Guruh 437
Munavvarjonova Tursunoy
Мустақил бажариш учун қўшимча вазифалар
1-топшириқ. Қуйидаги расмлар асосида бадиий услубга хос кичик матнлар яратинг.
ТАБИАТ
1. Olovday yonayotgan daraxtlar qurshovida qolgan, oynaday tiniq, zilol suvda o'z aksini tomosha qilayotgan ona tabiat barchani lol qoldiradi. U xuddi o'z aksiga to'ymasdan oynadan ko'z uzolmayotga suluvga o'xshaydi.
2. Tilladek yaltirab turgan oppoq qorlar orasidan o'z o'ljasini poylab turgan ovchi ko'zga tashlanadi. O'rmonda yashrinib panoh topgan ovchi albatta mushuksimonlar oilasining vakili - yo'lbarsdir.
3. Sokin tabiat manzarasi, atrofda zabardast yigitlarday qad rostlagan tog'lar uzoqdan chug'urlagan qushlar va yashil kiyimga burkangan daraxtlarning shitirlagan ovozi eshitiladi. Bu tabiat jilosidan bahra olayotgan go'zal qizning hayollari qaysidir tomonlarda uchib yuribdi.
4. Ijod ahli oz istedodlarini qidirib tabiat qo'yniga sayohat qilishdi. Talabalarning har bir o'z ishi bilan band ular o'zlarining hayoliy tabiat manzaralarini qog'ozga muhrlamoqda.
2-топшириқ. Қуйидаги келтирилган шеърий парчадан тасвирий воситаларни аниқланг ва таҳлил қилинг.
ЎРГАНДИМ
Тошдай учиб, қушдай қўнишни ўргандим,
Дард жондин ўтганда, кулишни ўргандим,
Ҳеч нима топмадим, десам бу ёлғон,
Тошкентда совқотмай юришни ўргандим.
Оппоқ тулпорлардай бир тонглар отди,
Орзуси тугаган шомлар тош қотди,
Ойлар уфққамас, елкамга ботди,
Тунларга ой билан боришни ўргандим.
Бошга юлдуз теккан жонон кечалар,
Дил бу буроқ ондин қандай кечалар?
Кўзларда гоҳ яшил, оқ тангачалар
Жимирлаб турганда севишни ўргандим.
Ҳасрат юрагимда сайрашни ўрганди,
Фурсат толиққанда тўхташни ўрганди,
Кулфат чин кўнгилдан йиғлашни ўрганди,
Уларнинг баридан яшашни ўргандим,
Баридан мард бўлиб ўлишни ўргандим.
(Ш.Салом)
Tashbex - toshday, qushday, Toshkentda sovqotmay yurishni o'rgandim. Oppoq tulporlarday, shomlar tosh qotdi, jonon kechalar, buroq on, yashil, oq tangachalar, xasrat sarg'ayishi, fursat to'xtashi, kulfat yig'lashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |