Guptalar davlati qadimgi hind imperiyasi


Download 135.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi135.44 Kb.
#1128764
Bog'liq
Guptalar davlati - Vikipediya



Guptalar davlati
Guptalar davlati - qadimgi hind imperiyasi
(IV VI asrlar). Taxminan 320 -yil
Chandragupta asos solgan (oʻsha yildan
boshlab Hindistonda Guptalar erasi
hisobi boshlangan). Poytaxti —
Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri
(Chandragupta II davri taxminan 380 —
414)da deyarli butun Shimoliy Hindiston
va boshqa bir qancha hududlarni oʻz
ichiga olgan. Skandagupta davri (455 —
467) da boʻysundirilgan xalqlarning


qoʻzgʻolonlari va saltanatning shimoli-
gʻarbiy chegaralariga eftaliylarniig
hujumlari boshlangan. V asr oxiridan
parchalana boshlagan. VI asr boshida
eftaliylar Guptalar davlatining gʻarbiy
qismini bosib olib, uni katta tovon
toʻlashga majbur etishgan. Guptalar
davlati Markaziy Hindistondagi
Mandasor davlati bilan ittifoq tuzib
eftaliylarni magʻlubiyatga uchratgan
boʻlsada, bu urushlar natijasida nihoyatda
zaiflashgan va natijada VIasr oxirida
barham topgan.
Guptalar davlatining qulashi va Xarsha
davlatining vujudga kelishi. Guptalar
davlati VI asming boshlariga kelib


qulagan. U V asrdayoq tushkunlikka
uchray boshlagan bo'lib, buning asosiy
sababi, mehnatkash omma ahvolining
og'irligida bo'lgan. Hukmronlar haddan
tashqari zeb-ziynat ichida yashaganlar,
dehqonlarga og'ir soliqlar solingan, ular
o'zlari yetishtirgan hosilning ko‘p qismini 
soliq uchun to'lashga majbur bo'lgan.
Aholi davlat foydasiga uzluksiz ravishda
turli ishlarni bajarishga majbur qilingan.
Mana shu kabi omillar hind
dehqonlarining ahvolini og‘irlashtirgan. 
Mehnatkashlar o'rtasida norozilik
tug'ilganligi alomatlari Guptalar
zamonidan qolgan adabiy yodgorliklarda
ko‘p uchraydi. Guptalar podsholigiga
uzil-kesil zarba bergan narsa ko'chmanchi


eftaliylar, ya’ni oq xunnlarning bostirib
kirishi bo'lgan. Ular V asr oxiri — VI asr 
boshlarida Shimoliy chegarani buzib o'tib,
Shimoliy Hindistonning ko'pgina shahar
va qishloqlarini vayron qilganlar. 530-
yilda oq xunnlar Guptalarning vassali roja
Yasodharma tomonidan mag'lub 
qilingan.
Xunnlarni mag'lubiyatga uchratganidan
so'ng Yasodxarma guptalar sulolasiga
itoat qilishdan bosh tortib, o'zi maxaroja
unvonini olgan. Lekin, unga Guptalar
davlati hududining faqat bir qismigina
bo'ysungan. VII asming boshlarida
Xarsha (606-647) davlati birmuncha 
vaqtgacha yuksalib borgan. Xarsha


Kanauja viloyatining rojasi bo'lib,
keyinchalik u butun Shimoliy Hindistonni
o'ziga bo'ysundirgan. Xarsha davlati
Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy
Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha
bo'lgan hududni o ‘z ichiga olgan.
Markaziy Hindistonning 40 tacha rojasi
Xarshaga vassal bo'lgan.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Guptalar_davlati&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Guptalar_davlati&oldid=3429
987" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 6-Dekabr 2022, 11:18 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 135.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling