Guruh №95/2/22 Buxgalteriya xisobi va audit


Download 1.05 Mb.
Sana29.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1399799
Bog'liq
Makro


Guruh № 95/2/22


Buxgalteriya xisobi va audit





F.I.SH
Bekmurotov Elbek Farmon o’g’li



Pul-kredit siyosati – Pulning o’lchovi va funksiyalari

Xulosa:
Nominal va real foiz stavkasi haqida
Meni tushunishim bo’yicha nominal foiz stavkasi degani bu – misol uchun men kimdandir malum miqdorda, malum muddatgacha aniq foiz stavkasi asosida pul mablag’ini oldim va qaytarib berdim, misol uchun 100$ oldim, 105$ qilib qaytardim bu nominal foiz stavkasi deb atalar ekan shunchaki aniq raqamlarda o’lchangan foiz stavkasi. Endi yana boshqa foiz stavkasi ham bor bu esa real foiz stavkasi deb ataladi. Misol uchun men sizdan malum miqdorda pul mablag’ini olib, yani 100 000 so’m deylik, keying yil 105 000 so’m qilib qaytaraman desam. Usha bergan pulingizga bir yildan keyin avvalgi pulingizdan ko’ra koproq narsa harid qila olasizmi, albatta yoq chunki narxlar ikki barobarga oshgan, chunki inflatsiyani hisobiga. Narxning oshishi sizning real foiz stavkangizni kamaytiradi.
Pul massasining o’lchanishi. Barcha mamlakatlarda pul bosib chiqarish Markaziy bankning vakolatiga kiradi. Misol uchun Markaziy bank qandaydir pulni bosib chiqara boshlagani, uni qanday qilib muamolaga kiritishi, bu pulga moliyaviy bozordan qimmatli qog’oz sotib olishi, natijada usha pul iqtisodiyotga kirib ketishi haqida tushunchaga ega bo’ldim. Bu muamulaga kirgan pul mablag’i yani bironta biznesmenda deylik, u pulini bankga qo’yadi depozit yani jamg’arma qilib bunda u pul mablag’ini malum muddatgacha yechib ololmaydi. Ikkinchisi esa joriy hisob varaq bunda pul bankda turaveradi, mijoz istalgan vaqtda, istalgan miqtorda pulini yechib olishi mumkin haqida tushunchalarga ega bo’ldim.
Pulning funksiyalari haqida. Pul bu o’zimiz har kuni ishlatadigan narsa, bunda faqat qog’oz pullar tushinilmaydi. Pulning vazifalari mavjud.

  1. Ayirboshlash vositasi. Bunda qandaydir qilingan mehnat evaziga pul emas boshqa narsalar olinishi, Misol uchun men usta ishlatdim, uni ish haqi evaziga ikki qop sement olib ketdi. Mana shu kabi ayirboshlash vositalari sifatida.

  2. Jamg’arish funksiyasi. Misol uchun men kelgusida uylanishim, yoki bo’lmasa Toshkentdan uchastka sotib olishim mashina olishim uchun malum miqdorda qandaydir qiymatli narsani saqlab yoki jamg’arib qo’yishim kerak, bu jamg’arish funksiyasi deb atalar ekan.

  3. Qiymat o’lchovi. Bunda usha men ishlatgan usta 2 soat ishladi deylik va mendan nechi qop sement olishi, ishlagan vaqtini hisobga olgan holda qancha olishi nazarda tutilga.

Ushbu video lavhalarda pul siyosati, o’lchov va funksiyalari keltirib o’tilgan, tepada aytib o’tganimizdek, ayirboshlash funksiyasi, jamg’arish funksiyasi, qiymat o’lchovi kabi funksiyalarini bularning har biri o’z o’rnida aytib o’tishimiz kerakki malum mavqega ega chunki har biridan foydalanamiz. Biznes uchun emas oddiy hayotimiz misolida qarasak ham bu funksiyalardan foydalanamiz.
Bu videolarni ko’rib xulosa qilib o’zimga juda katta tushunchalarga ega bo’ldim. Haqiqatdan ertangi kunda, hayotdayam biznesdayam kerak bo’ladigan manoli roliklar aks ettirilgan.
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling