Guruh: 1B 21Metallurgiya Tayyorlovchi: Begaliyeva G. I
Konusli maydalagichlarning ishlashi
Download 1.68 Mb.
|
Taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- E‘tiboringiz uchun raxmat
Konusli maydalagichlarning ishlashi
Katta unumdorlikka ega boyitish fabrikalarida yirik maydalash bo`linmasining ishlash tartibi odatda o`rta va mayin maydalash bo`limlarining ishlash tartibiga to`g’ri kelmaydi. Shu sababli, ushbu bo`linmalar o`rtasida yirik maydalangan ruda ombor quriladi, buni ayni paytda bir vaqtning o‘zida o‘rta maydalash maydalagichlariga rudani taqsimlab berish uchun ishlatiladi, chunki, unumdorlik jihatidan bir nechta parallel ishlaydigan maydalagichlarni o‘rnatishga to‘g‘ri kelib qoloshi mumkin. Ombordan ruda bitta har bir maydalagichga alohida konveyerlar bilan yuboriladi. Zamonaviy boyitish fabrikalarida o`rta va mayin maydalovchi maydalagichlar bir xil darajada va bitta binoda joylashadi. Rudani maydalagichlarga tarqatish uchun kichik sig’imga ega bo`lgan bunkerlar qurilgan bo`lib, ularning ostida elaklar o`rnatiladi. Yirik sinfdagi mahsulot maydalagichga kalta konveyer yordamida yetkaziladi. Bunday joylashtirish tartibida barcha maydalagichlar bitta yig’ma konveyerining ustiga joylashtiriladi. Bu konveyer orqali maydalangan mahsulotlar maydalagichdan chiqarib yuboriladi. Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarda maydalanish darajasi 6 ga teng bo`lganda maydalashga sarflanadigan energiya bir tonna maydalangan mahsulot uchun 0,1 dan 0,8 kVt soatni tashkil qiladi. Yirik (a) va o`rta (b) maydalovchi konusli maydalagichlarni o`rnatish sxemasi: 1 – konusli maydalagich; 2 – ag’dariladigan temir yo`l vagoni; 3 –maydalangan mahsulot uchun lentali konveyer; 4 – o`rta maydalagichga rudani yetkazib beruvchi konveyer; 5 - g’alvir; 6 – ko`prikli kran. Konusli maydalagichlari maydalash maydonida maydalanuvchi mahsulot bo`lganda ishga tushiriladi. Ishga tushirishdan oldin moy rezervuaridagi moy miqdori tekshiriladi. Avval moylash tizimi nasosi va moyni sovutish tizimi ishga tushiriladi. O`rta va mayin maydalovchi maydalagichlarga ruda bilan birga metall bo`yumlar tushib qolishi oqibatida maydalagich sinishi va ishdan chiqishi mumkin. Maydalagichga rudani yetkazib beriladigan konveyer bo`ylab ikkita metall aniqlovchi qurilma o`rnatiladi va ularning o`rtasiga osilib turuvchi kuchli maydonga ega bo`lgan elektromagnit o`rnatiladi. E‘tiboringiz uchun raxmatDownload 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling