Ona tilim—jonu dilim Til bayramiga atalgan bayram ssenariysi 3- sinf 1-boshlovchi


Download 23.45 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi23.45 Kb.
#1125416
Bog'liq
Bayram ssenariylari


Ona tilim—jonu dilim Til bayramiga atalgan bayram ssenariysi 3-<> sinf
1-boshlovchi: Assalom davradoshlar
Mahbuba qalamqoshlar
Ijodkorlar assalom,
Fidokorlar assalom.
2-boshlovchi: Assalomu-alaykum, Hurmatli ustozlar, qalbi qaynoq o`quvchilar. Bugungi 21-oktabr Til bayramiga atalgan <> nomli bayram tadbirimizga xush kelibsizlar!
1-2-boshlovchilar: Ona tilim—jonu dilim,
Sening bilan biyron tilim.
2-boshlovchi: Hozir davraga 3-<> sinfning eng zukko , eng faol o`quvchilarini taklif etamiz. Marhamat! (O`quvchilar davraga musiqa sadolari ostida chiqib keladilar.)
1-o`quvchi: Tursunboy Adashboyevning <> she`rini ifodali o`qiydi. (Nortoshova Laylo)
2-o`quvchi: 1989-yil 21-oktabr kuni O`zbek tili Davlat tili deb e`lon qilindi. Shu kundan boshlab barcha davlat hujjatlari o`zbek tilida yuritiladigan bo`ldi. 3-o`quvchi: Ona tilim koni bilim Shirin-shakar ma`no tilim
Tillar ichra sara tilim Ona tilim a`lo tilim. (Xayrullayeva O.)
4-o`quvchi: Yana qayta tug`ilgansan O`lkamizga nur bo`lgansan
Baxt, iqbolga yo`g`rilgansan Ona tilim a`lo tilim. (O`rinov B.)
5-o`quvchi: O`tmishi bor tarixga boy, Orzu –havas bunda talay
Navoiydan olgan chiroy Ona tilim -- a`lo tilim. (Pardayeyev A.)
1-boshlovchi: Sinfimiz qizlari ishtirokida <> ashulasini tinglaymiz. Marhamat!
(Qizlar ashulani ijro etadilar.)
2-boshlovchi: O`quvchilardan <> haqida she`rlar tinglaymiz.
1-o`quvchi:
2-o`quvchi:
3-o`quvchi:
4-o`quvchi:
2-boshlovchi: <> hikoyasini sahna ko`rinishida tomosha qilamiz.
(Ikki olim farzandga ta`lim—tarbiya berish borasida bahslashib qolibdilar.)
Olim kishi-1: --Farzandga riyoziyotdan va falakiyotdan saboq berib, xorijiy tillarni o`rgatish lozim.
Olim kishi-2: --Menimcha , avloddan—avlodga meros qoladigan asosiy boylik –til ekanini uqtirish lozim. Ona tili va Vatani uchun jonini ham fido qilib, tilga xiyonat qilmasliklari uchun qo`shiq, ertak, dostonlar aytib berish kerak.
(Bu gapdan birinchi olim qah-qah otib kulibdi.)
Olim kishi-2: --Nega kulasiz men to`g`ri gapni aytdim.
Olim kishi-1: --Yo`q , meninig gaplarim to`g`ri.
Oqil kishi: --Yurtda ulug` donishmand bor. Hozir huzuriga boramiz , hammasini o`sha yerda hal qilamiz. (Shundan so`ng ular donishmand huzuriga borishibdi.)
Olim kishilar: --Assalomu –alaykum, ulug` donishmand.
Donishmand: -- Vaalaykum—assalom, keling birodar!
Olim kishi-1: --Biz farzand tarbiyasi borasida bahslashib qoldik.
Olim kishi-2: --Qay birimizning fikrimiz ma`qulligini aytsangiz.
Donishmand: --Fikrlaringizni eshitaylikchi!
Olim kishi-1: --Men yosh avlodga matematika va astranomiyadan saboq berib xorijiy tillarni o`rgatmoqchiman.
Olim kishi-2: --Men esa eng avvalo Ona tilini va Vatanga sodiqlikni o`rgatmoqchiman.
Donishmand: --Menga (ikkinchi olimga qarab) sizning fikringiz ma`qul. Yosh avlodni Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashimiz uchun Ona tilini puxta o`rgatishimiz darkor. Zero, Til bilmay turib, El bilib bo`lmaydi.
( Ular sahnadan chiqib ketishadi.)

1-boshlovchi: Biz bobokalonimiz Alisher Navoiyni Ona tilimizning asoschisi deb ayta olamiz. U kishining quyidagi hikmatli so`zlari bor. Tilga ixtiyorsiz -- Elga e`tiborsiz .
1-o`quvchi: Til bilgan El biladi.
2-o`quvchi: Til yaxshisi bor etar, Til yomoni xor etar.
3-o`quvc hi: Tig` jarohati bitar, til jarohati bitmas.
4-o`quvchi: Odobning boshi til.

O`quvchilar birgalikda she`r o`qiydilar:


Partada o`tirishni,
Ruchka to`g`ri tutishni,
O`rganamiz maktabda, o`rgatadi maktabda
Qo`shishni , ayirishni,
Ko`paytirish, bo`lishni
O`rganamiz maktabda, o`rgatadi maktabda.
Kitoblarni sevishni,
Ham odobli bo`lishni.
O`rganamiz maktabda, o`rgatadi maktabda.
1-boshlovchi: Sinfimiz o`quvchilari ijrosida raqs tomosha qilamiz.
2-boshlovchi: Bugungi bayram tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi.
1-boshlovchi: Xayr! Omon bo`ling.

O`zbegim qizi

Iboli, hayoli malakdir o`zi,


Otalar—onalar ishonch yulduzi.
Shirindan, shakardir har aytgan so`zi,
Farishta misoli o`zbegim qizi.
Oiladan boshlanar vatan ildizi,
Siz o`sha vatanning yorug` kunduzi.
Bog`ni bo`ston qilar yurgan har izi,
Sehrgar misoli o`zbegim qizi.
Siz qo`ygan maqsadning aniqdir ko`zi,
Elning ravnaqi—yu, yurtning nufuzi.
To`marisga aylanib ulgurgan o`zi,
Malika misoli o`zbegim qizi.
Vatan sha`ni deya o`tar har ro`zi,
O`ziday musaffo tiniq orzusi.
Barchinoyga qiyos bo`lar gul yuzi,
To`lin oy misoli o`zbegim qizi.

42—umumiy o`rta ta`lim maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Maxmaraimova Go`zal.

Download 23.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling