Assalom azizlar, dòstlar assalom. Orzumand kòngillar dillar assalom


Download 16 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi16 Kb.
#1440797
Bog'liq
tanishtiruvga


Dilnozam:
Assalom azizlar, dòstlar assalom.
Orzumand kòngillar dillar assalom.
Dunyoni kezganda dunyo ishqlari,
Yurakdan sevganlar Hurlar assalom.

Òng qòlni yurakka asta bosaman


Va yana aytaman tinchlan biroz kut
Barchasi boshlanar qoldi soniya
Sen zarba berasan men esa sukut...

Qadimiy yurt buyuk Qashqadaryoning


Baģrida yashardi azim oila
Bir birin sevgila siylagan har on
Muhabbat ularga singgan qon ila

Shaxar emas oddiy Qadim Shaxrisabz


Ularga baģrini qilgandi tortiq
Barchani e'zozlab barchani asrab
Suydirmoq suymoqdan olardi hordiq

Baxtiyor oila baxtli oila

Ming toqqiz yuz toqson yettinchi yilda
Oila qalbida quvonchli habar
Yangradi chaqaloq yiģisi baland
Nasiba atashdi ismin tong qadar.

Oradan òtardi vaqtlar ildamlab,


Qizaloq òsardi , unardi asta
Ota ona baxti, buvi erkasi
Opalar singari bòldi birpasda

Ikkiming òn beshni olamiz yodga


Ming minglab òquvchi minglab oddiy xalq
Talaba bòlmoqni istab chin dildan
Taqdir deb kelishgan Temir yòl taraf...

Shukrki ming shukr baxliman ona


Qubonchim siģmaydi ichimga qarang
Onajon otajon endi qizingiz
Talaba bòladi talaba qarang

Orzuga ergashib yashadim mana


Orzuga ergashib òtmoqda umrim
Oligoh bitirdim bugun kasbim bor
Temiryòlchiman men mustahkam sabrim.

Qizbola deydilar kinoya bilan


Òylamang hammasi òz-òz òrnida
Tòqishni sevamiz, shaxmat-shashkani
Òrganib olgan biz ekan vaqtida...
Bu kun ham ko‘nglimda otayapti tong!
Qarshingizda òsha Nasiba jajji
Tòģri biroz òsgan biroz ulģaygan
Ahr umr avji hayotning avji...
Tashakkur aytaman ota onamga
Suyib erkalagan buvijonim bor
Opalarim mening ikki qanotim
Kichkintoy singlimda muruvvat bisyor

Qanoat aylaymiz toki tirikmiz


Yuragim osmonda baland parvoz uch
Zero prezidentimiz aytganlaridek
Biz yoshlar har yerda katta ulkan kuch
Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling