Guruh: 302 Talabaning F. I. Sh: Rajabov yusuf


Download 330 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi330 Kb.
#1144765
Bog'liq
FIZYusufmt4


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
“KIMYO VA UNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI



MUSTAQIL TA’LIM
Ta’lim yo‘nalishi: Kimyo
Guruh: 302
Talabaning F.I.Sh:. Rajabov YUSUF
Fan nomi: Fizik - kolloid kimyo


Mavzu: Elektrolitlar eritmalarining elektr o'tkazuvchanligi va uning xillari. lonlarning harakatlanishi va ularning tashish sonlari. Konduktometriya. Elektrokimyoviy jarayonlarning umumiy tavsifi. Elektrokimyoviy zanjir. Oksidlanish qaytarilish amalga oshirishning kimyoviy va elektrokimyoviy usullari. Muvozanat va standart elektrod potentsial.
Reja:
1. Elektrolitlar eritmalarining elektr o'tkazuvchanligi va uning xillari.
2. lonlarning harakatlanishi va ularning tashish sonlari.
3. Konduktometriya.
4. Elektrokimyoviy zanjir.
5.
Moddaning tashqi elektr maydon ta’sirida elektr tokini oʼtkazish xususiyati elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektrolitik dissotsiyalanish natijasida eritmada paydo boʼladigan ionlar tufaylidir. Eritmalarda elektr zaryadni tashuvchilar ionlar boigani sababli eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning konsentratsiyasiga to'g‘ri mutanosib boʼladi. Elektr oʼtkazuvchanlik vaqt birligi ichida elektrolit orqali o‘tgan elektr miqdori (kulon) bilan oʼlchanadi. Elektr oʼtkazuvchanlik qarshilikka teskari kattalik boʼlgani uchun quyidagicha yoziladi:

Barcha moddalar elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan o‘tkazgich, yarimo‘tkazgich va izolatorlar (dielektriklar) ga bo‘linadi.Oʻtkaz-gichlarning o'zi I tur va II tur o'tkazgichlarga bo'linadi. Eritma I tur o'tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalari, shuningdek, ko‘mir va grafit kiradi. Elektr o‘tkazuvchanlik erkin elektronlarning tartibli harakati hisobla-nadi. II tur o'tkazgichlarga elektrolitlarning (tuzlar, kislotalar va asoslar) eritmalari va suyuqlanmalari kiradi. Bunda elektr toki elektro lit ionlari orqali uzatiladi (ionli uzatuvchanlik),natijada modda kimyoviy jihatdan o‘zgaradi. elektroliz vaqtida anion va kationlar elektr tashuvchilar hisoblanadi. Har bir ion o‘zining zaryadiga teng elektr tashiydi. Agar anion bilan kationning zaryadlar kattaligi bir xil bo'lsa, ular baravar tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa, anionlarning tashigan elektr miqdori kationlarning tashigan elektr miqdoriga teng. Ionlarning harakatlanish tezligi ularning tabiatiga kuchlanganligi ga, konsentratsiyaga, haroratga, muhitning qovushqoqligiga va boshqalarga bog'liq bo'ladi. Ionlarning harakatlanish tezligi, odatda, gaz molekulalarining harakatchanligidan juda kichik bo'ladi. Bunga sabab shuki ionlarning muayyan yo'nalishdagi hara katlanish tezligiga muhit, erituvchining molekulalari katta qarshilik ko‘rsatadi. Tok berilganga qadar ionlar turli yo‘nalishda tartibsiz harakatda boʼladi. Tok berilgandan keyin esa anionlar anod tomonga harakatla nadi.Bu tartibli harakatga erituvchining tartibsiz harakatda bo'lgan molekulalari qarshilik ko'rsatadi.


Tok berilgandan keyin esa anionlar anod tomonga harakatla nadi.Bu tartibli harakatga erituvchining tartibsiz harakatda bo'lgan molekulalari qarshilik ko'rsatadi.
Kationlar tashigan (nk) va anionlar tashigan (na) elektr ulushi tashish soni deyiladi:
nk=ik/i=u/(u+u)=lk/(lk+la)
na=ia/i=V/(u+V)=la/(lk+la)
bunda ik va ia kationlar hamda anionlar tashigan elektr miqdori
i=ik+ia
Bunda, kationlar tashish sonining anionlar tashish soniga nisbati kationlar va anionlar absolyut tezliklarining yoki harakatchanliklarining nisbatiga teng:
nk/na=u/V=ik/la
Eritmalarning elektr o'tkazuvchanligini o'lchashga asoslangan elektrokimyoviy analiz usuli konduktometriya deyiladi. Konduktometrik usulda ma'lum tarkibli eritmalardagi tuz, kislota va asoslarning kontsentratsiyasi, tabiiy suvlardagi qattiq qoldiq aniqlanadi. Konduktometrik titirlash, ya’ni elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchab turib titrlash usuli, ayniqsa,sanoatda va qishloq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Odatda, indikatorlar yordamida tirilash mumkin bo‘lmay qoladigan hollarda bu usul, ayniqsa,qoʼl keladi. Konduktometrik titrlash usulining mohiyati shundaki, qo‘shilayotgan eritmadagi ionlar titrlanayotgan eritmadagi ionlar bilan birikib kam dissotsilanadigan birikma (masalan, H20) yoki kam eriydigan modda (masalan, AgCl) hosil qiladi. Olingan eritmada esa yo‘qolgan ionlar o‘rnini ekvivalent miqdordagi boshqa ionlar egallaydi.
Hаr qаndаy gаlvаnik elеmеntning elеktrоdlаridа оksidlаnish-qаytаrilish rеаksiyalаri bоrаdi. Оksidlаnish elеktrоn yo‛qоtish, qаytаrilish elеktrоn biriktirib оlish dеmаkdir. Eritmа bilаn elеktrоdlаr оrаsidа iоn аlmаshinuvi bo‛lmаydigаn, mеtаll fаqаtginа elеktrоn qаbul qilib o‛tkаzgich vаzifаsini bаjаrаdigаn zаnjirlаr bоrki, bundа hоsil bo‛lаdigаn pоtеnsiаl оksidlаnish-qаytаrilish (rеdоks) pоtеnsiаli dеyilаdi. Аgаr birоr nоаktiv mеtаll (mаsаlаn Pt) оksidlаnish-qаytаrilish rеаksiyasi bоrаdigаn eritmаgа bоtirilgаn bo‛lsа, оksidlаnish-qаptаrilish elеktrоdi hоsil bo‛lаdi. Mаsаlаn, Pt sim ikki хil tuz SnCl2 vа FеCl3, eritmаsigа tushirilgаn bo‛lsin
Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling