Reja: Sensor tarbiyaning ahamiyati


Download 0.6 Mb.
bet1/18
Sana22.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1043805
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Pedagogika Ro\'za


Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati.
Reja:
1.Sensor tarbiyaning ahamiyati
2.Sensor tarbiyaning mazmuni.
3. Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish
Sensor tarbiyaning maqsadi Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli bo'lib qoimay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok eti- shi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qilish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini issiq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak.Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlar ning o'zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo'yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligini, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi:
- Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.
- Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakllantirish.Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo'Iadi, u o'zi uchragan buyumlarni ma'lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini aytib beradi.Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish.Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tu-zilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini rivojiantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifatini paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, mayin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar] ko'nikmalarni rivojiantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir.Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun", "ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi. Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta'lim natijasida erishiladi.Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin

Mavzu:Huquqiy tarbiya.Huquqiy tarbiyaning mazmuni,mohiyati va ahamiyati


Reja:
1.Huquqiy tarbiyaning ahamiyati.
2.Huquqni vujudga kelishi.
3.Huquqiy ongni shakllantirish.

Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniqmaqsadni ko'zlagan va shaxs (guruhda huquqiy ong, huquqiybilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishgaundaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikryuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma'nosi nima va unimani anglatishini bilishimiz lozim.Huquq - jamiyat a'zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib


o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibgasolish vositasidir.
Huquq - ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning xulq-atvori, axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtayi nazaridanasoslangan hollarda umum ijtimoiy ma'nodagi huquqtushuniladi. Bunga millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ham kiradi.
Huquq to'g'risida yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda davlat hokimiyatiningqonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi,xulq-atvor majburiyatlari majmuasini nazarda tutamiz.Huquqning vujudga kelishi to'g'risida turli xil nazariy vaqarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatdao'zini tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha bo'lgan davrda bu urf-odat, diniy me'yorlar shaklida bo'lib, jamiyat a'zolari bularga rioya qilgan. Jamiyatdagi o'zaro munosabatlarning shakllanishini amalga oshirish yo'lini ko'rsatib beruvchi qoidalar, me'yorlar - huquq deb atala boshlandi.Huquqiy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko'rsatuvchi, ularga ma'lum qoidalar doirasida ish tutish uchun asos bo'ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi huquqiy bilimlar beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsata olishi lozim.Demak, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy me'yorlarga nisbatan hurmat, ularga ongli va mustaqil ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir.Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy tarbiyasini o'stirish maqsadida biz bu tarbiyaning ta'limiy va tarbiyaviy jihatlarini ko'rib chiqamiz.Huquqiy ta'lim berish vazifalari:

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga O'zbekiston Respubli­kasi Konstitutsiyasini o'rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish;


2. Huquq me'yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali
bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his- tuyg'usini uyg'otish;
3. Tevarak-atrofda bo'ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan huquq normalari asosida o'z fikr-mulohazalarini bildirishga o'rgatish.
Huquqiy tarbiya berish vazifalari:
1. Ona Vatanni sevish, uni e'zozlash tuyg'usini singdirish;
2. Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o'stirish.
3. Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish.
4. Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo'llarini ko'rsatish. Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi.
Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e'tibor qaratadi.
Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojiantirish
borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me’yorlarni hurmat qilishga erishiladi.

Mavzu:Huquqiy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va o’rni


Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya
2. Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish nafaqat oila va Maktabgacha ta'lim muassasalarida beribgina qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar, kattalar, qolaversa, butun jamiyat a'zolari qatnashishi lozimdir.Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish shakllarini quyidagicha ifodalash mumkin:


1. Huquqiy bilim;
2. Huquqiy ma'naviyat;
3. Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar;
4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan tanishtirish.
Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni ko'zda tutadi.
Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari.Ma'lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlarva qarindosh-urug'lardan tuzilgan
jamoa bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarini vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV - "Oila" bobida oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish
huquqiga ega deyilgan. Oila qonunlarining asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni ishonch, hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish, oila oldidagi burch va majburiyatlarini his qilish va o'z huquqlarini himoya
qilishdan iboratdir.Oilada ota-ona, bolalarning huquq va majburiyatlari:
1. Oilada yashash va tarbiyalanish;
2. O'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan
foydalanish va ular bilan birga yashash.
3. Bola otasi, onasi, yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishishi;
4. O'z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
5. O'z fikrini ifoda etish;
6. Bola ism, ota ismi va famliyasini olishga;
7. Ism va familiyasini o'zgartirishga;13
8. Oilada umumiy mulk va o'z huquqiy mulkiga ega bo'lish
va boshqa huquqlarga ega.
Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq
to'la muomala layoqatiga ega deb e'tirof etilsa, u o'z huquq va majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Oilada bolaga taalluqli har qanday masala hal etilayotganida bola o'z fikrini bildirishga, so'zlashga haqlidir. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyada bo'lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy an'analarga muvofiq boboning ismi bo'yicha familiya berilishi
mumkin.Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo'limi ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola 16 yoshga to'lguncha uning manfaatlarini e'tiborga olib, uning ismini o'zgartirishga (ota yoki onaning) haqlidir.Ota-onalar o'z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Nikohda bo'lmagan, voyaga yetmagan bolalari bo'lgan ota-onalarning bolalari 16 yoshga to'lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidir. Ota-ona o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoliga g'amxo'rlik qiladi va buning
uchun javobgar hisoblanadi.Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan shafqatsizlik, qo'pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni
kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga ziddir. Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar ota-onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi.Oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi “Oila Kodeksi"da ham o'z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota- onalikdan mahrum etiladi:
- Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, aliment to'lashdan bo'yin tovlash;
- O'z bolasini uzrsiz sabablarga ko'ra tug'ruqxona va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
- Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lsa, jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko'rsatilganda;
- Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikga mubtalo bo'lgan taqdirda;
- O'z bolalaririing hayoti, sog'lig'i yoki er xotinning hayoti,sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota- onalik huquqidan mahrum qilinadi.Farzandlar voyaga yetgandan keyin o'z ota-onalariga g'amxo'rlik qilishlari lozim. Maktabgacha ta'lim bo'yicha qabul qilingan qonunlar va me'yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonida biz vasiylik va homiylik kabi iborani uchratamiz. Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori bilan belgilanadi Farobiy yomon fazilatlarni qoralaydi va unga - razillik deb
ta’rif beradi.Mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. Uning "Baxt-saodatga erishuv yo'llari" haqidagi asarida davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib
borish, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritilishini ta'kidlaydi.Farobiy davlatni yetuk shaxs, yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan kishilar tomonidan boshqarish lozimligi ta'limotini ilgari surdi. Mutafakkir davlat va shahar birlashmasining o'ziga xos xususiyatlari, davlatni boshqarish shakllari, vazifalari, uslublarini yoritib berib, unda insonlarning farovon hayot kechirishi haqidagi siyosiy-ijtimoiy-huquqiy turmushtarzlarini yoritadi.Farobiyning fozil jamoa va komil insonlar haqidagi ta'limotlari so'nggi olim-mutafakkirlar ijodiga katta ta'sir ko'rsatdi.Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o'rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning dunyoqarashi Farobiy asarlari ta'sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Farobiy qarashlarini davom ettirdi, ilg'or falsafiy oqimni yangi tabiiy- ilmiy fikrlar bilan boyitdi va tizimlashtirdi.

Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy tarbiyaning mazmuni.Bolalar huquqlarini himoya qilish to’grisidagi Konventsiya


Reja:
1.Qonun ustuvorligini ta'minlash.
2. Bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlari

Bizning davlatimiz o'z farzandlarini mas'uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo'lib o'sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o'z ulushlarini qo'shishlariga katta umid bog'lagan. O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob- axloq me'yorlariga rioya qilish, o'z haq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini va kattalar, tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z madaniy an'analari va milliy qadriyatlariga nisbatan g'urur, hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib borishlari, hamda hayotning muhim yechimlari mas'uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari lozim."Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to'g'ri qadam hisoblanadi."Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir.Konvensiya - bolalar rivojlanishinmg turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi. Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:


1.Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish,boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlari 2. Rivojlanish huquqi - bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Ya'ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.
3. Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan borishlari shart. Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi zo'ravonliklar va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar mehnati; balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish; o'smirlarning giyohvand moddalarini iste'mol qilishi muammolariga alohida e'tibor qaratish.4. Ishtirok etish huquqi: Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga da'vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul anjumanlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta'minlaydi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-yilda "Inson huquqlari haqidagi umummilliydeklaratsiya"ni qabul qildi. Bunda bolalar huquqlari ham o'z aksini topadi va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi" qabul qilinadi. Bu hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z ichiga oladi."Bola huquqlari Deklaratsiyasi1' bo'yicha asosiy sanalar:1923-yil - Birinchi “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi.1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar ittifoqi tomonidan qabul qilindi.1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi "Inson huquqlari haqidagi umummilliy deklaratsiya"ni qabul qildi.1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi.1978-yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqidaKonvensiya”ning yangi loyihasini ishlab chiqadi va uni BMTning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib chiqish uchun tavsiya etadi.1979-yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida Konvensiya" matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu guruh izchillik bilan mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.1989-yil 20-noyabrda - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan "Bola huquqlari haqida Konvensiya" qabul qilindi.1990-yil 2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida kuchga kirdi.Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" oxirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan zamonaviy muammolarni:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Giyohvand moddalardan saqlanish;
- Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi muammolarni o'zida ifoda etadi.O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi va “Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.Maktabgacha ta'lim tizimida Konvensiya haqida tushuncha va bilim berish dastlabki jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarga nafaqat odob-axloq me'yorlariga rioya qilish kafolatini beribgina qolmay, balki uni qonunga mos ravishda harakat qilishga undaydi.Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda “Konvensiya" dan foydalanishda tarbiyachi tomonidan ishlar amalga oshiriladi:
. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha axborot materiallarni tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;

Mavzu:MTTda huquqiy tarbiya.Bolalar huquqlarini himoya qilish Konventsiyaning mazmuni va vazifalari.


Reja:
1. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish
2. Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat qilishi

Konvensiyada bolalarning huquq va majburiyatlari quyidagicha aks etadi:


- “18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi. Barcha huquqlar hamma bolalarga taalluqli. Bolalar diskriminatsiyaning barcha shakllaridan himoyalangan bo'lishlari shart" - deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18 yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.
- Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota- onasi yoki huquqiy vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan qat'iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab beradilar.Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish
yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko'radilar.
- 3-modda - Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi navbatda e'tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi yoki vasiysiga ularning huquq va majburiyatlarini e'tiborda tutishni oladilar, qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni ko'radilar. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni himoya qilish uchun mas'ul hisoblanga vakolat organlari tomonidan belgilab qo'yilgan me'yorlarga, xususan xavfsizlik va sog'liqni saqlash talablariga javob berish.
- 4-modda - Iqtisodiy ijtimoiy va madaniy huquqlar imkoniyatlaridan foydalanish.
- 5-modda - Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat qilishi va ularning bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta'minlashi lozim
- 6-modda - Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va davlat bolaning rivojlanishi hamda yashay olishini ta'minlashga majbur.
- 7-modda - Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqalaridan boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga ega bo'lishi, ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday huquqlarni o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiradi. Har bir bola o'z ismiga, millafiga ega bo'lishi hamda o'z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga ega. Bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi - bola shaxsini
tasdiqlovchi hujjatdir.
- 8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va zarur bo'lsa uning shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini, millatini, oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.

Mavzu:Iqtisodiy tarbiya.Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni,mohiyati va ahamiyati.Iqtisodiy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va o’rni.



Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiya- chilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish lozim.Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.
Iqtisodiyot - kishilarning yashashi uchun zarur bo'lgan moddiy ashyolarni yaratish va iste'molchiga yetkazib, hayot kechirishni kafolatlaydi.
Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyoj ini qondiruvchi vosita.Shu o'rinda ehtiyojning o'zi nima ekanligini anglab olish zarur.Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda ma'lum mavqega ega bo'lish uchun zarur bo'lgan turli-tuman noz-ne'matlar, ya'ni barcha mahsulot va xizmatlarning majmuasidir.Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:
1. Moddiy-mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar bunga oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, uy asbob-anjomlari, transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.
2. Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya'ni, ta'lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyoj dir.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va istaklari asosida namoyon bo'Iadi.Bola ehtiyoji:
- to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj
- ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan sarflash
- dam olish, sayohatga chiqish
- shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter
- shaxsiy o'rin-joy
Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga o'rgatiladi. Bolalarga har qanday talab - bu huquqiy masuliyat deb qaralishini tushuntirish zarur.Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji to'xtovsiz o'sib borishi haqida ma'lumot beriladi.Masalan, ta'lim xizmatlariga bo'lgan ehtiyoj turli yo'nalishdagi o'quv markazlari, chet tillarni o'rganishga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojlarining o'rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning paydo bo'lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko'payishi kuzatiladi.Iqtisodiyot hech narsa yo'q yerda bo'lishi mumkin emas. Bu albatta, iqtisodiy resurslar, kattalar mehnati orqali amalga oshiriladi.Iqtisodiy resurslar:
1) Moddiy resurslar
2) Mehnat resurslari
3} Informatsion axborot resurslar
Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan tanishtirganda tabiiy resurslar - yer, suv, yer osti va usti boyliklari bularningbarchasi tabiat ne'matlari ekanligi, ulardan oqilona foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy jihatlari, ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o'lkamizdagi barcha boyliklarni asrab-avaylash kerakligi, tevarak-olam, tabiat, matematika, nutq o'stirish va boshqa pedagogik jarayonlarda o'rgatib boriladi.Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar, mashina va mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat resurslari ular kim tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning mehnat qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xo'jaligidagi kattalarning ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari bilan tanishtiriladi. Endilikda har bir ishni tashkil etishda, albatta, oldin kerakli mahsulotlar yig'ilar, shularga tayanib, kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Bu axborot informatsion resurs jarayoniga kiradi.

Mavzu:Ekologik tarbiya.Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berish.Ekologik tarbiyaning o’ziga xos xusisiyatlari va o’rni.


Reja:
1. Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi
2. Ekologik ta'lim va tarbiyaning tub ma'nosi
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Jamiyatning atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boTishga majburdirlar", 55-moddasida esa "Yer osti boyliklari, suv, o'simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir" deyilgan.Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Yashil o'rmonlar siyraklashib, o'simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi,chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholini oziq- ovqat bilan ta'minlash, energiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg'un bo'lgan tabiiy holatga putur yetmoqda.Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlariva atrof-muhit o'rtasida bo'lib turadiganmunosabatlarni,tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini o'zlashtirishdan iboratdir.Inson tabiatga, o'zini o'rab olgan muhitga nisbatan o'z munosabatini o'zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, o'rganishi va ular asosida o'z hayotini rivojlantirish! shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayotini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chikishiga sababchi bo'Iadi va shu ofatlardan halok bo'IadiEkologik ta'lim va tarbiyaning tub ma'nosi - tabiat va jamiyat o'rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog'Iovchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, hayotga tatbiq qilishdan iboratdir.Ekolgik ta’lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling