Gurlan tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabibg 4-sinf o‘quvchilari bilan,,Ahillashtiruvchi o‘yinlar“ treningi o‘tkazilganligi haqida Ma’lumotnoma


Download 37.68 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi37.68 Kb.
#1550942
  1   2   3
Bog'liq
trening mashqlar 2022-2023




Gurlan tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabibg 4-sinf o‘quvchilari bilan ,,Ahillashtiruvchi o‘yinlar“ treningi o‘tkazilganligi haqida
Ma’lumotnoma
Gurlan tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-3-4-sinf o‘quvchilari bilan jamoada ijobiy muhitni yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy, do‘stona munosabatni shakllantirish va ahillikni rivojlantirish maqsadida ,,Ahillashtiruvchi o‘yinlar “ o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘tkazilgan trening mashqida barchasi to‘liq ishtirok etdi.
Bunda o‘quvchilar bilan ,,Botqoqlik”, ,,Avtobus”, ,,Topingchi bu kim?”, ,,Orqama-orqa” , ,,G‘aram tepalik, so‘qmoq” , ,,Qayerga, qayerga” , ,,Ishonch paravozi” kabi ahillashtiruvchi o‘yinlar tashkil etildi.

Maktab psixologi: Z. Qutlimuratova



Ma’lumotnoma
Gurlan tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktabga qabul qilingan o‘quvchilar o‘rtasida sinf rahbarlar yordamida korreksion guruh tuzildi. Korreksion guruh o‘quvchilari bilan korreksion rivojlantiruvchi mashqlar o‘tkazildi. O‘quvchilarni maktab ta’limiga moslashtirish, ularda oʻquv motivatsiyasini shakllantirish, muloqot koʻnikmalari, bir-birini oʻzaro tushunish, sherikchilik, oʻzaro mas’uliyatni sezish kabi xislatlarni, bilish jarayonlari, jumladan diqqat, sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur xususiyatlarini korrektsiya qilish va rivojlantirish mashg‘ulotlari o‘tildi. Oʻquvchilarning diqqat, xotira, hayol va tafakkur xususiyatlarini rivojlantirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilindi.
Oʻquvchilarning eshitish va harakat sezgilarini, diqqatini rivojlantirish uchun “Suv, havo, yer” mashqi o‘tkazildi.
Oʻquvchilarda diqqat, mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi, guruhlarga ajrata olish qobiliyatini va fikrlash tezligini oshirish maqsadida “Savatcha” mashqi bajartirildi.
Oʻquvchilarning emotsional holatlarni imitatsiya qildirish orqali ularning emotsional sohasini korrektsiya qilish va rivojlantirish uchun “Yil fasllari” mashqi o‘tkazildi.
Tasavvur, ijodiy qobiliyat, dunyoqarashni rivojlantiradi hamda jismonan dam olishni ta’minlash maqsadida, “Hayvonni tasvirlab ber” mashqi o‘tkazildi.
Guruh a’zolari oʻrtasida ijobiy psixologik muhitni yaratishga erishildi.

Maktab psixologi: Z. Qutlimuratova



Download 37.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling