Til dil kaliti


Download 65.73 Kb.
bet5/6
Sana14.10.2023
Hajmi65.73 Kb.
#1703656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TIL BAYRAMI SSENARIYSI

19-o‘quvchi: Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazina-yu bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til.
Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.
20-o‘quvchi: Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan,
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yo‘g‘irilgan til – ona tilim
21-o‘quvchi: Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘r o‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan,
Tug‘ilgan til – ona tilim
7-sinf qizlari she’ri o’zbek rus tilida ( Nozima, Mubinalar, Mastura, Madina)
1-o`quvchi: Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim,
SHe’r yozdim-u bo`lak ishni qotirmadim
Tilim turib o`z tilimda gapirmadim
Bir eslasam eziladi bag`ri dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Ona erkam deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo`q deb zirqiraydi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug`doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim
Ona tilim ,kechir meni, ona tilim.
2-o`quvchi:
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar
O`zbekni qon qaqshatganni o`zbek siylar
Holimizni qon kuzatdi YAssaviylar
Onatilim, kechir meni, ona tilim
Kimdir mayda millat bo`ldi, kimdir katta
Katta millat afandisi yo`qdir hatto
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda
Zulm o`tsa faqat sendan o`tdi zulm
Ona tilim, kechir meni ona tilim.
3-o`quvchi:
Sen bo`lmasang, nima bizga silliq she’rlar
Bu dunyoda tili yo`qda dil yo`q derlar
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar
YUragimning to`ridagi so`lmas gulim
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasang har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar
Qodiriylar, CHo`lponlar-u Abdullolar
Sening qaytgan kuning men tug`ilgan yilim
Ona tilim, ey muqaddas ona tilim.
2-boshlovchi: O’zbek tilida ijod qilgan ko’plab shoir yozuvchilarimiz haqida bilamiz. Buyuk shaxslarimizning esa tilimiz haqida keltirishgan fikrlarini eshitib qolamiz. Shunday insonlar fikrlaridan tinglab, tilimizning yanada buyukligiga shukurlar aytsak arziydi.
7-A SINF o’quvchilari (Otabek, Isoxon, Madina, Botirjon, Mubina )

Download 65.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling