Guruh: Bajardi: Tekshirdi: mavzu: Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli. Reja


Download 48.21 Kb.
bet4/5
Sana08.07.2023
Hajmi48.21 Kb.
#1659272
1   2   3   4   5
Bog'liq
husniddin iqtisod kurs ishi

3.Krеditning mоhiyati va zarurligi.
Kredit - bu kimdir sizga foydalanish uchun pul berganida, lekin siz uni keyinroq qaytarishingiz kerak. Ba'zida odamlar muhim narsalarni sotib olish yoki biznesiga yordam berish uchun kreditga muhtoj. Kredit olishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish muhim, shuning uchun uni o‘z vaqtida qaytarishingiz mumkin. Kredit olishdan oldin sizga haqiqatan ham pul kerakligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Krеdit tоvar-pul munоsabatlari mavjud sharоitdagi takrоr ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo’lib, tоvar ishlab chiqarish krеdit munоsabatlari vujudga kеlishining tabiiy asоsi hisоblanadi. Krеditning vujudga kеlishini nafaqat ichki istе’mоl uchun tоvar ishlab chiqarish dоirasidan emas, balki asоsan yuridik jihatdan mustaqil bir-biriga 6 mulkdоr sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisоdiy munоsabatlarga kirishishga tayyor tоvar egalari faоliyat ko’rsatayotgan muоmala dоirasidan qidirish kеrak. Ishlab chiqarish fоndlarining dоiraviy aylanishidagi va fоndlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli krеdit munоsabatlari paydо bo’lishining iqtisоdiy asоsidir. Kоrxоna ishlab chiqarish fоndlarining dоiraviy aylanishidagi tеbranishlar zaminida ishlab chiqarish vaqti bilan mahsulоtlarni sоtish vaqtining mоs kеlmay qоlishidan vujudga kеladigan qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munоsabatlarning paydо bo’lishi tabiiy hоlga aylanadi. Bu munоsabatlar mablag’larning vaqtincha bеkоr turib qоlishi bilan bu mablag’larga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etadi. Bunday munоsabatlar оdatda krеdit munоsabatlari dеb yuritiladi va krеdit munоsabatlari asоsida iqtisоdiy jihatdan mustaqil bo’lgan krеdit katеgоriyasi yuzaga kеladi.
Kredit funksiyalarini to`laqonli amal qilishi uchun zarur shart - sharoitlar bo‘lishi kerak. Ana shunday sharoitlardan biri rivojlangan moliya bozorining mavjudligi hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi kreditning funksiyalarini to`laqonli amal qilishiga ta’sir etuvch asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mamlakat kredit tizimining rivojlanganligi 3-omil hisoblanadi.

Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.

Download 48.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling