Guruh: 22/7 pep guruh talabasi: G’oziyev Javoxir


Jadidchilikning asosiy maqsad va vazifalari


Download 12.04 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi12.04 Kb.
#1584943
1   2   3
Bog'liq
2 mavzu G\'oziyev

Jadidchilikning asosiy maqsad va vazifalari

  • Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma'rifiy harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi;
  • -xalq ta'limini isloh qilish;
  • -adabiyotni rivojlantirish;
  • -zamonaviy matbuotni yaratish;
  • -islom aqidaparastligi va mutaassiblikni rad etish;
  • -zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish;
  • -tarix fanini rivojlantirish va o’zbek xalqining yangi tarixini yo’zish.

Jadidlarning xalqparvarligi

  • Jadidlar etiqodli, izchil va chinakam musulmonlar bo’lib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni bar xil soxtaliklardan tozalab, xaqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlami egallash yo’li bilan jamiyatda uning ta'sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar.
  • Jadidlarga mutaassib ruxoniylar qarshilik ko’rsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda O’quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o’qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni taxtdan ag'darib turmaga tiqib qo’yishadi», -der edilar.

Jadidlarning xalqaro aloqalar

  • Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi Jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar. Shu bilan birga, Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913 yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati-«Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatr binosida O’zbek milliy teatrining 1-rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. O’sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pesasi namoyish etildi. Milliy teatr san’ati odamlarga millatda mavjud bo’lgan qusurlar va ijobiy tomonlarning tushuntiruvchi oyna bo’lib xizmat qildi.

Gazeta va jurnallarning ommaga taqdim etilishi

  • Abduqodir Shukuriy, Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori va boshqalar kuch-g'ayratlarini o’z islohotchilik g'oyalarini aholi orasida targ'ib etishga qaratishdi. Qattiq qo’l senzuraga qaramasdan, ular o’z gazeta va jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908 yillarda Jadidlarning «Taraqqiy», «Shuxrat», «Xurshid», 1913-1917 yillarda «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oyina», «Turon», «Buxoroi Sharif», «Sadoi Farg'ona» va boshqa gazetalari bosmadan chiqa boshladi.
  • Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jadidchilik Turkiston yoshlarining milliy, madaniy ijtimoiy uyg’onishda va ravnaqida asosiy omil bo’lib xizmat qildi. Zamonning dolzarb masalalarini, hayotning muammolarini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy yo’l bilan yechish yo’llarini jadidlar o’z maqola va asarlarida ko’rsatganlar. Yoshlarni o’qishga, bilim olish va ishlab chiqarishjarayoniga jalb etish, madaniyma’naviysaviyatini yuksaltirishga chorlaydi. Jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga olib kelish istagida ulardan Vatan uchun xizmat qiladigan yetuk olimlar, sanoat va qishloq xo’jaligi sohalarining zamonaviy bilimdon, mutaxasislari, madaniyatarboblari yetishib chiqib, ular yurtini obod, farovon etishlariga ishonganlar. Chunki jadidlarning o’zlari ham yosh bo’lganliklari uchun mahalliy yoshlarning muammolari, fikr-g’oyalari turli voqealarga munosabati ularga juda yaqin va tushunarli edi. Jadidlar faoliyatida madaniyatga, ma’rifatparvarlikka, yangilikka, taraqqiyotga intilish, yoshlarni, butun xalq ommasini shunga da’vat etish g’oyalari ularning umrlari oxirigacha yetakchi fikr bo’lib qoldi. Har qanday og’ir sharoitda ular o’z qarashlarini o’zgartirmadilar. Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy faoliyatlarini tahlil qilib va ularning asr boshidagi g’oyaviy qarashlarini kelib chiqqan holda shuni aytishimiz o’rinliki, jadidlar Turkiston xalqlarini savodsizlik, qullik, qashshoqlikdan chor hukumatimustamlakachiligidan qutqarishga bel bog’laganlar va shu yo’lda yoshlar asosiy kuch bo’lganligini tushunib, ularning on-saviyasini oshirish uchun ko’p sa’yharakatlar qilganlar.Y

Download 12.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling