Guruh : ek-60 F. I. O : Abdimurodov Eldor Fan : Investitsiya loyihalar tahlili Mavzu : Loyihaga ta’sir etuvchi tabiiy va ekologik omillar


Download 58.06 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi58.06 Kb.
#1013501
Bog'liq
investitsiya

Guruh : EK-60 F.I.O : Abdimurodov Eldor Fan : Investitsiya loyihalar tahlili Mavzu : Loyihaga ta’sir etuvchi tabiiy va ekologik omillar

Loyiha o’zi nima?

Investitsiya loyihasiga turli adabiyotlarda turlicha taʼriflar berilgan. Oddiy qilib aytganda loyiha cheklangan vaqt davomida hamda belgilangan budjet bilan oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘langan tadbirlar majmuidir. АQSHdagi nufuzli Loyiha boshqaruvi instituti (PMI)ning PMI PMBOK yo‘riqnomasida “Loyiha – bu vaqtinchalik korxona bo‘lib, u noyob mahsulot, xizmat yoki natijaga olib keladi”2 ,- deb taʼrif berilgan. Demak, loyihada ko‘zda tutilgan mahsulot noyob bo‘lishi lozim. Hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiyot, jamiyat, innovatsiya va boshqa barcha sohalarni rivojlanishi pishiq- puxta loyihalarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishga bog‘liq. Shuning uchun ham loyiha va uni tahlili hamda boshqarishga barcha boshqaruv tizimlari, moliya institutlari, tadbirkorlar hamjihatlikda masʼul bo‘lmoqda.

Har bir loyihani belgilovchi to‘rtta asosiy omil mavjud:

1. Loyiha ko‘lami (kichik loyiha, megaloyiha)

• kichik loyiha – ko‘lamiga ko‘ra katta bo‘lmagan sodda va cheklangan hajmdagi, (bir necha ming dollardan qiymati 15 mln. АQSH dollarigacha bo‘lgan loyihalar);

• megaloyihalar maqsadli dasturlar bo‘lib, maqsadlar umumiyligi, resurslar va vaqt bo‘yicha o‘zaro bog`langan bir necha loyihani o‘z ichiga oladi. Bunday loyihaning qiymati 15mln.dollardan 1 mlrd. gacha yoki mehnat sig‘imi 20 mln. kishi soatidan ko‘p bo‘ladi.

2. Аmalga oshirish muddatlari (qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli loyihalar).

3. Sifatli (deffektsiz loyiha).

4. Resurslarning cheklanganligi (multiloyiha).

Loyiha tahlili bilimi va ko‘nikmasi vazirlik va idoralar, hokimiyat va tadbirkorlar, moliya hamda soliq idoralari hamda boshqa biznes yetakchilari uchun muhimdir.

Loyiha muhiti

Loyiha muhiti tashqi va ichki muhitlarga bo‘linadi. Tashqi muhitni (uning omillarini) korxona doirasida o‘zgartirib yoki boshqarib bo‘lmaydi. Shuning uchun tashqi muhitdan kelib chiqib samarali ichki muhitni (misol uchun: boshqaruv modeli, kadrlar tanlash) yaratish va raqobat qilish zarur bo‘ladi. Korxona muhiti loyihaga korxona ichidan bevosita katta taʼsir ko‘rsatadi.

Tashqi omillar ham loyihaga taʼsiri kata omillarning turlari:

Tashqi omillar ham loyihaga taʼsiri kata omillarning turlari:

Qonun va huquq: qonunlar va normativ huquqiy bazalar, inson huquqlari, tadbirkorlik huquqlari, mulkka egalik huquqlari, sug‘urta va imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qonun va normativ aktlar.

Siyosiy xarakteristikalar va omillar: siyosiy barqarorlik, loyihaning hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, jinoyatchilik darajasi, ishtirokchi mamlakatlar bilan savdo balansi, harbiy birlashmalarda ishtirok etish.

Iqtisodiy omillar: makroiqtisodiy barqarorlik, milliy xo‘jalik Strukturasi, javobgarlik va mulkiy huquqlar turlari, jumladan, yer huquqi, ta`rif va soliqlar, sug‘urtalash, inflatsiya darajasi va valuta barqarorligi, bank tizimining rivojlanganligi, investitsiyalar va kapital qo‘yilmalar manbalari, tadbirkorlik erkinligi va xo‘jalik mustaqilligi darajasi, bozor infrastrukturasi rivojlanganligi, baholar darajasi, bozorlar holati, savdo, investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalari, xom-ashyo va mahsulotlar, ishchi kuchi va boshqalar.

Tabiiy va ekologik omillar: tuproq unumdorligi, tabiiy iqlim sharoitlari, harorat, yong‘inlar, namlik, shamollar, dengiz sathidan balandlik, seysmiklik, landshaft hamda monografiya, tabiiy resurslar, transport tizimlari bilan aloqa va joylashuv; sifat bo‘yicha standartlar; havo yo‘llari, suv manbalari va tuproq qatlami, atrof muhitga sanitar talablar; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik, tendensiyalar tasnifi va ekologik tizimlarning holati: havo, suv va tuproq.

Tabiiy va ekologik omillar: tuproq unumdorligi, tabiiy iqlim sharoitlari, harorat, yong‘inlar, namlik, shamollar, dengiz sathidan balandlik, seysmiklik, landshaft hamda monografiya, tabiiy resurslar, transport tizimlari bilan aloqa va joylashuv; sifat bo‘yicha standartlar; havo yo‘llari, suv manbalari va tuproq qatlami, atrof muhitga sanitar talablar; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik, tendensiyalar tasnifi va ekologik tizimlarning holati: havo, suv va tuproq.

Infrastruktura xarakteristikalari va omillari: transport vositalari. Аloqa va kommunikatsiya, yuk tashish, EHM tarmoqlari va informatsion tizimlar; energiya taʼminoti; aloqa xizmatlari; xomashyo va xizmatlar; xo‘jalik tarmoqlari, logistika va material texnik taʼminot, sanoat infrastrukturasi; xizmat ko‘rsatuvchi tizimlar va boshqalar. O‘zbekistonda iqtisodiyotning liberallashuvi natijasida birinchigalda investitsiya muhitini takomillashtirishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 58.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling