Guruh Akmal Rayimkulov


Markaziy Osiyoni yadrosiz hududga aylantirish tashabbusi


Download 5.96 Mb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi5.96 Mb.
#1801079
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston - MO

Markaziy Osiyoni yadrosiz hududga aylantirish tashabbusi

  • O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan yadro quroli sinovlariga va ularni ishlab chiqarishga qarshi ekanligini ma’lum qildi. SHu maqsadda Markaziy Osiyoni yadrosiz xududga aylantirish tashabbusi ilgari surildi.
  • Prezidentimiz taklifi bilan 1997 yil 15-16 sentyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli xudud” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 50 dan ortiq, jumladan AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya, YAponiya, Xitoy, Xindiston, Pokiston, Eron va boshqa davlatlarning diplomatiya xamda xukumat vakillari ishtirok etishdi.
  • O‘zbekistonning Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish lozimligi to’g’risidagi tashabbusini BMT ning havfsizlik kengashi qo’llab-quvvatladi.
  • 1997 yil 9 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 52 sessiyasi “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona yaratish” haqida rezolyutsiya qabul qildi. Bu O‘zbekiston tashqi siyosatining ulkan g’alabasi bo’ldi.

Markaziy Osiyoni yadrosiz hududga aylantirish tashabbusi

  • O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan 1997 yil 14-15 sentyabr kunlari tashkil etilgan “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli hudud” mavzusidagi Xalqaro konferensiyasi ishida jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning vakolatli vakillari qatnashdi . Bular orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik, “Islom konferensiyasi” Tashkiloti, Lotin Amerikasida yadro qurolini ta’qiklash bo’yicha agentlik va boshqa xalqaro tuzilmalardir. Ushbu anjuman ishida BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari - yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar

Markaziy Osiyoda terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizmni bartaraf etish bo’yicha ko’rilgan choralar

Markaziy Osiyoda terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizmni bartaraf etish bo’yicha ko’rilgan choralar

  • Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida O’zbekiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o’zaro birgalikda bartaraf etish bo’yicha qator tashabbuslarni ilgari surib, ularni ro’yobga chiqarib kelmoqda. Jumladan, 2000 yil 21 aprelda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug’diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo’la oladi
  • 1993 yil 24 avgustda Toshkentda BMT vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston o’sha kundan boshlab BMT bilan hamkorlik qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldi. Bular, jumladan, bugungi kundagi xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan tahdidlarga qarshi kurashish, shuningdek, Afg‘onistonni qayta tiklash, mintaqada ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, ekologik muammolarni hal etish, Orol dengizi fojiasining og’ir oqibatlarini yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish kabi masalalardir.

Download 5.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling