O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi sektorida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish bilan bog’liq muammolar yuzasidan Jahon bankining ishlash printsiplari Savollar va javoblar


Download 31.44 Kb.

Sana13.11.2017
Hajmi31.44 Kb.

O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi sektorida bolalar mehnati va majburiy 

mehnatdan foydalanish bilan bog’liq muammolar yuzasidan Jahon bankining ishlash 

printsiplari 

Savollar va javoblar 

2016 yil aprel. 

Jahon bankining O’zbekiston qishloq ho’jaligi sektoridagi faoliyatining umumiy strategiyasi 

qanday? 

Jahon banki doim O’zbekiston 

qishloq ho’jaligi mahsulotining paxta va bug’doydan boshqa 

qo’shimcha qiymatli, meva va sabzavotlar kabi, qishloq ho’jalik ekinlariga va chorvachilikka o’tishni 

nazarda tutgan diversifikatsiyalanishini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Jahon bankining O’zbekiston 

qishloq ho’jaligi sektoridagi hamkorligi qishloq ho’jalik hosildorligini oshirishga, yer va suv 

resurslarini barqaror boshqarishni jadallashtirishga, irrigatsiya infrastrukturasining samaradorligini 

va xalq ho’jaligi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.  Bank fermerlar va qishloq ho’jalik 

korhonalariga qishloq ho’jalik jihozlari va texnikasini sotib olish, qishloq ho’jalik mahsulotini qayta 

ishlash, chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik, uzumchilik, issiqhona ho’jaliklari hamda 

sabzavotchilik va baliqchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha texnik va moliyaviy yordam ham 

korsatib kelmoqda. 



Jahon banki mamlakatning qishloq ho’jaligi sektorini modernizatsiyalash masalalari bo’yicha 

qanday amaliy yordam ko’rsatmoqda? 

Jahon banki qishloq ho’jaligi sektorini modernizatsiyalash strategiyalarini ishlab chiqarish bo’yicha 

qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Hukumati bilan konstruktiv muloqot olib bormoqda. 

Mazkur strategiya tegishli institutlarni kuchaytirish, salohiyatni oshirish va ishlab chiqarish 

aktivlariga qaratilgan sarmoyalarni jadallashtirish orqali qishloq ho’jaligi sektorida barqaror o’sishni 

maksimallashtirish va ishchi o’rinlarni yaratishga qaratiladi. Jahon banki sektorning bozor asoslariga, 

ekologik va ijtimoiy jihatdan barqaror, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan rentabel qishloq hojaligiga 

o’tish kontseptsiyasini ishlab chiqishda yordam ko’rsatadi. 

Biz qishloq ho’jaligi salohiyatini va undagi mavjud qiyinchiliklarni ishonchli tarzda baholash 

maqsadida O’zbekiston Qishloq va Suv Ho’jaligi Vazirligi bilan ishlab kelmoqdamiz. Bunda 

mamlakatning qiyosiy afzalliklari va mahalliy, regional va xalqaro bozorlardagi imkoniyatlarni 

aniqlash hamda sektorda o’zgartirishlarni amalga oshirish va uning hosildorligini yanada 

yaxshilashda yengib o’tilishi zarur bo’lgan qiyinchilik va to’siqlar tahlili nazarda tutiladi. Bunday 

keng dasturni amalga oshirishdagi Bankning konkret yordami sarmoyalar va texnik ko’makdan 

iborat bo’ladi. 

O’zbekiston paxtachilik sektoridagi bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish 

masalalariga Jahon bankining munosabati  qanday? 

Jahon banki barcha shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishni qoralab keladi va O’zbekiston 

paxtachilik sektoridagi undan foydalanish haqidagi ma’lumotlarga jiddiy qarab keladi. Bizning 

fikrimizcha, O’zbekistonda by muammo yechilishining eng samarali yo’li – xalqaro agentliklar va 

donor tashkilotlari bilan uzluksiz muloqot va hamkorlikni nazarda tutuvchi kompleks yondashuvni 

qo’llash, sektorda tahliliy ish va strategik muloqot olib borish hamda loyihalar darajasida konkret 

choralar qo’llash. Asosiy yo’nalishlardan biri bu O’zbekiston xalq ho’jaligining mazkur sektorida 

majburiy mehnatdan foydalanishga undovchi stimullarni bartaraf etish maqsadidagi paxta sanoati 

sistemasining liberalizatsiyalashtirilishidir. 

Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish muammosini bartaraf etish borasida 

Jahon banki boshqa donor va rivojlantirish tashkilotlari bilan qay tarzda hamkorlik qilib 

kelmoqda? 

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va boshqa rivojlanish sohasidagi ko’p va ikki tomonlama 

hamkorlar bilan birgalikda Jahon banki O’zbekiston Hukumati bilan bolalar mehnati va majburiy 

mehnatdan foydalanish masalalari bo’yicha faol muloqot olib bormoqda. Donor tashkilotlarinig 



Hukumat bilan bo’lgan mazkur muloqot va xalqaro hamjamiyatning uzluksiz ishi natijasida XMT 

2013 yili paxta yig’im-terimi paytida bolalar mehnati bo’yicha monitoring o’tkazishga ruhsat oldi. 

2014 yili monitoring XMT uslubiyatini qo’llash va uning texnik yordamidan foydalanish orqali 

O’zbekiston Hukumati tomonidan amalga oshirildi. 2015 yildagi yig’im-terim paytida XMT ilk 

marotaba Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar hududlarida bolalar va kattalar 

mehnatidan majburiy tarzda foydalanish bo’yicha monitoring o’tkazdi. 

Yevropa Ittifoqi, AQSh va Shveytsariya bilan keng hamkorlikda Jahon banki monitoring va hisobot 

mexanizmlarini hamda paxtachilik sektoridagi bolalar mehnati va majburiy mehnatni bartaraf etishga 

qaratilgan boshqa choralarni moliyalashtirish uchun ko’p donorli maqsadli fondni tashkil qildi. Biz 

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan birgalikda paxta terimini mexanizatsiyalashtirish va 

hukumatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi, ya’ni 2020 yilga paxta terimini to’liq 

mexanizatsiyalashtirish masalalari bo’yicha hukumat organlari bilan  hamkorlik qilib kelmoqdamiz. 

“Human Rights Watch”, “Ochiq jamiyat” Fondi, “BIC” Bank informatsiyon markazi, “Cotton 

campaign” va shu kabi yana boshqa fuqarolik jamiyati bo’yicha xalqaro tashkilotlar hamda 

O’zbekistondagi mahalliy jamoat tashkilotlari bilan Jahon banki faol muloqot olib bormoqda. 

Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar doirasida bolalar mehnati  va majburiy 

mehnatdan foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan qanday aniq choralar belgilangan? 

Jahon bankining barcha namunaviy tender dokumentlari Jahon banki qatnashgan loyihalar doirasida 

moliyalashtirilgan shartnomalar asosida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni 

ta’qiqlaydigan qoidani o’z ichiga olgan.  Undan tashqari, O’zbekistonda paxta ishlab chiqarilishiga 

aloqador bo’lgan loyihalarda loyiha hududlarida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan 

foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan choralar belgilab qo’yilgan. Mazkur choralar misol 

tariqasida quyidagilardan iborat: bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni ta’qiqlash 

bo’yicha qonunchilik talablariga hukumatning rioya etishini ta’minlash, Uchinchi Tomon 

Monitoringini o’tkazish va loyiha faoliyati bilan bog’liq yoki loyiha zonasida kuzatilgan bolalar 

va/yoki majburiy mehnatdan foydalanish masalalari bo’yicha hisobot mexanizmlarini yaratish, 

Uchinchi Tomon Monitoringini o’tkazishni to’liq qo’llab-quvvatlashni va shunga tegishli zarur 

choralarni tegishli tarzda amalga oshirish uchun sharoit yaratishni mahalliy hukumat organlaridan 

talab qilish; loyihalar amalga oshirilayotgan barcha hududlarda bolalar mehnati va majburiy 

menhnatdan foydalanishga undovchi stimullarni bartaraf etadigan yerdan foydalanish bo’yicha aniq 

strategiya, bolalar mehnati va majburiy mehnat haqidagi mehnat qonunchiligi va me’yoriy asoslar 

bo’yicha o’quv tadbirlarini o’tkazish va habardorlikni oshirish. Bu choralar Jahon banki loyihalarini 

moliyalashtirish haqidagi Moliyaviy Bitimga kiritilgan majburiy shartlarda aks ettirilgan. 

Uchinchi Tomon Monitoringi va Hisobot mexanizmi qanday ahamiyatga ega va ular 

O’zbekistonda qay tarzda ishlab kelmoqda? 

Jahon Banki Guruhi qat’iyan amal qiluvchi printsipiga muvofiq Guruh qatnashuvida amalga 

oshirilayotgan loyihalar doirasida har qanday zarar keltirishning oldini olish uchun Guruh barcha 

choralarni ko’radi; xususan O’zbekistonda bunday loyihalar bolalar mehnati va majburiy mehnatdan 

foydalanishga hech qanday imkon tug’dirmaydilar. Loyiha hududlarida majburiy/bolalar mehnatidan 

foydalanishga oid mumkin bo’lgan har qanday muammolarni muntazam ravishda kuzatishni 

ta’minlash maqsadida Jahon banki va O’zbekiston Hukumati orasida Uchinchi Tomon Monitoringi 

(UTM) va Hisobot Mexanizmini (HM) amalga oshirish haqida bitim kelishildi. 2015 yil yig’im-terim 

mavsumida quyidagi loyihalar UTM va HM o’z ichiga olardi: Qishloq ho’jalik korxonalarini qo’llab-

quvvatlash loyihasining 2-fazasi va uning Qo’shimcha moliyalashtirilishi; Global ekologik fondning 

“Barqaror qishloq ho’jalikni qo’llab-quvvatlash va iqlim o’zgarishining asoratlarini kamaytirish” 

loyihasi; Bog’dorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish loyihasi; Janubiy Qoraqalpog’istonda suv 

resurslarini boshqarishni takomillashtirish loyihasi; Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim sistemasini 

takomillashtirish loyihasi. 

2014 yil oktyabrda Jahon Banki va XMT Hamjihatlik Memorandumini imzoladi, bunda ko’rsatilgan 

hamkorlik doirasida XMT 2015 va 2016 yillar yig’im-terim mavsumida bolalar mehnati va majburiy 

mehnat bo’yicha o’zining standart uslubiyatiga asosan UTM olib boradi. 2015 yil Mart oyida XMT 


va O’zbekiston Respublikasi Hukumati orasida XMT 2015 va 2016 yillarda HM amalga oshirishi 

haqidagi bitimga kelishdilar. 

2015 yil 14 sentyabr va 31 oktyabr oralig’idagi yig’im-terim paytida Jahon Banki tomonidan 

moliyalashtirilgan loyihalar amalga oshirilayotgan 10 viloyat hududiga  XMT 10 monitoring guruh 

mutaxassislari boshchiligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish bo’yicha 

monitoring o’tkazdilar. XMT va Jahon Banki yordamida Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha 

Muvofiqlashtiruvchi kengash milliy Hisobot Mexanizmini tashkillashtirdi. Mehnat va aholini 

ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi Shoshilinch liniyalar ishini 

tashkillashtirdilar hamda qayta aloqa va shikoyatlar qabul qilish uchun vebsayt yaratdilar. 

2015 yil paxta yig’im-terim mavsumidagi Uchinchi Tomon Monitoringi natijalari qanday 

bo’ldi? 

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan monitoring davomida 2015 

yil paxta yig’im-terim mavsumida Jahon banki ko’magida amalga oshirilayotgan loyihalar 

benefitsiarlari bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanganligi haqida aniq dalil topilmadi. 

2013 yildagi kabi, butun mamlakat bo’ylab, shu jumladan, Jahon banki ko’magida yuritilayotgan 

loyihalar hududlarida ham, bolalar mehnatidan muntazam foydalanish holatlari topilmadi. Shu bilan 

birga, kattalarning paxta terimiga tashkiliy holda jalb qilinishi kabi majburiy mehnat havfi Jahon 

banki va Xalqaro Mehnat Tashkilotini tashvishga solmoqda. Boshqa ishlar bilan bir qatorda XMT 

tomonidan o’tkazilgan monitoring majburiy mehnat havfini bartaraf etish uchun yanada mustahkam 

qadamlar zarurligi haqida xulosa qilib, va bunday xavf mavjudligi O’zbekistondagi hamkorlar 

tomonidan e’tirof etilganligi ta’kidlandi. 

Jahon bankining O’zbekiston Hukumati bilan muloqoti natijasidagi so’nggi yutuqlari qanday? 

Paxtachilik sektoridagi bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish masalalari bo’yicha 

oxirgi ikki yil ichida Bank O’zbekiston Hukumati bilan jadal muloqotni yo’lga qo’yib oldi. Mazkur 

davr mobaynida mamlakat hukumati bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni 

ta’qiqlash va ishchilar huquqlarini muhofaza qilishga oid milliy qonunchilikka katta o’zgarishlar 

kiritdi.  

O’zbekiston Hukumati, XMT va Jahon banki o’rtasida o’rnatilgan uch tomonalama hamkorlik bizga 

ancha ko’tarinki ruh bag’ishlaydi. Bu hamkorlik natijasida bir qancha katta yutuqlarga erisihildi. 

O’zbekiston xalqi va iqtisodiyoti ravnaqiga yo’naltirilgan qishloq ho’jaligining keng qamrovli 

modernizatsiyasiga erishish uchun O’zbekiston Hukumati va rivojlantirish sohasidagi hamkorlari 

bilan olib borilayotgan ishlarning davom etishiga Jahon banki umid bildiradi. 2015 yil 16 noyabrdagi 

Vazirlar Mahkamasi qarori orqali Hukumat mazkur maqsadlarga sodiqligini yana bir marotaba 

tasdiqlaganidan hursandmiz. 

Noyabrdagi Qarorning davomi sifatida ishlab chiqilgan va 2016 yil 7 yanvarda Bosh Vazir 

tomonidan tasdiqlangan “2016-2018 yillarda qishloq xo‘jaligida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va 

bandlik, mehnat sharoitlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirlar rejasi” O’zbekiston 

Hukumati, Jahon banki va XMT o’rtasidagi hamkorlikning asosi bo’lib xizmat qiladi. Xususan, 

paxtachilik sektorining bugungi samaradorligini baholash va mavjud kamchiliklar va to’htatuvchi 

faktorlarni anglash maqsadida paxtachilik sektorida chuqur tadqiqot o’tkazish hamda ishlab 

chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonlarini progressiv tarzda liberalizatsiyalash uchun har xil 

variantlarni taklif qilish bo’yicha Hukumat va Bankning birgalikdagi ishi mazkut hamkorlik ichiga 

kiradi.  




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling