Gumanitar fanlar va chet tillari kafedrasi


Buxoro amirligining bosib olinishi


Download 133.54 Kb.
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi133.54 Kb.
#1275658
1   2   3
Bog'liq
Tarixdan yozma ish 7

Buxoro amirligining bosib olinishi


1840-1850-yillarda Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayoni boshlandi. F. Romanovskiy Buxoro amirligini Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so‘raydi shu bilan Buxoroga Rossiya imperiyasi yurishlari boshlanadi. F. Romanovskiy Sirdaryoning oʻrta oqimidagi hududlarni egallashga kirishdi. Birinchi jang 1866-yil 8-mayda Erjar qishlog‘i yaqinida bo‘lib, kuchlar harbiy jihatdan teng bo‘lmaganligi uchun amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. F. Romonnovskiy Buxoro qo‘shinini taʼqib qilishni to‘xtatib, avval Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida joylashgan — Toshkent, Qo‘qon, Balx va Buxoro bilan bog‘lovchi Xo‘jandga qarab harakat boshladi. Turkiston viloyati harbiy gubernator qo‘shinlari tomonidan Xo‘jand qal’asi may oyida qamal qilinib, 20 ta to‘pdan o‘qqa tutild

Samarqand mudofaasi qulashi


1868-yil 2-iyunda Zirabuloq choʻqqisida hal qiluvchi jangda, ruslar Buxoro amirining asosiy kuchlarini tor-mor etdi. Jangda 100 ga yaqin rus askari va Buxoro qoʻshida esa 3,5 mingdan 10 ming kishigacha askar halok boʻldi. 1868-yil 5-iyulda tinchlik shartnomasi imzolandi. Buxoro amirligi Samarqandni boy berdi. Qoʻzgʻolonga dastlab Shahrisabz va Kitob beklari Joʻrabek va Bobobeklar, keyinchalik Abdulmalik to'ra rahbarlik qilishgan. Qoʻzgʻolonchilar rus askarlari joylashgan qalʼaga qattiq hujumlar uyushtirishgan. Butun shahar aholisi qoʻzgʻalgan. Biroq amir qoʻshinlari Zirabuloq jangida ruslar tomonidan tormor keltirilganini eshitgandan soʻng va 4-iyun kuni ruslar Shahrisabzga yurish boshlaganligi toʻgʻrisida yolgʻon mishmishga ishongan Kitob va Shaqrisabz beklari Samarqanddan chiqib ketishgan. Keyinchalik qoʻzgʻolonni Ibod Salimboyev, Toʻxtaxoʻja Naʼlgar, Zokirboy Razzoqboyev, Abdusharof Abdulfatovlar boshqarishgan. Kuchlarning zaiflashishiga qaramay samarqandliklar qoʻzgʻolonni toʻxtatmay 7-iyungacha davom ettirishgan, lekin qoʻzgʻolonchilar uyushtirgan hujumlar ancha susaygan. 2 kun mobaynida podsho qoʻshinining 150 kishisi safdan chiqqan. 8-iyun kuni podsho qoʻshiniga yordamga ilgʻor qismlar yetib kelgandan keyin qattiq jang boʻlib, Samarqand ruslar tomonidan ishgʻol qilingan.
1868-yil 8-iyunda Kaufman buyrugʻi bilan Samarqand birvarakayiga toʻpga tutiladi. Shaharni batamom yoqib yuborish haqida buyruq olgan askarlar qirgʻin boshlaydilar. 9-iyunda minglab kishining yostigʻini quritgan Samarqand fojiasi boshlanadi. Qatli om 3 kun davom etadi. Yuzlab odamlar hech qanday tergovsiz, soʻroqsiz otib tashlandilar. 19 kishi, jumladan, qoʻzgʻolon faollari Sibirga surgun qilingan. Umuman olganda Samarqand qoʻzgʻoloni tarixda muhim oʻrin tutadi. S. Ayniyning fikricha, Abdulmalik toʻraning harakati va qoʻzgʻolonchilarning jasorati tufayli Kaufman Buxoroga hujum qilishdan voz kechishga va sulh tuzishga majbur boʻlgan.

Download 133.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling