Guruh: 313-19 Talaba: Sharafov Abduvali


Download 0.66 Mb.
Sana19.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1284558

Olap tizimlari
Labaratoriya ishi – 1
Guruh: 313-19
Talaba: Sharafov Abduvali
1. SQL Server Data Tools ni ochish. Start tugmasini bosib SQL Server Data Tools for Visual Studio 2013 yoziladi va ilova tanlanadi

2. File menyusi va New tugmasi bosiladi, Project sozlamasi tanlanadi.

3. New Project oynasida, shablonlar ichida chap bo’limda Analysis Services tanlanadi va asosiy paneldagi ro’yhatdan Analysis Services Multidimensional and Data Mining Project tanlanadi. Keyin loyihaga nom beriladi, masalan Amaliyot_1_multidimensional va OK tugmasi bosiladi



2-topshiriq.

1. Dastlab ma’lumotlar manbasini yaratish kerak. Biz oldindan SQL Serverga AdventureWorksDW2012 bazasini yaratgan edik, endi shu bazani ushbu kub uchun manba sifatida ko’rsatish kerak. Buning uchun Solution Explorer bo’limida Data Sources (1) papkasining kontekts menyusiga kiriladi va New data Source (2) tanlanadi





2. Ochilgan Select how to define the connection bosqichda Data Connections bo’limida ma’lumotlar manbalari joylashadi. Hozircha bizda manba bo’lmaganligi sababli bu joy bo’sh. Yangi manbani qo’shish uchun New (1) tugmasi bosiladi

Keyingi Connection Manager oynasida Server name (1) punktida kerak bo’lgan server nomini kiritish kerak, shu sababli bu joyga olding AdventureWorksDW2012 ma’lumotlar bazasini o’rnatgan server nomi yoziladi, bizning holat bu server nomi SQL Server o’rnatilayotgan paytda ko’rsatiladi. Keyin Select or enter a database name (2) punktida AdventureWorksDW2012 ma’lumotlar bazasi tanlanadi va OK (3) tugmasi bosiladi.
4. Keyingi Select how to define the connection bosqichda Next tugmasi bosiladi. Keyingi Impersonation Information bosqichida Use Specific Windows user name and password ) punktida User name va Password (3) maydonlari to’ldirilishi kerak. Bu maydonga biz SQL Server uchun sozlangan asosiy akkaunt kiritiladi va OK tugmasi bosiladi (1.9-rasm). SQL Serverni o’rnatish paytida kirish uchun asosiy akkaunt tekshiruviga Windows Authentification tanlangan. Shu sababli joriy login/parol sifatida joriy Windows foydalanuvchisi login/paroli yoziladi.



5. Agar yuqoridagi amallar to’g’ri bajarilgan bo’lsa u holda Data Sources papkasida yangi ma’lumotlar manbasi Adventure Works DW2012.ds paydo bo’ladi.
6. Kubni yaratish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Keyingi bosqich ma’lumotlar manbasini ko’rinishini sozlash. Buning uchun Data Source View (1) papkasi kontekst menyusiga kiriladi va New Data Source View (2) tanlanadi
7. Select a Data Source bosqichida joriy ma’lumotlar manbasi Adventure Works DW2012 tanlanadi va Next tugmasi bosiladi.



8. Keyingi Select Tables and Views bosqichida ma’lumotlar manbasidan zarur bo’lgan jadvallar olinadi. Buning uchun Available objects (1) ro’yhatidan Included objects (2) ro’yhatiga rasmda ko’rsatilgan jadvallar o’tkaziladi va Next (3) tugmasi bosiladi, keyingi boshqichda esa Finish tugmasi bosiladi.

9. DSV yaratilgandan so’ng loyiha ekranida jadvallarni ma’lumotlar bazasida diagramma stilida ko'rish mumkin. Ushbu amaliyotda DSVni shunday ko’rinishda foydalaniladi, keyingi amaliyotlarda esa DSVni o’zgartirish amallari bajariladi.

10. Keyingi bosqich kubni yaratish. Solution Explorer bo’limida Cube (1) papkasi kontekst menyusiga kiriladi va New Cube (2) tanlanadi.

11. Ochilgan Select Creation Method bosqichida Use existing tables sozlamasi tanlanadi. Sababi ushbu amaliyotda mavjud jadvallardan foydalaniladi. Keyin Next tugmasi bosiladi.
12. Select Measure Group Tables bosqichida FactInternetSales (1) jadvali tanlanadi va Next (2) tugmasi bosiladi. Select Measures bosqichida barcha punktlar belgilangan holda qoldiriladi va Next (3) tugmasi bosiladi

13. Select New Dimension bosqichida barcha jadvallar belgilangan holda qoldiriladi, faqat Fact Internet Sales jadvali belgilanmaydi. Barcha o’lcham nomlari (Dimension) o’zgartirib chiqiladi ya’ni joriy nomidan Dim so’zi olib tashlanadi.

14. Keyingi bosqichda kub nomi Internet Sales qilib o’zgartiriladi.




Sharafov Abduvali 313-19 Page |



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling