Reja: Sensor tarbiyaning ahamiyati


Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalashning o’ziga xosliklari


Download 0.6 Mb.
bet2/18
Sana22.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1043805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Pedagogika Ro\'za

Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalashning o’ziga xosliklari.
Inson onadan tug'ilib, olamga kelgan chog'idanoq tabiat ehsonidan bahramand bo'ladi. Ilk bor havodan to'yib nafas oladi. Odamzot o'sib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh, harorati juda zarur bo'lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Tabiat musaffo bo'lsa, odam ham sog'lom, baquvvat o'sadi. Odam har nafas olganda uning o'pkasiga yarim litrgacha havo kiradi. Odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi yoki tanaga 8-9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda 11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat in'omidir. Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan iflos chang o'pkada gaz almashuviga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu insonning sog'lig'ini bora-bora izdan chiqarib, turli xastaliklarni vujudga keltiradi. Tabiat shunday odil mo'jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi/ chiqarilgan karbonat angidridni o'simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o'simliklar dunyosi, ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bunday inson o'z atrofini o'rab turgan tabiatni, uning o'simliklar dunyosini ko'z qorachig'iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo'lidan kelganicha ko'proq daraxt ekishi, ko'kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota- bobolarimiz daraxt ekish, bog'-rog' yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo'ladi, deb bejiz aytishmagan. Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida quyidagilar aytilgan: "Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo'lib qolishi aniq bo'lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo'ying". Inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi uchun. Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash zarur bo'lgan dori-darmonlar ham ona-tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a'zo bo'lmaganday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo'q. Ularning hammasi hayot uchun zarur. Yer yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda. Daraxtlarningkesib yuborilishi, qush va hayvonlarning shafqatsizlik bilan ovlab yo'q qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo'Idi va bo'lmoqda. Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo'lsa, ona zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o'z qo'Iidadir. Atrof - muhitning tozaligini ta'minlash o'zimizga bog'liq, biz katta-yu yosh toza havodan bahramand bo'lish uchun shahrimizga ko'chat ekib, ko'kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqlasak o'zimizning sog'lig'imizni saqlagan bo'lamiz. Bahor faslida ko'chat ekish oyligi o'tkaziladi. Shunday ekan, nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib o'stirish har bir o'quvchi va kattalarning insoniy burchidir. O'zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga chiroy, ko'rkiga-ko'rk qo'shishi odatlari bor. Inson tabiatdagi har bir giyoh, o't-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni, olamda nimayiki kerakli bor narsani zarur deb biiadi. Ota-bobolarimiz zilol suvni, buioqlarni, so'lim daraxtzorlarni, qoya-g'orlarni, xosiyatli o't-o'Ianlarni, gul- giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati порок kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti qilmaslikka alohida e'tibor berib kelganlar. Avvalo, har bir inson yer yuzidagi o'simliklarni ko'paytirishga hissa qo'shishi, kamaytirishdan o'zini tiyishi lozim. O'simliklarni ko'paytirishning birdan bir yo'Ii - mevali va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko'proq ekishdir. Ularni parvarish qilish, bog'-rog'lar yaratish har bir inson uchun xayrli ish bo'lishi bilan birga, savobli ish hamdir. Xalqimiz bog' yaratgan odamlarni hech qachon esidan chiqarmaydi. Go'zal bog'lar yaratish, yurtni gullar bilan burkash qadimdan eng yaxshi odatlarimizdan biri bo'lib kelgan. Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining qimmatli va nodir yozma yodgorliklaridan biri Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida Amir Temurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari bayon qilinishi bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida O'rta Osiyodagi madaniy hayotga doir bir qancha noyob ma’lumotlar ham keltirilgan. Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat nigohi bilan yaratilgan bog'-rog'lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqand-u Buxoroni, ko'hna Urganch, Xivani bezab, Yer yuziga zeb berib turibdi. Bu nodir obidalar bobokalonlarimiz el-yurt obodonchiligiga alohida e'tibor qilganliklaridan dalolat beradi. ''Zafarnoma”da Sohibqiron Amir Temur tomonidan barpo etilgan "Bog'i shamol", "Bog'i dilkusho", "Shahrisabz qo'rg'oni" va Oqsaroy kabi obidalar haqida batafsil hikoya qilinadi. Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o'tmish ajdodlarimizdan bizgacha urf-odat bo'lib yetib kelgan obo- donchilik ishlaridan hozirgi yoshlarni xabardor etish, ularni ana shu ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi el farvonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o'g'il- qizlar, oliyhimmat inson, tabiatga mehr-muruvvatli kishilar bo'lib yetishsinlar.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling