Til dil kaliti


Download 65.73 Kb.
bet2/6
Sana14.10.2023
Hajmi65.73 Kb.
#1703656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TIL BAYRAMI SSENARIYSI

2-boshlovchi: Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.
1-boshlovchi: Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
O’ttiz uchga to’libsan mana.


2-boshlovchi: Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
1-boshlovchi: O‘zbekistonimizning, millatimizning yana bir faxri, ko‘rki sanalgan jihatlaridan biri — nafis va jarangdor, dunyolarni o‘z sehriga oshufta aylagan o‘zbek tilidir.
2-boshlovchi: Xorijiy tillarni jadal va samarali o‘rganish bugungi kunning eng dolzarb talabi ekanligi jamiyatimiz tomonidan to‘la anglab yetilgan haqiqatdir.
1-boshlovchi: Albatta, xorijiy tilni o‘rganishda asos – ona tili bo‘lmog‘i lozim. Bu borada Prezidentimizning quyidagi gaplari o‘rinlidir: “Shunga alohida urg‘u berishimiz zarurki, chet tillarni o‘rganish minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo‘lmasligi lozim”. Darhaqiqat xorijiy tilning eshigini ona tilining kaliti bilan ochish o‘zligimizni aslo unutmasligimizga kafil bo‘la oladi.


O
zbek tili malikasi sahnaga kirib keladi.
1-boshlovchi: Xush kelibsiz tilimiz malikasi! Biz bugun sizning 33 yoshingizni tantanali nishonlash uchun yig’ilib turibmiz.
O’zbek tili: Rahmat, azizlarim! Hurmatli prezidentimiz men uchun juda ko’p ishlar qildilar. Yurtimiz aholisining deyarli barchasi mendan foydalanishyapti. Lekin, meni mensimayotganlar ham yo’q emas. So’zlashayotganlarida o’zga tilllardan foydalanishyapti, qo’shiqlar ham deyarli chet tillarida kuylashyapti. Men bu holatlarni ko’rib, juda ham ranjiyapman. Nahotki, o’zlarining milliy o’zbek tillari turib, uni ardoqlab qadriga yetishmasa?!
2-boshlovchi: Siz xafa bo’lmang, aslo undaylardan o’ksimang. Bizning maktabdagi bolalar sizning kechangiz uchun astoydil mehnat qilib, tayyorgarlik ko’rishgan. Sizga bag’ishlangan badiiy kechamiz manzur bo’ladi degan umiddamiz.

Download 65.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling