Guruh: 21. 113 Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari


Jadval turlari va tuzish qoidalari


Download 46.16 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi46.16 Kb.
#1026818
1   2   3   4
Bog'liq
Abduqaxxorov Nasimxon

Jadval turlari va tuzish qoidalari.

Statistik guruhlash - bu o’rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlar birlashtirishdir.Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (obyektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aksioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish. Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiy ko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy prinsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat.Guruhlash statistik bog’lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o’rganilayotgan to’plamning tuzilishini o’rganish va xo’jaliklarning sosial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.

  1. Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati.

Ko’rsatkich so’zi quyidagi lug’aviy ma’nolarga ega: 1) ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi. yozuv, ishora; 2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa. Falsafiy jihatdan statistik ko’rsatkich o’rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me’yoridir. Hodisaning sifati bilan miqdorining o’zaro bog’liqligi, ajralmas birligi uning me’yori deb ataladi. «Me’yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegelь - sifat aniqligiga ega bo’lgan miqdor..., u ma’lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog’langan». Statistik ko’rsatkichlar me’yor ekanligiga ishora qilib, Gegelь yozgan edi: «Statistikada qo’llanadigan sonlar faqat o’zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. quruq raqamlar bilan ishlash ... Oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi va u na nazariy, na amaliy jihatdan diqqatga sazavor emas».Statistik ko’rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o’zaro bog’lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko’rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o’zaro bog’lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar majmuasi tushuniladi. Statistik ko’rsatkich – bu ommaviy hodisa va jarayonning me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakl. Statistik ko’rsatkichlar tizimi - bu o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar majmuasidir.

Download 46.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling