Gumanitar fanlar fakulteti O‘ta 19/1 guruh talabasi Valiyeva Shahrizoda Sherali qizining erkin vohidov hayoti va ijodini o’rganishda musiqaning o’rni mavzuidagi kurs ishi


“Nido” dostoni tahlili va unda musiqaning o’rni


Download 89.94 Kb.
bet5/7
Sana13.01.2023
Hajmi89.94 Kb.
#1092056
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Erkin Vohidov

2.2 “Nido” dostoni tahlili va unda musiqaning o’rni.
XX asrda butun bir insoniyat xotirasida saqlanib qolgan voqea-hodisalaridan
biri ikkinchi jahon urushidir. Ushbu urush qanchadan-qancha insonlarni hayotdan
erta olib ketdi. Tirik qolganlarni esa o’zining shafqatsiz chig’irig’idan birma-bir
o’tkazdi. U otalar jasorati va onalar matonati hisobiga kun k o’rdi. Undan qolgan
asoratlar esa hali-hamon unutilgani yo’q.
Urush – bu ma`naviyat ildiziga urilgan boltadir.
Dunyoda hech narsa bejiz ketmaydi. Zero, urush keltirgan talofatlar yozuvchi
va shoirlar ijodida o’zgacha k o’rinish kasb etdi. K o’plab ijodkorlar tomonidan
unga bag’ishlab doston, roman, qissa va hikoyalar yozdilar. Bu borada jahon
adabiyoti vakillaridan Ernest Hemengueyning ―Alvido, qurol , hamda Chingiz
Aytmatovning ―Jamila asarlarini yodga olish kifoya. o’zbek yozuvchi va shoirlari
ham jahon adabiyoti namunalaridan qolishmagan, estetik-badiiy jihatdan boy
asarlar yaratishdi. Shuhratning ―Shinelli yillar , Said Ahmadning ―Ufq trilogiyasi, o’tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asarlari buning yorqin dalilidir.
Erkin Vohidovning "Nido" dostoni ham ana shunday asarlar sirasiga kiradi.
Bu haqida adabiyotshunos olim Ibrohim G’ofurovning ―Mangu latofat nomli
asaridan quyidagi fikrlarni o’qish mumkin:
―Bolalikning taassurotlari, ayniqsa, uning ilk ijodi namunalarida 60-yillarda
yorqin namoyon b o’ldi. Uning barcha she`rlaridan beg’ubor tong nafasi ruhi sezilib turadi. Shu bilan birga otani sog’inish ruhi ilk davr she`riyatining mag’ziga singib yotadi. Dunyoga yorqin bir shoir kelganidan xabar bergan Buyuk hayot tonggi, ―Nido singari she`riy g o’zal dostonlarining tubida ota sog’inchi yotadi. Bu sog’inch yosh shoir qalbining behad teran qalblaridan chiqadi. U bilinibbilintirmay asarlarning ruhiga k o’chib o’tadi. Bu jihatdan ayniqsa, ―Nido da sog’inish ruhi k o’tariladi. Urush davrining bolalari bu dostonni o’z armonlarining ovozi kabi qabul qilgan edilar. Unda insoniy sog’inish yuksak samimiyat bilan
ifodalangan ediki, hali-hanuz bu asarni hayajonlanmasdan o’qib b o’lmaydi. ―Nido dan boshlab sog’inish va u bilan bog’liq rang-barang kechinmalar Erkin
Vohidovning butun ijodida o’ziga xos o’rin va mavqeni ishg’ol etadi. Shoir ijodida
bunchalar yuksak o’rin tutgan yurt sevgisi, haqni e'zozlash, insonni baland pardalarda kuylashda ham shu katta ma`nodagi sog’inishning kuchli ta`siri borligi
ayon [1, 89].
Haqiqatdan ham, inson erki va taqdirini madh etish Erkin Vohidov ijodining
yetakchi mavzusi hisoblanadi. U bashariyat dardini kuylovchi shoir sifatida
adabiyot olamiga qadam q o’ydi. Shoirning ―Nido dostonida sog’inch hislari j o’sh urgan obrazli o’rinlar o’zining butun bir badiiy jozibasi bilan o’qituvchi ongiga singib boradi. U dostonini shunchaki bolalik xotiralarini yodga olish uchun
yozmaydi, balki, dostondagi har bir qahramon yoki obrazli o’ringa individual
yondoshib, shu qahramonlar ruhiyatiga o’sha davrdagi ijtimoiy muhitni singdirish
orqali kishida estetik-emotsional holatni vujudga keltiradi. Bu bir tomondan
shoirning ijodkorlik mahoratini namoyish etsa, ikkinchi tomondan asarni
o’qiguvchi ham asardagi voqealarga aloqador shaxsga aylantirib q o’yadi.
Yuqorida ta`kidlanganidek ―Nido dostoni urush mavzusiga bag’ishlangan
b o’lib, bosh qahramoni yigirma yashar yigit ana shu hayot-mamot urushidan s o’ng voyaga yetgan yangi avlodning umumlashma obrazidir. Asar ana shu lirik
qahramonning o’tli hayqirig’i bilan boshlanadi. Asarning keyingi bandida lirik
qahramonning tush k o’rish tasviri va shu jarayon mobaynidagi uning ruhiy holati
muallif tomonidan yoritib beriladi. E`tibor qilaylik:
Qadamlar,
Qadamlar,
Og’ir qadamlar...
Etiklar zarbidan titraydi tuproq.
Qayerga ketmoqda shuncha odamlar?
Nahotki, y o’llari shunchalar yiroq!
– Ana, k o’ryapsanmi ?
Mening dadamlar!
Dada!!!
Ovozim chiqmaydi biroq [2, 146].

Ushbu o’rinlarda urush yillarining t o’zonli kunlari tasvirlangan b o’lib, u
murg’ak bola qalbida bir umrga muhrlanib qolgan. Unda lirik qahramonning
ruhiyatida – xotirasida saqlanib qolgan voqealar urush davridagi muhit va shartsharoitni muhim vosita b o’lib xizmat qilgan.
Cho’chib uyg’onaman, onam qoshimda,
Mehribon q o’llari otash boshimda.
– Nega yig’layapsan, yolg’izim, q o’zim ?
Tun uzoq, uxlay qol k o’zlaringni yum.
Orom ol, men senga allalar aytay
Tongda peshonangdan o’pib uyg’otay.
Ona – yelkasida asrlar dardini k o’targan matonat timsoli.
Ona – k o’ngil olamini yoritguvchi shams-u qamar [2, 86].
Hayotning eng og’ir damlarida ham yonimizda turguvchi vafodor d o’stimiz -
shubhasiz, m o’tabar va mushfiq onalarimizdir.
Yuqoridagi parchada ham murg’ak qalb uchun og’ir b o’lgan hislar
qurshovida qolgan bolaga mehr q o’llarini ch o’zgan ona tasvirlangan. Uning ham
ayni damda o’z g’am-tashvishlari bor. Shunga qaramay, k o’nglidagi azobuqubatlar orasidan bosh k o’targan mehr-muhabbat g’unchasini farzandiga tutishda o’zida kuch topa olgan onaga tasannolar aytging keladi.
Bu holat birgina asardagi lirik qahramonga tegishli emas, aksincha, u inson
deya atalmish buyuk xilqatga daxldor tushunchadir.
Shoir asarda ana shunday o’zbekona va umuminsoniy qadriyatlarni
ulug’lashga ham harakat qilgan.
―Dadajon!
Men sizni juda sog’indim.
Sog’indim ikkala k o’zim bilan teng.
Kelib qolarmishsiz ertami-indin,
Ayam shunday deydi,
Rostmi shu, ayting? [2, 159]
Ushbu misralarda lirik qahramon ruhiyatining nozik qirralarini ochib berilgan.
Uni diqqat bilan o’qigan inson bolaning k o’nglida gupurib turgan sog’inch hissi,
oddiy his-tuyg’ulardan tubdan farq qilishini, bolaning otasi oddiy yumush bilan
emas Vatan himoyasi uchun jangga ketganini ich-ichidan his etadi. Yuqoridagi
misralar orqali bola yashagan davr va bugungi tinch-osoyishta, farovon kunimizni
muqoyasa qilsak, ―Tinchlik deya atalgan buyuk ne'matni qadriga yetish
kerakligini anglaymiz. Shuning barobarida hozirgi kunimizga cheksiz shukronalar
aytamiz.
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Q o’ltiqtayog’i bor,
Bir oyog’i y o’q,
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o’q...
Xol aka qaytgandi uyga t o’satdan,
o’g’li, dadajon, deb chopib kelibdi,
Ota quchay desa q o’li y o’q ekan,
Tik turgan joyida yig’layveribdi.
Darsga kelmay qoldi.
Tunov kun Tal'at,
Muallim urushsa turaverdi jim.
Dadasidan kelgan ekan qora xat.
Hammamiz yig’ladik,
Hatto muallim... [2, 88]
Biz bu dunyoda yashar ekanmiz, hayotda inson qismatining k o’plab achinarli holatlariga guvoh b o’lamiz. Ikkinchi jahon urushining eng ayanchli k o’rinishlari ham ayni inson qiyofasida o’zini namoyish etdi. Ya`ni urush tufayli k o’plab insonlar nogiron b o’lib qoldi. Asarda xuddi ―dengizdan bir tomchi kabi urush fojealaridan parcha keltirilgan. Rustamning yosh, navqiron akasi bir oyog’idan ayrilib urushdan qaytdi. Xol aka ikki q o’lidan ajragan holda farzandlari
quchog’idan joy oldi. Ammo o’quvchi-bola Tal'atning otasidan qora xat kelishi
butun bir sinfni, hatto, muallimni ham yig’lashga majbur qildi. o’sha davr uchun biror kishidan qora xat kelishi odatiy hol b o’lsa-da, lekin murg’ak qalb uchun katta fojea edi. Chunki u hali ota mehriga t o’ymay turib, otasi bu dunyodan k o’z
yumishi bola uchun anglab b o’lmas hodisa edi. Buni chuqur tushunib yetgan
muallim inson sifatida, jamiyatning faol bir a'zosi sifatida unga nisbatan achinish,
rahm-shafqat hissini tuyib, k o’zlariga yosh oldi. Shoir asarda urush davrining qora
kunlarini tasvirlash bilan birga insoniy fazilatlarni b o’rttirib k o’rsatadi.
―Nido dostonini o’qir ekanmiz, unda hayot materiali orqali shoir uslubiga
boshqa belgilar kiritilganligini k o’ramiz. Asar materialining dramatik xarakteri
shonli otalar ishiga sodiq vorislik, sadoqat ruhini poetik nutqda ifodalashni taqozo
etadi. ―Nido poemasi ohangida liro-poetik tasvir b o’rtib turadi. Agar uni shoirning ―Palatkada yozilgan doston poemasi bilan muqoyasa qilsak, har ikki poemada ham shoir uslubi ikki xil: ―Nido dostonida liro-poetik, ―Palatkada yozilgan doston da liro-publisistik uslub tasvirlar tusida namoyon b o’ladi. Shuning barovarida, Erkin Vohidov ijodida shaxs va jamiyat psixologiyasini bevosita aks
ettirish yetakchilik qiladi.
―Nido dostoni yuksak badiiyati, samimiyati, teran insoniyligi bilan ajralib
turadi. Dostonda shaxsiy y o’nalish ijtimoiy ohang bilan tutashib, uyg’unlashib
ketadi, birgina shaxsning tuyg’u va o’ylari k o’pchilikning tashvish-kechinmalari
darajasida aks etadi. Doston birgina lirik qahramonning, urush tufayli otadan
yetim qolgan o’g’lonning emas, urush jabrini chekkan million-million kishilar
qalbining mungi, nidosi, urushga nafrati, minnatdor avlodlarning og’ir jangda
halok b o’lganlar xotirasi oldidagi qasamyodi jaranglaydi.
Dahshatli urush azoblari murg’ak bolalarni ham oqshom uyqularini bezovta
qilar, otalari diydoriga t o’ymagan o’g’ilning yurak nidolari tilga olinadi. Farzandi
osoyishtaligini o’ylab ona k o’ngliga yupanch, dalda berar:
Yolg’izim, q o’zim?
Tun uzoq, uxlay qol,
K o’zlaringni yum.
Orom ol, men senga
Allalar aytay.
Tongda peshonangdan o’pib uyg’otay, degan s o’zlari bilan k o’ngliga taskin
berar, o’g’lini tezroq ulg’ayishini, o’qimishli odam b o’lishini, ular k o’rganbu
g’urbatli kunlarni k o’rmasligini, tezroq urush degan dahshatli s o’z y o’q b o’lishini
istardi. o’g’il har kuni k o’chada bolalar bilan o’ynaydi, uyga qaytadi ammo,
k o’ngli kimnidir besabrlik ila kutardi. U ham b o’lsa otasini q o’msar, murg’ak
k o’ngli onasiga besanoq savollar berar edi:
Ayting, aya mening dadam qahramonmi?
Tog’larni ham qulatuvchi pahlavonmi?
Ordenlari juda k o’pmi k o’kragida?
Mening dadam samolyotda uchadimi?
Osmonlardan parashyutda tushadimi?
Katta jangga kiradimi yolg’iz o’zi?
Elkasida yonadimi besh yulduzi?
Kelganida toycha olib beradimi?
Ayting, dadam hayallamay kela qolsin.
Shu kabi qator savollar bilan onani gohida qiynar, gohida k o’ngliga
osoyishtalik berar edi. o’g’il o’yinlardan ancha erta t o’yganligi, barvaqt kitoblarga havas q o’yganligi-yu, harflarni yoddan bilishi, otasini xati orqali savodi chiqqanini
adib chiroyli misralarda keltirib o’tadi. Urushning oxirgi yillari, otadan maktub
olgan o’g’il uni qayta-qayta o’qiydi, o’sha kuniyoq daftar olib, javob xati yoza
boshlaydi. Aqlli o’g’il otasini sog’inganini, agar u tilak qilsa, doim ijobat
b o’lishini buvisi aytganini otasiga yozadi.
Erkin Vohidov shu qadar o’quvchini jumbushga keltiradigan s o’zlarni
qog’ozga tushiradi. Ushbu ―Nido dostonida shoir onaning matonatini,
farzandining ulg’ayib, hayotga yorug’ y o’ldan borib, odam bolasi b o’lishini
betakror so’zlar orqali keltiradi.
―Nido dostoni barcha o’quvchini qalbidan o’rin olgan desak, mubolag’a
bo’lmas.
Dramaturg she`rlari, dostonlari va pesalarida shunchaki oldi-qochdi
voqealar emas, jiddiy muammolar o’rtaga tashlanadi. Odamlarni falsafiy
mushohada yuritishga, kechagi kunining qadriga etishga o’rgatadi.
―Nido dan so’ng oradan o’n besh yil o’tib yozilgan ―Ruhlar isyoni dostoni
shoirning ugla paytga qadar bosib o’tgan ijodiy y o’lining eng baland ch o’qqisi,
o’ttiz yillik ijodiy izlanishlarining muayyan yakuni, dostonchilikdagi
tajribalarining gultojidir.
―Ruhlar isyoni – qahramonlik dostoni. Unda muallif asrimiz boshlarida
chaqmoqdek yaraqlab, she`riyatda o’chmas iz qoldirgan, isyonkor she`rlari bilan
butun Hindiston yarimorolini larzaga solgan, hayotini el-yurt erki, baxti y o’lida
fido etgan otashin bengal shoiri Nazrul Islomov jasoratini ulug’laydi.
Muallif isyonkor shoir kurashi, jasorati qanchalar qimmatga tushganini,
shoir bilan davr va xalq, orasidagi murakkab, ziddiyatli munosabatlarni, shoir
qalbining orzu, alam-iztirob, tug’yonlarini butun keskinligi bilan k o’rsatadi.
"Ruhlar isyoni"- falsafiy doston muallif Nazrul Islom jasorati, fojeiy qismati
bahonasida shoirning, umuman ijodkorning hayotdagi o’rni, fuqarolik burchi,
qolaversa, insoniylik, fidoyilik, erkka tashnalik, ijtimoiy va ma`naviy hayotning
boshqa xilma-xil muammolari ustida o’ylarga toladi.
―Ruhlar isyoni shakl jihatidan ham o’ziga xos novatorona asar, u xilma-xil
she`riy shakllar, hissiy ohang, ranglar, ham real hayotiy lavhalar, ham rivoyatlar,
shartli-ramziy ifodalar rang-barangligidan tashkil topgan. Shu xildagi shakl va
ifoda rang- barangligi asar zamirida yotgan hayotiy haqiqatni murakkabligi bilan
ifodalashga xizmat qiladi, shoirning uzoq kutish, hayotiy tajriba, xulosa, o’mymushohadalarini, k o’ngil dardlarini to’kib solishga imkon beradi.
Dostonda bosh qahramon Nazrul Islom hayoti xronologik tarzda
yozilmagan, balki shoir hayotidagi eng muhim, keskin daqiqalar tanlab olinib, ular
shoirona tahlildan o’tkaziladi. Shoirona tahlil paytida muallif xayollarga qanchalik
erk bermasin, baribir, izchil tarixiylik printsipiga amal qiladi. Nazrul Islomdek
isyonkor shoirni yetishtirib chiqargan tarixiy sharoitni, qahramon fojiasining tub
ijtimoiy sabablarini tarixan haqqoniy k o’rsatishga, ochishga erishadi. Dostonda
real hodisalar bilan yonma-yon keltirilgan xilma-xil rivoyatlar, tarixiy voqealar
xuddi o’sha tarixiy-ijtimoiy hodisalar mohiyatini, umumbashariy ma`nosini
chuqurroq anglashga, ulardan falsafiy xulosalar chiqarishga qaratilgan.
Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi kurashda iste`dodning
o’rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi; chin iste`dodning tabiati
yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi isyondir, deb aytadi
muallif.
Nazrul Islom dunyoga shoir b o’lib, ya`ni davrining pok tilagi, iymoni,
armon t o’la yurakdagi isyoni b o’lib tug’ildi, davr, el-yurt shunday isyonkor
shoirga muhtoj edi, ―Zamon uning yonib turgan yuragini surardi . Shoir hali
tug’ilmasdan burun o’z yurtidan judo etilgan edi, el-yurt zobitlar oyog’i ostida
toptalib yotibdi, jaholatda qolgan xalq, zolim-zobitlarga qarshi turish o’rniga,
hindu musulmonga ajralib, bir-birini qirish bilan ovora. Muallif Hindiston
tarixining shu qora kunlarini alam bilan qalamga olar ekan, yana shoir va uning
fuqarolik burchi haqidagi bahsga o’z fikrlarini bayon etadi.
Nazrul Islom she`rlaridan birida ―Men isyonkor , ―Men qayg’uli bu
dunyoning notinch qolgan ruhiman , - degan edi. Doston muallifi shoirning shu
xildagi satrlariga tayanib, uning isyonkor qalbi manzaralarini chizadi, ijodining
yorqinligini ochadi. Xuddi o’sha bezovta qalb, isyonkor ijod talqini jarayonida
muallif shoir fojiasining ibtidosini k o’radi: shoir she`rlaridagi isyonkorona ruhini
birov t o’g’ri anglaydi, birov not o’g’ri. Shoirni, ayniqsa shu xildagi faqat o’z
jonini, tinchini o’ylaydigan jur`atsiz munofiqlar aqidasi qiynoqqa soladi,
haqsizlikni k o’ra-bila turib indamaslik xiyonatdir. Ongli odamlar loqaydsizligi,
passivligi olomon orasida jaholatning keng yoyilishiga y o’l ochadi. Jaholat tufayli
esa, el orasida o’zaro nizo, nifoq avj oladi. Bu faqat zolimu zobitlarga q o’l keladi.
―Jaholat t o’g’risida rivoyat ni esa, dostonning kulminatsiyasi deb atash
mumkin. Donishmand ulug’ hakamning jaholat hukm surgan zamonda nashtar
k o’rning k o’zini ochishga jur`at qilishi, johil olomon tomonidan bunday jur`at
makruh atalishi, hakimning sazoyi etilishi, gulxanda kuydirilishi, eng yomoni
xuddi o’sha o’z qo’lida shifo topib, k o’zi ochilgan chol tomonidan ta‘na-dashnom eshitishi, o’sha johil chol yoqqan olovda kuyib kulga aylanishi- rivoyatda keltirilgan bu fojiaviy voqealar va ular tufayli shoir qalbida kechgan o’ylar kishi qalbini titroqqa soladi. Shu hayajonli rivoyat vositasida qahramon jasorati va fojeasi mohiyatini yana bir karra butun vujudimiz bilan idrok etamiz.
Oradan yillar o’tdi, shoir vatani – Hindistonda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi:
mustamlakachilar yurtdan quvildi, Hindiston mustaqillik, tinchliksevarlik, ijtimoiy
taraqqiyot yo’liga tushib oldi, bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda
o’rnini, qadrini topdi, el ardog’iga sazovor bo’ldi. Afsus, ming afsuski, u tazyiq
qiynoqlar oqibatida hali o’ttiz beshga etmagan navqiron yoshida ayni ijod
qaynagan paytda es-hushidan ayrilgan edi. Shu holda u qirq yil ardoqda yashadi.
Xulosa qilib aytganda, bu asar faqat qahramonlik dostoni, fojeiy doston,
o’y-mushohadalar dostoni bo’lib qolmay, balki tarixiy saboqlar dostoni hamdir. U
Nazrul Islomdek yorqin siymo asl xalq farzandining shonli va achchiq qismatidan
saboq chiqarib olishga chaqiriq bo’lib yangraydi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 89.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling