon b o’ladi. Egamanlikdan oldin yaratilgan bu g’azalda E.Vohidov millatini o’z vataniga ega ozod etnos sifatida k o’rish istagini ifoda qiladi: Bu vatanda bir Vatan qurmoqni istaydir k o’ngil, o’zni ozod qush kabi k o’rmoqni istaydir k o’ngil. She`rda shoirning yol g’ondan hazar qilishi, inson hayotining chinlikka qurilishini xohlashi aks etadi: «Bas, etar, yolg„on saodat, yolg„on erk, yolg„on Vatan! Hurriyat zavqini chin surmoqni istaydir ko„ngil». Qizi g’i shundaki, ancha vaqt ishq izhori va Yaratganga munojotdan boshqaga yaramaydi, deb qarab kelingan aruzda shoir g’oyat o’tli ijtimoiy lirika namunalarini yarata oldi. Bu hol bitikning qanday saviya, salmoq va y o’nalish kasb etishi qaysi vaznda yozilganida emas, balki qanday yozilganiga bo g’liq ekanini k o’rsatadi. Erkin Vohidovning etuk asarlari yuksak badiiyati, shafqatsiz haqiqati va samimiyligi bilan jahon she`riyatining eng yaxshi namunalariga uy g’undir. Millatini buyuk muhabbat bilan sevgan shoirning millat oldiga q o’ygan talablari ham sevgisi qadar yuksak edi. E.Vohidov ―O g’riqli savollar masnaviysida yurtdoshlarga murojaaat qilib deydi: Choyxonada oshx o’rlikni baxt deb bilgan o g’ayni, Shu bir kunlik halovatni naqd deb bilgan o g’ayni. Qumursqadek tiriklikdan o’zga g’ami bo’lmagan, Dil olami, ishq olami, ruh olami b o’lmagan, Imonni ham, vijdonni ham qurbon qilgan halqum deb, Seni xayol qildimmi men kuyganimda xalqim deb? El mulkini bir chekkada tinch kemirib yotgan zot, Besh tiyinga qadrini ham, xalqini ham sotgan zot, K o’kragida na himmatu na g’ayratdan asar bor, Yuragida na oriyat, na shavq bor, na kadar bor. Umrida hech qilgan emas, mulkdan o’zga bir niyat, Seni deya tiladimmi yuraklarga hurriyat?
Shоir hayotni nuqul madh etish bilan chеklanmay, uning tub mоhiyatiga ichki ziddiyatlariga ham nigоh tashlaydi. Qalamga оlingan hоdisani qarama-qarshiliklari, ziddiyatlari, manfiy va musbat tamоnlari bilan birgaliqda idrоk etadi. Natijada shоir shе`rlari o‘ziga hоs bahs munоzara tusini оladi. 70-80 yillarga kеlib shоir ”hayot kuychisi’’ gina emas, ko‘prоq hayotning, insоn qalbining badiiy tadqiqоtchisi sifatida ko‘rina bоshladi.“Hоzirgi yoshlar”, “Insоn”, “Sirdaryo o‘lani”, “Arslоn o‘ynatuvchi“ shе`rlari, “Ruhlar isyoni”, “Istambul fоjiasi“singari dоstоnlari bu jihatdan shоir ijоdida оlg‘a tashlangan qadam bo‘ldi. Shuni ham aytish kеrakki, Erkin Vоhidоv ijоdida gоh madhiyabоzlik, qasidachilik, оna-yurtining ”Dunyoda tеngsiz“ ekani, halqning ”chеksiz erki va baхti”dan, “ulug‘ ishlari” va erishgan g‘alabalaridan o‘rinsiz fahr-iftiхоr to‘yg‘usi bilan to‘lib tоshgan shе`rlar ham uchraydi. “O‘zbеkistоn” fahriyasi, “Iftiхоr to‘yg‘usi” shе`rlarida shu hоl mavjud.
Shоir adabiyotdagi o‘rinsiz madhiyabоzlikni, o‘zining shu ruhdagi satrlarini ham nazarda tutib dеydi:
Bas, еtar yolg‘оn saоdat,
Yolg‘оn erk, yolgоn Vatan.
Umuman, shоir Erkin Vоhidоv ijоdi ХХ asr o‘zbеk adabiyotining jiddiy yutug‘i, mumtоz namunalari qatоridan o‘rin оlgan. Shoir 2016 yil 30 mayda 80 yoshida vafot etdi.


Download 89.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling