Gumusning guruhiy va fraksion tarkibini V. V ponomoreva- t. A. Plotnikova modifikasiyasi bilan aniqlash To’g’ridan to’g’ri 0,1 n


Download 43.92 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi43.92 Kb.
#1560548
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3.4.5.6.7.8


Gumusning guruhiy va fraksion tarkibini V.V Ponomoreva- T.A.Plotnikova modifikasiyasi bilan aniqlash
To’g’ridan to’g’ri 0,1 n NaOHeritmasi orqali tuproqdagi qo’ng’ir gumin kislotalari va fulvokislotalar miqdorini aniqlash (Ponomareva va Plotnikova modifikasiyasi)
Bevosita 0,1 n. NaOH li so’rim tayyorlash: Bu so’rimga gumin kislotasining erkin va harakatchan bir yarim oksidlar bilan ijobiy bog’langan fraksiyalari o’tadi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Tarkibidagi gumus miqdoriga bog’liq ravishda 2,5 gramdan 20 gramgacha 1 mm elakdan o’tkazilgan tuproq namunalari 300-400 ml li konussimon kolbalarga solinadi.

Tuproq massasi, g

Gumus, %

2,5

>10

5-10

10-3

10-15

3-0,5

20

<0,5

2. Tuproq namunasi solingan konussismon kolbaga 200 ml 0,1 n. NaOH o’lchov silindri yordamida quyiladi, yaxshilab aralashtirilib 20-24 soatga qoldiriladi. Kun davomida kolba vaqti vaqti bilan aralashtirib turiladi. NaOHni havodagi karbonat angidriddan saqlash uchun (soda hosil bo’lmaslik va kalsiy gumatning erimasligi uchun) kolbaning og’zi tiqin bilan mahkam berkitiladi.


3. Keyingi kun kolbaga suyuqlik hajmining ¼ qismicha Na2SO4 ning to’yintirilgan eritmasi 50 ml li pipetka bilan quyiladi, yaxshilab aralashtirilib 10-15 minutga tinch qoldiriladi. Bundan maqsad il fraksiyalarini kaogullash va filtrlanishning yaxshi borishiga erishishdir.
4. Filtrlashdan oldin yana bir chayqatilib 15-17 sm diametrdagi oddiy qog’oz filtr oqali tuproq bilan birga filtrlanadi. Agar birinchi porsiyalar loyqa bo’lsa, mutlaq tiniq filtrat hosil bo’lishiga erishish uchun ular filtrga qayta quyiladi. Filtrdagi tuproq qoldig’i yuvilmasdan tashlab yuboriladi.
Ishqorli so’rimning alohida porsiyalaridan quyidagi analizlar bajariladi:

Download 43.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling