guruh аniоnlаri Kuchli kislotalar bilan o`tkaziladigan reaksiyalar
c) Filtirlash va cho`kmani yuvish
Download 58.02 Kb.
|
аniоnlаr
c) Filtirlash va cho`kmani yuvish. Filtrlash uchun qalin filtr (ko`k lentali) olib, voronkaga joylanadi va cho`kma ustidagi tiniq suyuqlikni dekantatsiya qilishga kirishiladi. Voronka shtativ halqasiga o`rnatiladi, tagiga toza stakan qo`yiladi va cho`kma shisha tayoqcha yordamida ehtiyotlik bilan suyuqlikdan ajratiladi. Agar filtrat loyqa bo`lsa, huddi o`sha filtr orqali yana filtrlanadi. Filtratning tiniqligiga ishonch hosil qilingach, u to`kib tashlanadi va cho`kmani yuvishga kirishiladi.
Yuvish suyuqligi tayyorlash uchun stakanda 200 — 250 ml distillangan suv isitib unga 4 — 5 tomchi 2 N H2SO4, eritmasidan qo`shiladi. Stakandagi cho`kma ustiga 20 — 30 ml yuvish suyuqligidan quyilib, tayoqcha bilan aralashtiriladi va cho`kma tindiriladn. Yuvish xlor ionlari batamom yuqolguncha, ya`ni chayindi suvning AgNO3 ta`sirida loyqalanishi to`xtaguncha bir necha marta takrorlanadi. Shundan so`ng cho`kmaning hammasi filtrga o`tkaziladi. Filtrda cho`kma ortiqcha SO42- ionlarini yo`qotish uchun distillangan suv bilan yuviladi. Probirkada yig`ilgan filtrat BaCl2 qo`shilganda loyqalanishdan to`xtaguncha yuvish davom ettiriladi. d) Cho`kmani quritish va qizdirish. Cho`kmali voronka ustini qog`oz bilan berkitib, cho`kmali filtrni temperaturasi 100—105°C bo`lgan quritish shkafiga qo`yiladi. So`ngra filtr cho`kma bilan birgalikda, ehtiyotlik bilan avvaldan doimiy massaga keltirib qo`yilgan tigelga solinadi. Ichiga cho`kmali filtr joylashtirilgan tigel mo`rili shkafda elektr plitkada qizdiriladi.So`ngra tigel qisqich yordamida mufel pechga joylashtiriladi va 25—30 minut davomida qizdiriladi. Tigel eksikatorda xona tempeturasiga qadar sovitiladi va analitik tarozida tortiladi. Qizdirish va tortish cho`kmali tigel massasi o`zgarmasdan qolguncha takrorlanadi. Cho`kmali filtr qizdirilganda filtrning kulga aylanishidan hosil bo`lgan ko`mir hisobiga BaSO4 qaytarilib BaS hosil bo`ladi: BaSO4 + 2C = BaS + 2CO2↑ ammo BaS yuqori temperaturada havo kislorodi ta`sirida oksidlanadi: BaS + 2O2 = BaSO4 Cho`kmali tigelning massasi doimiy qiymatga erishishi yuqoridagi jarayonlarning tugaganligini va bariy sulfat tarkibida bariy sulfid qolmaganligini ko`rsatadi. e) Hisoblash.Tortish jarayonlaridagi hamma natijalar laboratoriya daftariga yoziladi va namunadagi bariy xlorid miqdori hisoblab topiladi. Download 58.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling