Til dil kaliti


Download 65.73 Kb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi65.73 Kb.
#1703656
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TIL BAYRAMI SSENARIYSI


TIL – DIL KALITI” NOMLI BAYRAM SSENARIYSI
1-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.


2-boshlovchi: Assalom azizlar, dost-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush kordik
Ulu*9g` anjumanda Sizni xush kordik.


1 -boshlovchi: Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi kozimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u rozim, tuzimsan
Ozbek tilim, ona tilim, oz tilim,
Ozbek elim, ona elim, oz elim


2-boshlovchi: Qon qardoshlar davrasida orning bor,
Oz bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
Ozbek tilim, ona tilim, oz tilim,
Ozbek elim, ona elim, oz elim
1-b Assalomu alaykum, barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu ishga butun hayotini baxshida etgan fidoyi va oliyhimmat ustozlar! Hurmatli o`qituvchi va o`quvchilar!
2-b Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! Aziz davramiz qatnashchilari!
1-b Sharqona odatimizga ko`ra, eng avvalo, xush kelibsiz!
(O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi).
2-b Ey xalqidek qoyabardosh bahodir til,
Ey boshidan mashaqqatlar kechirgan til.
1-b Ey daryodek sermavj, zilol, injuga boy,
Yuz buloqdan qonib suvlar ichirgan til.
1-2-b Alpsan, erksan, yorug`liksan, ham bilimsan,
Ezgu o`yni ezgu so`zga ko`chirgan til.
1-b Til inson madaniyatining ifodasidir. Har bir millatning o`zligi, uning tili va adabiyotida namoyon bo`ladi. Til umr bo`yi o`rganiladigan, sayqal bergan sari ochilib , yashnaydigan san`at durdonasi.
2-b Til aloqa vositasi, ekan, so`z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o`lchab ko`rsatadigan tarozidir. Jahonda 3000 dan ortiq til bo`lib, bizlar uchun eng suyuklisi o`zimizning ona tilimizdir.

Download 65.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling