Guruh : 301-guruh Talabaning F. I. Sh


Kolloid eritmalarning rangga ega bo’lish xossalari


Download 39.43 Kb.
bet4/4
Sana02.11.2023
Hajmi39.43 Kb.
#1740954
1   2   3   4
Bog'liq
Guruh 301-guruh Talabaning F. I. Sh

Kolloid eritmalarning rangga ega bo’lish xossalari.
Kolloidlarning optik xossalari qatoriga yorug’likning kolloid eritmalar tomonidan sochilishi, kolloid eritmalaming rangi, yorug’likning kolloidlarda yutilishi, qutblangan yorug’lik tekisligining aylanishi hamda ultramikroskopik, elektronomikroskopik va rentgenoskopik xossalari kiradi. Zollarga rangdorlik xossalari xos. Zollarning o‘tayotgan yorug’likdagi rangi ulaming disperslik darajasiga, zarrachalarning kimyoviy tabiati va shakliga bog’liq hollarda o‘zgaradi. Disperslik darajasi yuqori bo’lgan metall zollarining rangi, odatda, qizil va to‘q sariq, disperslik darajasi past bo’lgan metall zollari binafsha va ko‘k tusli bo’ladi. Masalan, oltinning disperslik darajasi yuqori bo’lgan zollari qizil tusli bo’lib, disperslik darajasi past bo’lgan zollari binafsha va ko‘k tuslidir. Metall zollarining o‘tayotgan yorug’likdagi rangi yutilgan nurining to’lqin uzunligiga ham bog’liq. Projektor nuri, tuman, tutun, havo ranglidir. Osmonning ko‘k tusda bo’lishiga sabab, quyosh nurining havo qavatlarida to’lqin uzunligiga qarab turli darajada tarqalishidir. Kumush zolining rangi disperslik darajasiga ko‘ra turlicha bo’ladi:

Agar jismga tushayotgan yorugiikning toiqin uzunligi jism zarrachalariga qaraganda kichik boisa, yorugiik geometrik optika qonunlariga muvofiq, jismdan qaytadi. Lekin jism zarrachalarining kattaligi tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligidan ancha kichik (masalan, uning 0,1 qismi qadar) bo’lsa, bu holda sodir bo’ladigan optik hodisalar ichida yorug‘likning tarqatilishi asosiy o‘rinni tutadi. Shuning uchun kolloid dispers va dag‘al dispers sistemalar ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nuri bilan yoritilganida, dispers faza zarrachalari tushayotgan yorug‘lik nurlarini tarqatib yuboradi. Dispers sistemadan intensiv yorug‘lik nurini o‘tkazib, sistemaga yorug‘lik nuri yo‘nalishiga nisbatan biror burchak ostida qaraganimizda, sistema ichida yorug‘ konusni ko‘ramiz. Bu hodisani avval Faradey, so‘ngra Tindal tekshirgan edi. Shuning uchun bu hodisa Tindal-Faradey effekti deb ataladi.
Kolloid eritmalarda yorug‘lik sochilishi turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi. Reley sochilgan nur intensivligi bilan tushayotgan nur intensivligi orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi tenglama yaratgan bo‘lib, u quyidagi hollarda to‘g‘ri bo‘ladi:
- Zarracha sferik shaklga ega bo‘lganda;
-Zarracha elektr tokini o‘tkazmaganda (metallmas bo‘lganida);
- Zarracha yorug‘lik yutmaganida (ya’ni rangsiz bo’lganida);
-Zarrachalar orasidagi masofa tushayotgan nur to‘lqin uzunligidan katta bo‘lishi darajasida suyultirilgan kolloid eritma bo‘lganida.
Reley tenglamasi zarrachalarning radiusi yorug’lik to’lqin uzunligining 0,1 qismidan katta bo’lmagan kolloid eritmalar uchungina qo’llanila oladi. Tenglamadan ko‘rinib turibdiki, yoyilgan nurning to’lqin uzunligi tushayotgan nur to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga nomutanosib bo’lganligi sababli yoyilish jarayonida ancha qisqa to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nur kelib chiqadi. Shu sababli kolloid eritma yon tomondan polixromatik (ya’ni oq) nur bilan yoritilganda kolloid eritma zangoriroq tusga ega bo’ladi. Rangdor kolloid eritmalarda (yon tomondan nur berganda) kuzatiladigan opalessensiya hodisasi dixroizm deb ataladi. Masalan, zangori tusli oltin zoliga yon tomondan yorug’lik beradigan bo’lsak, zol sariq qizg‘ish rangli bo‘lib ko’rinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1. “Kolloid kimyo” N.I.Fayzullayev, N.Q.Muxamadiyev. - Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2016. 130-153-182-betlar.
2. “ Kolloid kimyo” Z.A. Sulaymonova, D.A. Hazratova, S.A. Karomatov.
Buxoro-2022
3. Axmedov K. S., Raximov X. R. “Kolloid ximiya”. T. 1992. 130-147 betlar.
4. Fridrixsberg D. A. “Kurs kolloidnoy ximii” L. 1974 1984g. 300 bet.
Download 39.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling