Guruh: 690-18 Fan: kataloglashtirish va klasifikatsiyalash
Download 184.14 Kb.
|
Yoqubova R(690-18gr)
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi. AKM tarixi
- AKM vazifasi
Bajardi: Yoqubova Ro`zigul Guruh: 690-18 Fan: kataloglashtirish va klasifikatsiyalash
Savollar: 1.O’zbekistonda qo’llaniladigan klassifikatsiya tizimlariga xarakteristika bering. 2.Xorij mamlakatlarida qo’llaniladigan klassifikatsiya jadvallariga xarakteristika bering. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi. AKM tarixi: Samarqand viloyat kutubxonasi 1911 yil dekabrda ochilgan. Kutubxona tashkilotchilari va tashabbuskorlari mashhur arxeolog Vyatkin V.L. polkovnik Brjeziskiy agronom Grushanovskiy, Y. M. Volnev va boshqalar bo‘lgan. 1937 yilda buyuk rus shoiri A. S. Pushkin vafotining 100 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan kutubxonaga A. S. Pushkin nomli Davlat kutubxonasi nomi berildi. Hozirgi vaqtda A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxona mintaqasida axborot-kutubxona texnologiyalarini demokratlashtirish va isloh qilish jarayonlarini ta’minlash markazi hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmoniga asosan viloyat axborot-kutubxona markazlari Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o‘tkazildi. Hozirgi kunda axborot-kutubxona markazida 7 bo‘lim va 6 sektor o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
- Zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida aholini, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish; - milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O‘zbekiston xalqlarining tarixiy, - ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko‘maklashish; -axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini joylarda amalga oshirishda ishtirok etish, hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish; -hududda faoliyat yuritayotgan axborot-resurs markazlari va kutubxonalarga metodik yordam ko‘rsatish. Ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan o‘zaro almashish, foydalanish borasida hamkorlik olib borishva boshqalar. Xizmatning asosiy vazifasiga katalog kartochkasining maketini tayyorlash kiradi: nashrning to‘liq bibliografik tavsifi KBKva avtor belgisi bilan. Katalog kartochkasining maketi nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan nashrning titul varag‘i va chiqish ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan axborot asosida tuziladi. Nashr uchun tuzilgan katalog kartochkasining maketi nashr qilinayotgan mahsulotning titul varag‘ining orqasida joylashtiriladi. Bu ma’lumot Respublikamizdagi axborot-kutubxona tashkilotlarining ishini yengillashtirishga mo‘ljallangan. Download 184.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling