Guruh: Bajardi : Kuziyeva n tekshirdi: Mustaqil ish angren universiteti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.08.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1670062
  1   2
Bog'liq
Insonning ma\'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli



Guruh:
____________ 
Bajardi : Kuziyeva N 
Tekshirdi:_____________ 

MUSTAQIL ISH 
ANGREN UNIVERSITETI 
Fan: Falsafa 


 
Ma’naviy 
barkamol inson tushunchasi
 

Falsafa - Ma‘naviy-madaniyatning tarkibiy qismi 

Falsafiy dunyoqarash nima degani? 
REJA: 


 

Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida 
nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy 
omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni 
tanlay 
olmaydi. 
Lekin 
dunyoqarashini, 
axloqiy 
madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, 
zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va lozim. 
Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy 
demokratik 
tamoyillarga asoslangan davlat
, fuqarolik 
jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday 
dunyoqarashga asoslanishimiz kerak? 

Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy 
muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – ilmiy – falsafiy va 
diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. 
Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – 
shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi 
– Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda 
tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va 
boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida 
ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi. 


 

Komil 
inson 
to‘g‘risidagi 
nazariya 
va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston 
Prezidenti 
asarlarida, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa 
hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan. 

Komil 
inson 
to‘g‘risidagi 
nazariya 
va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston 
Prezidenti 
asarlarida, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa 
hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan. 

Komillikning 
bosh 
mezoni 
insoniylik 
hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan 
biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, 
odob – axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning 
oddiy fazilati. 


 

Har bir xalqning o‘zi yetuk allomalari, komil inson unvoniga 
musharraf bo‘lgan ajdodlari bor. 
Ularning mehnati
, merosi 
avlodlar ko‘ksini g‘urur bilan to‘ldiradi. Xorazmiy, 
Farobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Margiloniy, 
Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Muqumiy va boshqalar inson qadr 
qiymatini hamma narsadan ustun qo‘yishga harakat qilganlar. 

Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho 
beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat 
sohibi ekanligini, o‘z mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb 
etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib 
qo‘yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday 
mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy 
dunyoda insonga qaraganda ulug‘roq kamolot yo‘q, deydi: 
“Menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o‘lsam 
ushbu basdir.” 

Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy 
taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas 
tarkibiy qismi bo’lib, ilmiy bilimlar orasida muhim o’rin tutadi. 
U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganib, 
kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi. 


 

Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash 
esa kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi 
ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari 
va tasavvurlari majmui-dan iborat. 

Odatda, falsafani o’rganishga kirishuvchi har bir kishida, 
qanday bo’lmasin, falsafa to’g’risida o’ziga xos biron bir tasavvur 
mavjud bo’ladi. Bu tasavvurni u o’z hayoti davomida: oilada, 
maktabda, kundalik turmushda, o’z atrofidagi kishilar, narsalar, 
buyumlar bilan bo’lgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani 
o’qishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni ko’rishi orqali 
hosil qilgan bo’ladi. Kishi bunda o’zining hayoti, yashashi, 
hayotdagi o’rni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va 
sevinch-lar, g’am-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, 
kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan o’tishi haqida 
ma‘lum ta-savvurga ega bo’lib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, 
undagi 
predmet va hodisalar haqida
, o’zining ularga va ularning 
o’ziga munosabatlari haqida o’z ongida muayyan tasavvurlar va 
tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar 
uning o’zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, o’zining kim-
ligi, uning dunyoga va o’z atrofidagi kishilarga munosabat-larini 
ifodalaydi. Bular dunyo to’g’risidagi oddiy ong, oddiy 
qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning 
ilk kurtaklari mavjud bo’ladi. 


 

Xo’sh falsafa nima? «Falsafa» atamasi nimani ifodalaydi? «Falsafa» 
atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan («filio»-sevaman, 
«sofos»-donishmandlik, degan so’zlar) bo’lib, uning lug’aviy 
ma‘nosi, «donishmandlikni se-vish» yoki «donishmandlik haqidagi 
ta‘limot» deganidir. Lekin falsafa fanida «falsafa» atamasi butunlay 
bosh-qacha mazmunga egadir. U falsafa fanida bir butun dunyo, 
borliq, materiya, tabiat va jamiyat, inson, insonning ularga va 
o’ziga munosabatlarini, insonning dunyoni nazariy o’zlashtirishini 
ifodalaydi. Falsafa fani esa ana shu dunyo, borliq, materiya, tabiat 
va jamiyatga insonning munosabatini, uning jamiyatdagi o’rni va 
rolini, inson bilishi-ning eng umumiy qonunlarini o’rganadi. 

Kishilar qadim zamonlardan boshlab dunyo, borliq, materiya 
nima, ular qanday tuzilgan? Dunyoning asosida nima yotadi? 
Insonning o’zi nima? Inson dunyoda qanday o’rin tutadi? Inson 
ongi va tafakkuri nima, u dunyoga qanday qaraydi? Inson 
dunyoni bila oladimi? Dunyodagi moddiy va ma‘naviy narsalar 
bir-birlariga qanday munosabatda? Dunyodagi harakat, o’zgarish, 
rivojlanish nima? Ular qanday sodir bo’ladi? Haqiqat va xato nima, 
ularni bir-biridan qanday ajratish mumkin? Vijdon, imon, nomus, 
mas‘uliyat, burch, yaxshilik va yomonlik, oliyjanoblik va tubanlik 
nima? Inson shaxsi nima va uni nima belgilaydi? Inson hayoti-ning 
mazmuni nima, degan masalalar bilan qiziqib, ularga javob izlab 
va javob berib keladi. Bunday muammolar hatto bugungi 
kunlarimizgacha davom etib kelmoqda. 


 

Insoniyat bu muammolarni hal qila borish bilan birga, 
bugungi kunda ular yoniga-dunyoning umumiy manzarasi 
qanday? Insoniyat Yerdagi mavjud tsivilizatsiyani jahonga 
xavf solib turgan termoyadro halokatidan saqlab qolishi 
mumkinmi? Insoniyat jamiyatning hozirgi bosqichiga xos 
bo’lgan qiyinchiliklar, ziddiyatlardan qanday qutula oladi? 
Insonning xatosi bilan kelib chiqqan ekologik, energetik 
talofatlarni qanday bartaraf qilish mumkin? Bunday 
muammolar har doim insonning o’zi yashab turgan dunyoni 
to’g’ri bilishini, uning dunyodagi o’z o’rnini to’g’ri belgi-
lashini, o’z-o’zini to’g’ri anglashi vazifasini qo’yib kelgan. Bu 
vazifalarni hal qila borish, ularni tushunishga urinish asta-
sekin kishilarni falsafiy fikrlashga jalb qilib, ularda falsafiy 
masalalar 
bilan 
shug’ullanishga 
ehtiyoj 
tug’dirgan. 
Kishilarning dunyoni va unga bo’lgan o’z munosabatlarini 
o’rganishi ularning o’z turmush tajribalari aso-sida ongli va 
ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari o’z 
miyalarida qayta ishlanib, chuqur o’ylagan, nazariy 
o’zlashtirilgan, ularning e‘tiqodlariga aylangan o’ziga xos 
dunyoqarashning paydo bo’lishiga olib kelgan. 


 

Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur 
va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning 
uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri 
tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy 
tahlil qilish va bilish zarur. Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. 
Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday 
dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, 
amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga 
keladi. Har bir avrda 
ijtimoiy guruh
, jamiyat va avlodning o’z 
dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga 
ega ekanini ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u 
ma’lum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari 
o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, 
insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda 
oddiy bo’lgan. Agar shunday bo’lmaganida, har qanday jism o’z 
hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini 
kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan 
yalong’och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!», deya 

qichqirmagan bo’lar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda 
asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida 
fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar 
chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko’rsatadi.


 

Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emas, balki doimiy ravishda 
o’zgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan 
dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda bo’ladigan o’zgarishlar 
tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlardagi 
kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda to’xtovsiz ro’y berib turadigan 
muhim o’z-garishlar natijasida kishilarning ob‘ektiv olam 
haqidagi ilmiy bilim va tasavvurlari, xususan falsafiy 
dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi 
va chuqurlashadi. Ho-zirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi tufayli 
inson bilim-lari doirasi behad kengayib, mazmunan chuqurlashib va 
murakkablashib borayotgan-ligi bunga yaqqol misoldir. 
Bino-barin 
falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatdangina emas, 
balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. 
Xulosa 


 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling